Kurs ishining maqsadi: Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mudiraning ish faoliyatini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Nodavlat MTT boshqarish usullari va boshqaruvchining ilmiy salohiyatini nazariy jihatdan o‘rganish.
Nodavlat MTT faoliyatini tashkil etishda mudiraning o‘rnini o‘ziga xosligini o‘rganish
Nodavlat MTT mudirasini vazifalari va malaka tasniflarini o‘rganish
Kurs ishining ob‘yekti: Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarish, ta’lim tashkilotlarini boshqarish, boshqaruvni tushunish
Kurs ishining predmeti: Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotni boshqarish, ta’lim tashkilotlarini boshqarish, boshqaruvni tushunish faoliyatini shakllanishi va rivojlanishi jarayoni
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi 2 ta bob, xulosa va tavsiyalar, adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalar, jami 38 betdan iborat.
I BOB. Nodavlat MTT tashkil qilishning nazariy asoslari
I.1. Nodavlat MTT boshqarish va ularni tashkil qilish.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini muassis tomonidan tayinlanadigan rahbar boshqaradi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilot rahbari davlat maktabgacha ta’lim tashkilot mudiri lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari va ta’lim- tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |