Mundarija: kirish betlar


Download 71.07 Kb.
bet3/4
Sana05.06.2020
Hajmi71.07 Kb.
#114981
1   2   3   4
Bog'liq
Diplom ishi


1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy ko‘riklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]

17-modda. Majburiy meditsina ko‘riklari

Korxona sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart. Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortishga haqli emaslar.

LexUZ sharhi

Qarang: “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 29.08.2012-y.).

Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortsalar yoki o‘tkazilgan tekshirishlarning natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar, ma’muriyat ularni ishga qo‘ymaslik huquqiga egadir.

Xodim, agar u o‘zining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bog‘liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish huquqiga ega.

Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlanadi.

18-modda. Mehnat faoliyati jarayonida mehnatni muhofaza qilish huquqining kafolatlari

Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilishning zamonaviy vositalarini joriy etishi va ishlab chiqarishda jarohatlanish hamda kasb kasalliklarining oldini oladigan sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlashi shart.

Xodimning salomatligi yoki hayotiga xavf tug‘diruvchi vaziyat paydo bo‘lganda, u bu haqda zudlik bilan ma’muriyatga xabar qiladi, bu hol nazorat organlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda ma’muriyat ishni to‘xtatishi va xavfni bartaraf etish chorasini ko‘rishi shart. Ma’muriyat tomonidan zarur choralar ko‘rilmagan taqdirda, xodim ishni xavf bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turishga haqlidir va unga hech qanday intizomiy jazo berilmaydi.

Ma’muriyat, agar mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan, xodimning hayoti va salomatligi uchun to‘g‘ridan to‘g‘rijiddiy xavf hamon saqlanib turgan bo‘lsa, undan ishni qayta boshlashni talab qilishga haqli emas va xodimga ish to‘xtatib turilgan butun davr uchun barcha moddiy ziyonni to‘lashi shart.

Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan va bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqdirda, mehnat shartnomasi xodimning arizasiga ko‘ra, unga ishdan bo‘shaganda beriladigan pul to‘langani holda, istalgan paytda bekor qilinishi mumkin.

Xodimda kasb kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda ma’muriyat tibbiy xulosa asosida uni ixtisosini o‘zgartirgunga qadar o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa ishga o‘tkazishi lozim.

19-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va ularga yo‘l-yo‘riqlar berish

Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari shart.

Ma’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o‘rgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berishlari shart.

O‘ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o‘tiladigan o‘quv o‘tkaziladi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish, yo‘l-yo‘riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish taqiqlanadi.

Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha malakasi muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qitishni va bilimlarni tekshirishni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga qarang (ro‘yxat raqami 272, 14.08.1996-y.).

20-modda. Mehnat sharoitlari hamda mehnatni muhofaza qilinishi to‘g‘risida xodimlarning axborot olishga doir huquqlari

Korxona xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi, bunda lozim bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari to‘g‘risida axborot talab qilish huquqiga egadirlar, ma’muriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.

21-modda. Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Xodimlarning ayrim toifalari (xotin-qizlar, yoshlar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar), shuningdek mehnatning og‘ir va zararli sharoitlarida ishlovchi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XIV-bobiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarorining 4, 8-ilovalariga qarang.

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish]

IV BO‘LIM. MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR QONUNLAR VA BOShQA ME’YoRIY HUJJATLARGA RIOYa ETILIShI USTIDAN DAVLAT VA JAMOATChILIK NAZORATI

22-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati

Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga hamma joylarda rioya etilishi ustidan davlat nazoratini bunga maxsus vakolat berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizom asosida ishlovchi davlat idoralari amalga oshiradilar.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida”gi nizomga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga qarang

23-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati

Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘zlari saylaydigan vakillar amalga oshiradilar.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan vakil ish joylarida mehnat muhofazasining ahvolini moneliksiz tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakilga o‘z vazifalarini bajarishi uchun har haftada ish paytida kamida ikki soat vaqt ajratib beriladi va o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun “Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat raqami 196, 18.12.1995-y.) qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

24-modda. Kasaba uyushmalarining xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini himoya etish borasidagi huquqlari

Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqini qonun hujjatlariga muvofiq himoya qiladilar.

Kasaba uyushmalari mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va kelishib olishda belgilangan tartibda ishtirok etadilar.

Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish vositalarini sinash va foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari ishida, ishlab chiqarishdagi kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) majlislarida ishtirok etadilar.

Xodimlarning sog‘lig‘iga mehnatda mayib bo‘lish oqibatida yoki o‘z mehnat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi sababli yetkazilgan zarar qoplanishi uchun hamda ularning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishiga doir huquqlari kamsitilgan boshqa hollarda kasaba uyushmalari o‘z tashabbusi bilan yoki xodimlarning arizalariga binoan ularning huquqlarini himoya qilib, da’vo arizalari bilan sudga murojaat etishlari mumkin.

(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)

V BO‘LIM. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh TO‘FRISIDAGI QONUNLAR VA BOShQA ME’YoRIY HUJJATLARNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK

25-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmagani uchun korxonalarning javobgarligi

Korxonalar mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ta’minlanmaganligi uchun ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish maqsadlariga oshirilgan tariflar bo‘yicha mablag‘lar ajratadilar. Tariflar mehnat sharoiti, bajariladigan ishlar xavfliligi, zararliligi va og‘irligiga bog‘liq holda vaqti-vaqti bilan qayta ko‘rib chiqiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat sharoitlari davlat ekspertizasi bergan xulosa tariflarni qayta ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi.

(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi 220-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 5-son, 89-modda)

26-modda. Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatidagi mahsulotni tayyorlaganlik va sotganlik uchun korxonalarning iqtisodiy javobgarligi

Mehnatni muhofaza qilish talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish ahamiyatiga molik mahsulot ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan korxonalar iste’molchilarga yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda qoplaydilar.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga qarang.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha standartlar, qoidalar va me’yorlarning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan talablariga nomuvofiq ishlab chiqarish vositalarini, yakka tartibdagi va jamoani himoyalash vositalarini, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini sotish va targ‘ib qilish g‘ayriqonuniy hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida korxona olgan foyda belgilangan tartibda budjetga musodara qilinishi kerak.

27-modda. Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni buzganlik uchun javobgarlik

Mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar buzilishida aybdor bo‘lgan yoki davlat va jamoatchilik nazorati idoralari vakillarining faoliyatiga monelik qilayotgan mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda intizomiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.

LexUZ sharhi

Mansabdor shaxslar mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Shuningdek, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun uning rioya etilishida ma’sul bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Korxonalarning boshqa xodimlari mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarning talablarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

28-modda. Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon yetkazganlik uchun korxonalarning moddiy javobgarligi

Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan xodimga O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi hamda sog‘liqqa yetkazilgan shikast uchun tovon to‘laydi.

Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo‘lmasligi lozim.

Agar xodim davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo‘lsa, korxona jabrlangan xodimga bu tadbirlar bilan bog‘liq harajatlarni to‘laydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini o‘zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi.

LexUZ sharhi

Mazkur Qonunning 29-moddasiga berilgan sharhga qarang.

29-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa ega bo‘lgan shaxslarga moddiy ziyonni O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo‘yadigan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to‘laydi.

LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 187—197-moddalariga hamda Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash Qoidalar”iga qarang.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Mehnat muhofazasi ishlarini tashkil etish to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga qarang (ro‘yxat raqami 273, 14.08.1996-y).

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh., 1993-yil 6-may, 839-XII-son

II.2.Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida

[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;

3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

 LexUZ sharhi



Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi 482-sonli “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son Farmonini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-fevraldagi PQ-2498-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek mehnat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.08.00 Bandlikka ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi (shuningdek, 06.03.03.00, 07.07.02.01larga qarang);

2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.03.00 O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi (shuningdek, 05.01.08.00, 07.07.02.01larga qarang);

3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.01 O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashuvchi Davlat jamg‘armasi (shuningdek, 05.01.08.00, 06.03.03.00 larga qarang)]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirishga yo‘naltirilgan 2017 — 2020-yillardagi qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturini ikki oy muddatda tasdiqlasin, unda quyidagi tadbirlar nazarda tutilsin:

ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash hajmlarini ko‘paytirish, ularni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish, shuningdek aholining, ayniqsa qishloq joylarda band bo‘lishining samarali shakllarini rivojlantirish;

tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining bino va xonalarini zamonaviy talablarga muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash.

3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy mehnat bosh boshqarmalari xodimlariga mehnat organlari tizimida uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yo‘la to‘lanadigan mukofot belgilansin.

Belgilab qo‘yilsinki, uzoq muddat ishlaganlik uchun har yilgi bir yo‘la to‘lanadigan mukofotni berish yil mobaynidagi ish yakunlariga ko‘ra, Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va mehnat organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat vazirligi bilan birgalikda 2017-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini ishlab chiqishda tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlarini saqlash xarajatlarini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2016-yil 20-aprel,

117-son

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-son qaroriga
1-ILOVA


[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;

3.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.02.00 Mehnat sohasidagi boshqaruv]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;

2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi siyosatni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.

2. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

Vazirlik markaziy apparati;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari;

Davlat mehnat huquq inspeksiyasi hamda Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlarini ekspertizadan o‘tkazish davlat inspeksiyasi;

davlat unitar korxonasi shaklidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi;

Bandlik va mehnatni muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi, band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish mintaqaviy markazlari, davlat muassasasi shaklidagi Toshkent shahrida ishsizlarni kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari Vazirlikka hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariga bo‘ysunadilar va hisobot beradilar.

3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

4. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.

5. Vazirlikning moddiy-texnika ta’minoti va uning tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Mehnat organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.

II. Vazirlikning asosiy vazifalari va funksiyalari

7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholi bandligi darajasini mintaqalar bo‘yicha yosh-jins guruhlari bo‘yicha tizimli asosda chuqur tahlil qilish, yangi ish o‘rinlari tashkil etish yillik dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, aholi bandligini va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash, ular bajarilishi doimiy monitoringini olib borish;

band bo‘lmagan aholini, birinchi navbatda yoshlar, ayollar va nogironlarni kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlashni, kasbga o‘qitish va qayta tayyorlashning samarali tizimini tashkil qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish;

mehnat va bandlik sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek mehnat munosabatlarini, mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

8. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a) mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish hamda aholi bandligini ta’minlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda, jamiyatni isloh qilishning maqsad va ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor munosabatlari mexanizmlari va vositalari asosida aholi bandligini ta’minlash va mehnat bozorini izchil rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda respublika va hududlarni demografik va iqtisodiy rivojlantirish prognozlari asosida mehnat resurslarining prognoz balanslarini va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi;

respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mehnat resurslari soni hamda tarkibini o‘rganadi, uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

aholining bandligi darajasi va tarkibini to‘liqroq va xolisona baholashni ta’minlash, ishga joylashishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozorining holati monitoringini tashkil etadi, va shu asosda tarmoqlar va hududlar bo‘yicha yangi ish o‘rinlari tashkil etishning yillik buyurtmalarini shakllantiradi;

ish o‘rinlari tashkil etishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtiradi va manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ularni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mehnat migratsiyasi jarayonlarini tahlil qiladi, tashqi mehnat migratsiyasini va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mehnat faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari amalga oshirilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi, shuningdek mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

ishsizlar va ishga joylashishga muhtoj band bo‘lmagan aholi hisobini yuritadi;

bo‘sh ish joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishni tashkil etadi, belgilangan tartibda taqdim etiladigan bo‘sh ish joylari hisobini yuritadi va ular haqidagi ma’lumotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda aholiga yetkazadi;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati bilan band bo‘lgan fuqarolarni hisobga olishni tashkil qiladi;

aholi, shu jumladan yoshlar, ayollar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar, ishdan ozod qilingan xodimlar va aholining boshqa toifalari bandligini va ular ishga joylashtirilishi bo‘yicha ma’lumotlar shakllantirilishi va tahlil etilishini tashkil qiladi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini tadqiq qiladi hamda uning natijalari asosida ishchi kadrlarning va ta’lim muassasalarida mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yo‘nalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan band bo‘lgan fuqarolarning bandligini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda yoshlar va ish bilan band bo‘lmagan aholining kasb-hunarga xohishini va mehnat yo‘nalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazadi;

bandlik va ish o‘rinlarini tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;

iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta o‘zgartirish davomida, shuningdek tashkilotlar qayta tashkil etilganda, bankrot bo‘lishi va tugatilishi natijasida ishdan bo‘shatiladigan xodimlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

kasanachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik faoliyati va aholining o‘zini o‘zi ish bilan ta’minlashining boshqa shakllari rivojlantirilishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va boshqa tashkilotlarga yirik korxonalar bilan fuqarolar o‘rtasida kooperatsiya asosida kasanachilikni tashkil etishni kengaytirish, shuningdek oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish masalalarida yordam ko‘rsatadi;

nodavlat notijorat tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga nogironlar uchun ish o‘rinlarini tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda yordam ko‘rsatadi;

nogironlar mehnatidan foydalanish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tashkil etishga va rivojlantirishga, nogironlar bandligini ta’minlashda kasanachilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi;

haq to‘lanadigan jamoat ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

ishsizlarni va ish bilan band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitishni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;

mehnat bozori infratuzilmasi faoliyati takomillashtirilishini ta’minlaydi;

vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlarining faoliyatini tashkil etadi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari bilan birgalikda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni, shu jumladan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining bitiruvchilarini iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini belgilangan tartibda tasarruf etadi va jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlash ishlarini tashkil etadi;

ishsizlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga moddiy qo‘llab-quvvatlash ta’minlanishini belgilangan tartibda tashkil etadi;

tashkilotlarda ish o‘rinlarining eng kam miqdori ajratilishi va ularga ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan aholining ayrim toifalariga mansub shaxslarning ishga qabul qilinishi masalalarini o‘rganadi va tahlil qiladi;

dehqon va fermer xo‘jaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan mehnat kafolatlari amalga oshirilishini tashkil etadi;

odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha ishlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;

b) mehnat munosabatlarini tartibga solish, moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va mehnatni muhofaza qilish sohasida:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni normalash va ishchi kasblarining hamda mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlarining tarif-malaka tavsifnomalarini ishlab chiqish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishchilarning asosiy kasblari bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlari berish masalalari bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi;

manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda eng muhim ijtimoiy-mehnat normalari va normativlarining ro‘yxatini aniqlaydi va ular ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ishtirokida mehnat va bandlik sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi;

mehnat va bandlik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;

yagona texnik siyosatni amalga oshirish, tarmoqning axborot tizimlarini yaratishda yagona usul va vositalarni qo‘llash orqali mehnat va bandlik sohasida axborot tizimi shakllantirilishi va rivojlantirilishini ta’minlaydi;

mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Asosiy xizmatchilar lavozimlari va ishchi kasblarining Klassifikatorida ko‘rsatilgan ishchi kasblari va xizmatchilar lavozimlari nomlarining, ilgari normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarda ishlatilgan kasblar va lavozimlarga aynanligini va mutanosibligini belgilaydi;

tegishli kasaba uyushmalari organlarining (xodimlar boshqa vakillik organlarining) hamda ish beruvchilarning (ular birlashmalarining) takliflariga ko‘ra tarmoq bitimlari tuzishda qatnashadi;

mehnatni normalash, zamonaviy mehnat standartlarini joriy etish, mehnatga haq to‘lashni tashkil etish, ishlar, kasblar va lavozimlarning tarif-malaka ma’lumotnomalarida aks ettirilmagan lavozimlar va ishlarni tarif setkasining tegishli razryadlariga kiritish masalalarida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga va boshqa tashkilotlarga amaliy va metodik yordam beradi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlashda qatnashadi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalarning eng kam miqdorini, iqtisodiyotning ayrim tarmoq va sektorlari uchun xodimlar sonining va mehnatga haq to‘lashning eng kam normativlarini belgilashga doir takliflar tayyorlaydi;

manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda davlat muassasalari va davlat unitar korxonalari uchun lavozimlar kiritish va xodimlar sonining normativlarini belgilash shartlarini ishlab chiqishda qatnashadi;

mehnatni moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini va mehnatga haq to‘lashni tartibga solish usullarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qatnashadi;

mehnatga haq to‘lash tizimini, yagona tarif setkasini, ish haqini tumanlar bo‘yicha tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

mehnat xavfsizligini ta’minlash va sharoitlarni baholash bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish maqsadida manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha texnik tartibga solish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar hamda normativ hujjatlar ishlab chiqilishini va qayta ko‘rib chiqilishini, ularni kelishish va tasdiqlashni tashkil qiladi, mehnat sharoitlari bo‘yicha ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatadi;

mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash, shuningdek mehnat sharoitlari noqulay ishlarda ishlayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olishni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

mehnat sharoitlari, ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari bo‘yicha va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish materiallari davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va tegishli xulosa berilishini ta’minlaydi;

ish o‘rinlarini mehnat sharoitlarining va asbob-uskunalarining jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha malaka sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassislar reyestrini yuritadi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining takliflariga ko‘ra imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatiga o‘zgartishlar kiritish, qo‘shimcha ta’til, qisqartirilgan ish kunini belgilash bo‘yicha xulosalar beradi;

noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlarning amaldagi ro‘yxatlariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi;

mehnat muhofazasi bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra belgilangan mezonlarga muvofiq tashkilotlarni kasbiy xavflilik toifasiga kiritadi;

v) xalqaro hamkorlik sohasida:

mehnat va bandlik masalalarida xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik sohasida o‘zaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mehnat va bandlik masalalari yuzasidan Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarda belgilangan tartibda hamkorlik qiladi va O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari bo‘yicha ish ko‘radi;

Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining, mehnat va bandlik masalalari bo‘yicha tuzilgan boshqa xalqaro shartnomalar bajarilishi monitoringi olib borilishini tashkil etadi, belgilangan tartibda tegishli hisobot va ma’ruzalar tayyorlaydi va taqdim etadi;

manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda mehnat huquqlariga rioya etilishi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar vakillarining ishini tashkil etadi;

chet ellik donorlar va kredit tashkilotlarining aholi bandligini ta’minlash va mehnat muhofazasi maqsadlariga yo‘naltirilgan mablag‘larini belgilangan tartibda jalb etish va foydalanishni tashkil etadi;

g) moliya-xo‘jalik faoliyati sohasida:

Vazirlik tizimida moliya ishlarini, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy tadqiqotlarni mablag‘ bilan ta’minlashni belgilangan tartibda tashkil etadi;

Vazirlik idoraviy mansub tashkilotlarining shtatlar jadvallarini kelishadi, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha balanslar va hisobotlarni ko‘rib chiqadi;

idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini amalga oshiradi;

idoraviy mansub tashkilotlarning markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalardan samarali foydalanishini ta’minlaydi, Vazirlik tizimidagi obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;

d) faoliyatining boshqa sohalarida:

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi, shuningdek Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda qonunchilik buzilishini bartaraf etish bo‘yicha zarur harakatlarni amalga oshiradi;

vakolatli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda, o‘zining vakolati doirasida, odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish va ularga yordam ko‘rsatishga ko‘maklashadi, jabrlangan fuqarolar huquqlarini tushuntiradi;

Vazirlik va idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlarini qayta tayyorlashni va malakasini oshirishni tashkil etadi, rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyasini o‘tkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda vakolati doirasida ishtirok etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda aholi turmushi darajasi va farovonligi yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishda va uni yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi.

9. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar bevosita o‘zi tomonidan hamda hududiy bo‘linmalar va boshqa idoraviy mansub tashkilotlar orqali bajarilishini ta’minlaydi.

III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi

10. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini hamda boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish masalalaridagi faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan axborotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan zarur statistik ma’lumotlarni davlat statistika organlaridan bepul olish;

tashkilotlarda mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlari va standartlari masalalari bo‘yicha qonunchilikka, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro konvensiyalar qoidalari va talablariga rioya etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirishlar o‘tkazish;

tashkilotlar tomonidan nogironlar uchun ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to‘sqinliksiz kirish sharoitlarini ta’minlanishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshirish;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus tekshirishlar o‘tkazish yoki tekshirishlarda ishtirok etish;

mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansabdor shaxslarga ma’muriy jazolar berish;

tashkilotlar faoliyatini hamda mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlar sog‘lig‘i yoki hayotiga xavf tug‘diradigan ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirilgunga qadar o‘z vakolatlari doirasida va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatib turish;

o‘zining tashkiliy tuzilmasi doirasida, Vazirlikka va unga idoraviy mansub tuzilmalarga tegishli davlat mulkini bir tuzilmadan ikkinchisiga, belgilangan tartibda, bepul foydalanish huquqi bilan berish;

hududiy mehnat organlari, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari va idoraviy mansub tashkilotlarning xodimlarini, ular tomonidan faoliyatning asosiy parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda, moddiy rag‘batlantirishning miqdorlari va shartlarini belgilash;

quyidagi buyurtmalarni tender o‘tkazmasdan joylashtirish: Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan ilmiy ishlar bajarish va tadqiqotlar o‘tkazishni — idoraviy mansub Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazida; sohaga oid axborot-kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish va saqlashni — idoraviy mansub “Axborot-kompyuter markazi “Mehnat.uz” MChJ”da, mehnat organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni — Respublika mehnat tizimi xodimlarining malakasini oshirish kurslarida;

belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

aholi bandligi, ishga joylashtirish va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ijtimoiy reklama mahsulotlariga buyurtma berish hamda ularni davlat ommaviy axborot vositalarida, stendlarda, bannerlarda va ushbu mahsulotlardan aholining keng foydalanishi imkonini ta’minlovchi boshqa usullarda bepul joylashtirish;

binolarga xizmat ko‘rsatish, inventarlar va xo‘jalik vositalari, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikalarni saqlab turish va foydalanish ishlarini bajarish, dasturiy mahsulotlarni sotib olish yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;

Vazirlik vakolatiga tegishli masalalarni hal qilishga ilmiy tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning mehnat, bandlik va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlari va boshqa hujjatlarini bekor qilish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish;

butunjahon Internet axborot tarmog‘ida va ijtimoiy tarmoqlarda belgilangan tartibda rasmiy veb-saytlar yaratish;

Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning tegishli tuzilmalari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;

Hukumatning topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini xalqaro tashkilotlarda ifodalash hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va xalqaro huquq normalariga muvofiq boshqa mamlakatlarning vakolatli tashkilotlari bilan bandlik va mehnatni muhofaza qilish masalalarida hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolash.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

11. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.

Vazirlik, zarur hollarda, davlat boshqaruvi boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega.

12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.

IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish

13. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri (keyingi o‘rinlarda — Mehnat vaziri deb ataladi) boshchilik qiladi.

Mehnat vazirining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bir nafar o‘rinbosari bo‘ladi.

14. Mehnat vaziri:

yakka boshchilik asosida Vazirlik faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

vazir o‘rinbosarining va Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, Vazirlik faoliyatining alohida yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan hamda idoraviy mansub tashkilotlar ishi yuzasidan shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi va Vazirlik tizimi xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;

Vazirlik markaziy apparatining xarajatlari smetasini va shtatlar jadvalini xodimlarning belgilangan soni doirasida tasdiqlaydi, Vazirlikning respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarining xarajatlari va daromadlari smetasini, shtatlar jadvallarini hisobga oladi;

zarurat bo‘lganda xodimlarning belgilangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida markaziy apparatning, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari hamda Vazirlikning idoraviy mansub tashkilotlarining tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;

Markaziy apparat bo‘linmalari, Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlar to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

markaziy apparat xodimlarini hamda vazirlikka qarashli tashkilotlar va hududiy mehnat organlari rahbarlarini qonunchilikda belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

15. Quyidagilarni:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan;

viloyatlar va Toshkent shahri mehnat bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish — tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan;

tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish — tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari va Mehnat vaziri bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan;

hududiy mehnat organlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlar rahbarlarini hamda davlat mehnat huquq inspektorlarini, mehnat muhofazasi bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish — Vazir bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.

Viloyatlar va Toshkent shahar hududiy mehnat bosh boshqarmalari boshliqlarini lavozimga tayinlash va ozod qilishning qonunchilikda belgilangan tartibdagi jarayoni yakuniga etgunga qadar ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini ta’minlash maqsadida Mehnat vaziri rahbarning vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlaydi.

16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.

Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlar tegishli tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalarining buyruqlari bilan tasdiqlanadi.

17. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vazirlikning tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet eldagi va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Vazirlikning vakolatli organi hisoblanadi.

Vazirlik Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining muassisi hisoblanadi.

18. Mehnat organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslari mehnat organlari tizimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy o‘quv-metodik markaz hisoblanadi.

Mehnat organlari tizimi xodimlarining malakasini oshirish Respublika kurslari tashkilotlarning kadrlar xizmati xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni shartnoma asosida amalga oshiradi.

19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat bosh boshqarmalari hamda tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining yuridik xizmatlariga kadrlar xizmatini tashkil etish funksiyasi yuklanadi.

20. Davlat mehnat huquq inspektorlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha davlat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari mehnatga haq to‘lashning razryadlari va tarif stavkalari bo‘yicha, tegishlicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy mehnat bosh boshqarmalari, tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlarining bosh mutaxassislariga tenglashtiriladi.

21. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), mehnat vazirining o‘rinbosari, shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi Vazirlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi mehnat vazirining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:

mehnat va bandlik sohasidagi siyosatni ro‘yobga chiqarishni yanada takomillashtirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan Vazirlik faoliyatining asosiy konseptual yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;

Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash va Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.

Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.

Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Mehnat vazirining buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Mehnat vaziri va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Mehnat vaziri paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

V. Moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari

22. Vazirlik xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

23. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantirish to‘lovlaridan iborat bo‘ladi.

24. Vazirlik markaziy apparati va hududiy mehnat organlarining xodimlarini mehnat organlari tizimidagi belgili xizmat muddatini uzluksiz o‘taganligi uchun yillik bir yo‘la bir martalik taqdirlash quyidagi miqdorda amalga oshiriladi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 3 yildan 5 yilgacha — 0,5; 5 yildan 10 yilgacha — 0,8; 10 yildan 15 yilgacha — 1,0; 15 yildan ortiq — 1,5. Belgili xizmat muddatini uzluksiz o‘taganligi uchun yillik bir yo‘la bir martalik taqdirlash imtiyozini beradigan mehnat staji kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibda hisoblab chiqariladi.

Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-apreldagi 117-son qaroriga
2-ILOVA


[OKOZ:

Download 71.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling