Mundarija kirish barqaror iqtisodiy o‘sishning konseptual jihatlari va ta’minlash omillari
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
yashil iqtisodiyot asosida barqaror iqtisodiy osishni taminlash
isodiy barqarorlik mezonlari
27 2-jadval Ko‘rsatkichlar Rivojlanayotgan davlatlar uchun makroiqtisodiy barqarorlik mezonlari Mazmuni Darajasi Iqtisodiy o‘sish Real YaIMning yillik o‘sishi, foiz min 5 Pul massasisining o‘sishi YaIM o‘sishiga mutanosib ravishda, foiz min 5 Inflyatsiya darajasi Istemol narxlari indeksi bo‘yicha, foiz max 10 Ishsizlik darajasi Iqtisodiy faol aholiga nisbatan, foiz max 7 Davlat byudjeti kamomadi Yalpi ichkn mahsulotga nisbatan, foiz max 3 Davlat qarzi Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, foiz max 60 Tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lovlar Yillik eksport hajmiga nisbatan, foiz max 20 Oltin-valyuta zahiralari hajmi Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, foiz min 8 Valyuta almashuv kursi devalvatsiyasi Milliy valyutani jahonning “qattiq” valyutalariga nisbati, foiz max 15 Milliy bozorda xorijiy tovarlar ulushi Bozor hajmiga nisbatan, foiz max 40 YAIMda jamg‘armalar ulushi Yalpi ichki mahsulotga nisbatan, foiz min 10 Aholi daromadlari bo‘yicha tabaqalanishi Ditsel koeffitsienti, marta Jini koeffitsienti, indeks max 10 max 0,35 Ilmiy adabiyotlarda makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni belgilashga bo‘lgan turli yondashuvlarni uchratish mumkin. Mutaxassislarning fikricha, makroiqtisodiy barqarorlikka iqtisodiy, siyosiy, 19 demografik, ilmiy-texnik, tabiiy va boshqa omillar ta’sir ko‘rsatadi. Demak, makroiqtisodiy barqarorlikni iqtisodiyotning bir-biri bilan o‘zaro aloqador bo‘lgan va bir-birini taqozo etadigan omillar ta’sirida shakllangan holati sifatida talqin qilish mumkin. Makroiqtisodiy barqarorlikka quyidagicha fikr bildirib o‘tmoqchiman, real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli barqaror o‘sishi sur’atlarini, ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi, inflyatsiya sur’atining jilovlanishi, ishsizlik darajasining past sur’atda ta’minlanib turilishi, milliy valyuta devalvatsiyasining past sur’atlariga erishilishi va davlat byudjeti taqchilligi ijobiy darajasida bo‘lishiga ta’sir qilgan hamda unga zamin yaratgan hodisa va jarayonlar makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi omillar deyiladi. Mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi makroiqtisodiy barqarorqarorlikni ta’minlash davrlarini 3 bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq (3-jadval). 1. 1991-1996 yillar: makroiqtisodiy beqarorlikka barham berish bosqichi (ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish va iqtisodiy o‘sishga erishish). 2. 1997-2004 yillar: makroiqtisodiy barqarorlikka erishish bosqichi (YAIMning aholi jon boshiga o‘sishiga erishish, inflyatsiyani keskin pasaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash). 2005-yildan hozirgacha bo‘lgan davr: makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash bosqichi (davlat byudjeti va joriy operatsiyalar hisobi ijobiy saldosini hamda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash). Istiqlol yillarida mamlakatimiz YaIM qariyb 6 barobarga, uning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishi esa 4 barobardan ziyodga oshdi. 2000-2016 yillarda qishloq xo‘jaligini mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 16,1 foizgacha qisqargani holda, aksincha sanoatning ulushi mutanosib ravishda 14,2 foizdan 34 foizgacha oshgan. Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon’yunkturaga qaramasdan, so‘nggi 20 yillarda respublikamiz makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o‘sish ko‘rsatgichlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishmoqda. Xususan, 2015-yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real o‘sishi 2014-yilga nisbatan 8 foizni, 2016-yilda 2015-yilga nisbatan 7,8 foizni tashkil etdi. 3-jadval: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling