Mundarija kirish bet I bob


Download 1.31 Mb.
bet1/10
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1100798
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mudiraning is


Mundarija
KIRISH……………………………………………………………………...3-bet


I BOB. Nodavlat MTT boshqarishning nazariy asoslari...............6-bet
I.1. Nodavlat MTT boshqarish va ularni tashkil qilish ........................... 6-bet
I.2. “Maktabgacha ta’lim to ‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Nodavlat MTT boshqarish........................................................................................................12-bet


II BOB Nodavlat MTT mudiraning faoliyatini amaliyot bilan bog‘lab
o‘rganish ...............................................................................................21-bet
II.1. Nodavlat MTT faoliyatini tashkil etishda mudiraning o‘rnini o‘ziga
xosligi ......................................................................................................21-bet
II.2. Nodavlat MTT mudirasini vazifalari va malaka tasniflari................22-bet

XULOSA VA TAVSIYALAR ……………………………………………...29-bet


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO ‘YXATI ………………… 32-bet


ILOVALAR…………………………………………………………………34-bet


Kirish
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bogliq. Biz kimmiz qanday ulug‘ zotlarni avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida aks-sado bo‘lib o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Sh.M. Mirziyayev

Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Yosh avlodni kamolotga yetkazish va uning barkamol shaxs qiyofasida gavdalanishi jamiyatimiz ijtimoiy hayotidagi muhim vazifalardan biriga aylanmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz O‘zbekiston kelajagini barpo etishga bel bog‘lagan ekanmiz, demak biz buning uchun avvalo, navqiron yoshlarimizga sharoitlar bugundan yaratib berishimiz kerak”. Yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar havas qilsa arzigulik darajada o‘z samarasini bermoqda. Bolaning iqtidoriga qarab, uning hayot yo‘lini shakllantirishda o’qituvchining, ota- onaning, jamiyatning mas’uliyati juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu o‘rinda Shavkat Mirziyoyevning “Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman. - degan gaplari har ma’noda yoshlar uchun, faqat yoshlar uchun harakat ketayotgani, ularning ilm olishlari, yetuk inson bo‘lib, ona vatanimizga belni mahkam bog‘lab, hizmat qilishlari uchun qarorlar qabul qilinayotgani bejiz emas.


“Maktabgacha ta’lim sohasida ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxasislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish psixologiya va turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi.Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimiz bor kuchi va imkoniyatarini safarbar etamiz”1 – deya o‘z nutqlarida bayon qilgan edilar Sh.Mirziyoyev. Mana shunday ezgu sa’yi – harakatlarni inobatga olgan holda pedagogika faqat sog‘lom tarbiyalanuvchilarning ta’lim – tarbiyasi
“Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi taxdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishiga e’tibor qaratish har qachongidan muhimdir. Ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo‘naltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. Bola ijtimoiy muhit ta’lim-tarbiyasida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Tevarak-atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan birga tarkib topgan tushunchalar tizimini o‘zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta’lim yoshidayoq bola tilni shunchalik egallab oladiki, undan muomala vositasi sifatida erkin foydalana oladigan bo‘lib qoladi”.
Besh tashabbusning ilk jarayoni, bosqichi: yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikka bo‘lgan mehrini uyg‘otish,yoshlarni ijodga, adabiyot, san’at, madaniyat va boshqa sohalar bo‘yicha ular bilan ishlash, ularni to‘garaklarga jalb qilish, ularning iste’dodidan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘lga shakllantirish zamirida ta’lim-tarbiya jarayoniga katta urg‘u berish yotadi. Yosh davrdagi bolalar o‘ta qiziquvchan bo‘lishadi. Bola istagiga ko‘ra to‘g‘ri talab qo‘yish va uning tarbiyasiga alohida yondashish o‘quvchining ongiga zehn, ma’naviyatiga ma’naviyat, keng dunyoqarashni olib kiradi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling