Mundarija kirish bet I bob
Download 1.31 Mb.
|
Mavzu Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mudiraning is
XULOSA.
1.Nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot rahbari davlat maktabgacha ta’lim tashkilot mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari va ta’lim- tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi 3.Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta’minlaydi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. 4.Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida “ va “ Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunlari Kadrlar tayyorlash milliy dasturi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va Farmoyishlari Vazirlar Mahkamasining qarori va Farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi huquqiy - me’yoriy hujjatlar, Maktabgacha ta’lim Vazirligi (keying o‘rinlarda “Vazirlik” deb yuritiladi) hamda uning hududiy boshqaruv organlari, bo‘ysunuviga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari (keying o‘rinlarda “mahalliy hokimiyat organlari” deb yuritiladi) ning qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti (keying o‘rinlarda “tashkilot” deb yuritiladi)ga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlaydi. TAVSIYALAR: Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik: 1.Nodavlat MTT boshqarish va tashkil qilishni nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish. 2. Maktabgacha ta’lim togrisidagi Nizom bilan toliq tanishib chiqish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘z faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida “ va “ Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunlari Kadrlar tayyorlash milliy dasturi , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori va Farmoyishlari Vazirlar Mahkamasining qarori va Farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi huquqiy - me’yoriy hujjatlar, Maktabgacha ta’lim Vazirligi (keying o‘rinlarda “Vazirlik” deb yuritiladi) hamda uning hududiy boshqaruv organlari, bo‘ysunuviga qarab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari (keying o‘rinlarda “mahalliy hokimiyat organlari” deb yuritiladi) ning qarorlari, buyruqlari, tadbirlari va boshqa hujjatlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti (keying o‘rinlarda “tashkilot” deb yuritiladi)ga berilgan tegishli topshiriqlar ijrosini to‘liq bajarilishini ta’minlash; 3.Nodavlat MTT faoliyatini tashkil etishda mudiraning o’rnini amaliy o‘rganish. 4.Nodavlat MTT mudirasining vazifa va malakalari bilan yaqindan tanishish. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling