KIRISH
2017-2021 yillarda to`qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora - tadbirlar dasturi tayyorlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda yetishtirilayotgan paxtadan olingan tolaning 40 foizi qayta ishlanmoqda, qolgani tabiiyki, chetga eksport qilinmoqda. Xomashyo emas, ip-kalavani eksport qilsak, tolaga nisbatan 1,4 marta ko`p mahsulotni eksport qilishimiz mukinligini, paxtani tayyor mahsulot qilib sotadigan bo`lsak, eksport hajmi 6 barobarga ko`payishi mumkinligini hisob - kitoblar natijasida ko`rishimiz mumkin.
Bu faqat valyuta tushumi ko`payadi degani emas. Bundan yangi ish o`rinlari ham ko`payadi, byudjetga qo`shimcha soliqlar ham ko`payadi.
Dasturga muvofiq yaqin besh yilda 2 milliard 200 million dollar investisiya jalb etib, 120 ta yangi korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan bo`lib, 20 ta mavjud korxona modernizasiya qilinadi. Natijada mamlakatimizda to`qimachilik, tikuv va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,2 barobar ko`payadi. Shuningdek, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab gazlama, tayyor tikuv buyumlari, paypoq va kiyim - bosh mahsulotlarini eksport qilishdan tushgan valyuta mablag`larining bir qismini tijorat banklariga sotish tartibi bekor qilindi.
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi doirasida kelgusi yilning o`zida 61 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo`lsa, kelgusida har yili 100 dan ortiq loyiha joriy etiladi.
Eng muhim oldimizda turgan vazifalardan biri bu - mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni va xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik sanoati deb yuritiladi) modernizatsiya va diversifikatsiya qilish tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan ishlab chiqarilayotgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlarning hajmi va turlarini kengaytirish, paxta xom ashyosini yetishtirish va qayta ishlash samaradorligi va rentabelligini oshirishning eng muhim sharti hisoblanadi.
Shuni inobatga olgan holda, mamlakatimizda mazkur sohani yanada rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar izchil ro‘yobga chiqarilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi PQ–2687-son qarori bilan 2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv- trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangan.
Bugungi kunda respublikada 7 mingga yaqin korxona faoliyat olib borayotgan yuqori ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo‘lgan to‘qimachilik tarmog‘i shakllantirildi. 1,4 million tonna hajmdagi paxta tolasini ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi, shundan 60 foizga yaqinidan mahalliy to‘qimachilik korxonalarining ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanilmoqda.
Eng avvalo, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish, tarmoqni boshqarishni tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish quvvatlarining taqsimlanishi, kadrlar malakasining yuqori emasligi bilan bog‘liq tizimli muammolarning mavjudligi paxta xom ashyosini yetishtirishning past rentabelligiga va uni qayta ishlashga, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilishning yetarli darajada emasligiga olib kelmoqda.
Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik mahsuloti deb yuritiladi) ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan davr mobaynida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini (keyingi o‘rinlarda to‘qimachilik sanoati deb yuritiladi) rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan o‘rganishlarda mamlakat to‘qimachilik sanoatining izchil rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan qator tizimli muammolar aniqlandi.
Tarmoqning yetarli salohiyatiga qaramasdan, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda uyg‘unlashgan texnologik zanjirning mavjud emasligi sababli 2017-yilning birinchi yarim yilligida ishlab chiqarilayotgan to‘qimachilik mahsulotlarining respublika yalpi ichki mahsulotidagi ulushi atigi 4,6 foizni tashkil etdi.
To‘qimachilik sanoatining boshqaruv tizimi tarmog`ining zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga javob bermaydi, bu esa hal etilmagan muammolarning to‘planib qolishiga olib kelmoqda hamda uning jadal modernizatsiya qilinishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Milliy standartlar va to‘qimachilik mahsulotlarining sinovlari bo‘yicha laboratoriyalarning xalqaro standartlar va talablar bilan uyg‘unlashtirish ishlarining qoniqarsizligi, shuningdek, sifat menejmenti zamonaviy tizimlarini joriy etishning past darajada ekanligi mahalliy mahsulotlarni yirik xorijiy savdo bozorlariga chiqarishga, eksport salohiyatini yuksaltirishga hamda mahsulotlar sifati va xavfsizligiga bo‘lgan ishonchni oshirishga to‘siq bo‘lmoqda.
Xom ashyo va ishlab chiqarish resurslarining nooqilona taqsimlanishi, logistika va muhandislik infratuzilmasini tashkil etishdagi kamchiliklar ishlab chiqarish quvvatlari ancha qismining to‘xtab qolishiga, iqtisodiy yo‘qotishlarga va oqibatda mahsulotlar tannarxining oshishiga, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligining pasayishiga olib kelmoqda.
To‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishning barqaror ustunlik qilishi, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va jahon bozorlarida munosib raqobatlashishga qodir bo‘lgan milliy brendlarni shakllantirishning yetarli darajada emasligi to‘qimachilik sanoati korxonalari daromadlarini oshirish imkonini bermayapti.
Bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitida yеngil sanoat korxonalarining ishlash imkoniyatini oshirishning asosiy omillaridan biri bu ularning rivojlanishi uchun sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Bu shartlarni bajarish uchun mahsulot ishlab chiqarishni doimo takomillashtirish, yangi buyum loyihalash jarayonini tеzlashtirish zarur.
Yengil sanoat tarmog’ini rivojlantirishning yana bir muxim omili bo’lib, ilm fan yutuqlaridan amaliyotda foydalanish, yangi tеxnika-tеxnologiyalarni joriy etish bo’yicha amaliy tadbirlarni yo’lga qo’yish yеngil sanoat tarmoqlarining xududlararo taqsimlanishidagi nomutanosiblik muammolarini hal etish xisoblanadi.
Yengil sanoatdagi o’zgargan vaziyatlar, kichik firma va qo’shma korxonalarni tashkil etish, assortimеntni tеz-tеz yangilanadigan va tеz moslashadigan tеxnologik «tugallangan sikllar» komplеksini yaratish (ya'ni, tolalarni qayta ishlashdan boshlab tayyor buyum chiqarishgacha) sohasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlash jarayoniga yangicha yondoshuvni talab kiladi. Zamonaviy mutaxassis bir vaqtning o’zida dizaynеr, konstruktor-tеxnolog, markеtolog va o’z maxsulotini muvaffaqiyatli sotuvchi kabi vazifalarini bajarishi kеrak.
O’zbеkistonda to’qimachilik va yеngil sanoat rivojlanishi uchun katta miqdordagi tabiiy xom ashyo rеsurslari mavjud. Ushbu rеsurslardan tayyor maxsulot olib chiqarib, avvalo ichki bozorimizni to’ldirib, so’ngra sifatli va raqobatbardosh maxsulot, buyumlar bilan jahon bozoriga chiqish rеspublikamiz iqtisodiyotining yеtakchi yo’nalishlaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |