Mundarija kirish bet I bob


I.2.” Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq Nodavlat MTT boshqarish


Download 1.31 Mb.
bet5/10
Sana19.01.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1100798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mudiraning is

I.2.” Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq Nodavlat MTT boshqarish
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarish faoliyatini tartibga soladi.
2. Nodavlat maktabgacha ta’im tashkilot o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
2-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning maqsadi va vazifalari
4. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning maqsadi hisoblanadi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda bolalar deb ataladi) har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish;
ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash;
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish.
5. Quyidagilar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning vazifalari hisoblanadi:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;
bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash;
bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish;
bolaning intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolaning rivojlanishidagi (nutqida, ko‘rishida, eshitishida) yengil nuqsonlarni korreksiyalashni amalga oshirish;
bolalarda xalqimizning yuksak ma’naviyati va insonparvarlik an’analariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish.
3-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyatini tashkil etish
6. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq tashkilot shaklida tashkil etiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotning muassislari toifasiga kirmaydigan barcha yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning muassislari bo‘lishi mumkin.
7. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda litsenziya olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
8. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni akkreditatsiya qilish vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.
9. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda ta’lim mazmuni maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi.
Tashkilot o‘z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
10. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning ish tartibi va bolalarning tashkilotda bo‘lish vaqti tashkilot ustavi hamda muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
11. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda bolalarning ovqatlanishi O ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
12. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam ko‘rsatish shtatdagi yoki sog‘liqni saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
13. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot ta’limning uzluksizligini ta’minlash maqsadida shartnoma asosida o‘z faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin.
14. Maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
15. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis qarori bilan tashkil etiladi.
16. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta’minoti muassis tomonidan belgilanadi.
17. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda qisqa muddatli guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish
18. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish tegishli tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga bolalarni qabul qilish va ularni chiqarish tartibi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning ustavi bilan belgilanadi.
19. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot guruhlaridagi bolalar soni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
20. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda o‘quv yili joriy yilning 2 sentyabridan boshlanadi va keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi. Ushbu davr oralig‘ida sog‘lomlashtirish davri davom ettiriladi.
5-bob. Ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
21. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda ota-onalar deb ataladi), pedagog xodimlar, vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning ustavida belgilanadi.
22. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot bolalarni qabul qilishda ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
23. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu tashkilotning ustavi hamda shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning ushbu tashkilotda bo‘lish vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
24. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda ta’lim berish tilini tanlash;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotdan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
25. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
26. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda tegishli pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud tomonidan yoki tibbiy xulosaga muvofiq bunday faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslar pedagogik faoliyatga qo‘yilmaydi.
27. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning pedagoglari va boshqa xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzish va ularni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
28. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot rahbari belgilangan tartibda pedagog kadrlar malakasini oshirishni va ularni qayta tayyorlashni ta’minlaydi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qiladi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, mualliflik dasturlari, metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
29. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, ushbu tashkilotning ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
30. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarishda ushbu tashkilot ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
31. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning pedagog xodimlari quyidagilarga majbur:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
6-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish
32. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot rahbari davlat maktabgacha ta’lim tashkilot mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
33. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
34. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
35. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minoti
36. Muassis nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotga mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
37. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot faoliyati uning muassisi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
38. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash muassislar tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan past bo‘lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
8-bob. Yakuniy qoidalar
39. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda maktabgacha ta’lim tashkilotning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotda ta’lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo‘ladi.
40. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.

41. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotning xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o‘tashi va ularning malakasini oshirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.




o‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘lom, faol, to‘laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o‘sishida turli nuqsonlari bo‘lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganishni ta’minlasin.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra:
2019-yil 1-iyulgacha bo‘lgan muddatda — Toshkent shahri davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha;
2019-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan muddatda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
2019-yil 1-iyundan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi;
2019-yil 1-sentabrdan boshlab davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi o‘sishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi uch oy muddatda umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori 1-bandining ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilari va unga 1 — 3-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y, 7-son, 153-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti — umumiy tipdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan tashkilot;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
bolaning qonuniy vakillari — bolaning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar.
3. Ushbu Nizom ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
6. Maktabgacha ta’lim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
7. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega.
8. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, o‘z nomi yozilgan muhr va shtampga ega bo‘lishi mumkin.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling