Mundarija: kirish betlar


Download 71.07 Kb.
bet2/4
Sana05.06.2020
Hajmi71.07 Kb.
#114981
1   2   3   4
Bog'liq
Diplom ishi

etilgan. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish masalalari o'z ifodasini topgan 26-moddani keng ommaga, xususan mehnat jamoalariga yetkazilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi qonuning so'nggi moddalaridan hisoblangan 34-moddada xodimning hayoti va sog'ligiga yetkazilgan zararning o'rnini yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda qoplash va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi nizolarni hal etish tartiblari belgilab berilgan.

I.1. Kasaba uyushmalari,ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida

KASABA UYUSHMALARI, ULARNING HUQUQLARI VA FAOLIYATINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA

1 BOB. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Kasaba uyushmalari

Oldingi tahrirga qarang.

Kasaba uyushmasi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga ko‘ra o‘z a’zolarining mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan fuqarolarning jamoat birlashmasidir.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.

Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda amalga oshirishi mumkin.

(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

2-modda. Kasaba uyushmalariga birlashish huquqi

Oldingi tahrirga qarang.

Xodimlar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan shaxslar hamda ish bilan ta’minlangan boshqa shaxslar (bundan buyon matnda xodimlar deb yuritiladi) hech qanday tafovutsiz va oldindan ruxsat olmay turib, ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish huquqiga, shuningdek kasaba uyushmalariga ularning ustavlariga rioya etish sharti bilan kirish huquqiga egadir.

Xodimlar barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi), yakka tartibdagi tadbirkorlik va o‘zga mehnat faoliyati amalga oshirilayotgan boshqa ish joylarida kamida uch nafar xodimning tashabbusi bilan kasaba uyushmalarini tuzishga haqli.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 16-moddasi ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi.

Kasaba uyushmalari ishlab chiqarish-tarmoq prinsipiga ko‘ra tarmoqlar va hududlar darajasida tuzilishi mumkin.

Ishlamaydigan pensionyerlarning kasaba uyushmasi a’zoligiga kirishi yoki undan chiqishi tartibi kasaba uyushmasining ustavi bilan tartibga solinadi.

Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika, tarmoq va hududiy birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek ularga kirishi mumkin, mazkur birlashmalarga kasaba uyushmalari faoliyatining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va kafolatlari tatbiq etiladi.

LexUZ sharhi

Qarang: mazkur Qonunning III-bobi (“Kasaba uyushmalari huquqlarining kafolatlari”).

Kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 11, 12-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 21 — 26-moddalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi PQ-2085-sonli “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko‘maklashish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

Kasaba uyushmalari teng huquqlardan foydalanadi.

(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

3-modda. Kasaba uyushmalarining mustaqilligi

Oldingi tahrirga qarang.

Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, ish beruvchilardan va ularning birlashmalaridan, siyosiy partiyalardan hamda boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqildir, ular oldida hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Kasaba uyushmalarining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

(3-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 59-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 4-moddasining uchinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasining uchinchi qismi.

Kasaba uyushmalari mustaqil ravishda o‘z ustavlarini ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar, uyushma tuzilishini belgilaydilar, rahbar idoralarini saylaydilar, o‘z faoliyatlarini tashkil etadilar, yig‘ilishlar, konferensiyalar, plenumlar, qurultoylar o‘tkazadilar.

Kasaba uyushmalari o‘z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o‘z xohishiga ko‘ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi.

4-modda. Fuqarolarni kasaba uyushmalariga mansubligiga qarab kamsitishni taqiqlash

Oldingi tahrirga qarang.

Fuqarolarning kasaba uyushmalariga mansubligi yoki mansub emasligi ularning qonun hujjatlarida kafolat beriladigan mehnat huquqlari, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari biror bir tarzda cheklanishiga sabab bo‘lmaydi. Xodimni ishga qabul qilish, xizmat pog‘onalariga ko‘tarish, shuningdek u bilan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun muayyan kasaba uyushmasiga mansublikni, unga kirishni yoki undan chiqishni shart qilib qo‘yish taqiqlanadi.

(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 6-moddasi.

5-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatini to‘xtatish yoki taqiqlash

Oldingi tahrirga qarang.

Kasaba uyushmasining faoliyatini tugatish ustavda belgilangan tartibda uning vakolatli organi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Kasaba uyushmalarining, ular birlashmalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga zid bo‘lgan taqdirda, bu faoliyat sudning qarori bilan taqiqlanishi mumkin. Kasaba uyushmalarining faoliyatini biror bir boshqa organning qaroriga ko‘ra taqiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 36-moddasi.

6-modda. Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunlar

Oldingi tahrirga qarang.

Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Ushbu Qonunni O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarida, ichki ishlar organlarida, Davlat xavfsizlik xizmatida hamda boshqa harbiy tuzilmalarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu tuzilmalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.

(6-moddasining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)

II BOB. KASABA UYuShMALARINING ASOSIY HUQUQLARI

Oldingi tahrirga qarang.

7-modda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqlari

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi mehnatga va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishga haqlidir.

Xodimlarning mehnat huquqlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi oldindan xabardor etilgan holda davlat organlari tomonidan qabul qilinadi.

(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 19-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi.

8-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat qilish huquqini himoya etish sohasidagi huquqlari

Oldingi tahrirga qarang.

Kasaba uyushmalari o‘z a’zolarining mehnat huquqini himoya qiladi, ish bilan ta’minlash borasidagi davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etadi, tashkilotlarda ishdan bo‘shatiladigan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishning qonun hujjatlari asosida jamoa shartnomasida belgilanadigan chora-tadbirlarini taklif etadi.

Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimlarning soni (shtati) yoki mehnat sharoitlari o‘zgarishiga olib keladigan tarzda tashkilotni va uning tarkibiy bo‘linmalarini tugatish, ishlab chiqarishni to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish tegishli kasaba uyushmalari kamida ikki oy oldin xabardor qilingan hamda ular bilan xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan muzokaralar o‘tkazilgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 102-moddasi birinchi qismining 1-bandi.

Kasaba uyushmalari aholini ish bilan ta’minlashning holati va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

Agar jamoa shartnomasida, kelishuvida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bo‘lsa, bunday rozilikni olmay turib shartnomani bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 101-moddasi.

(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

9-modda. Kasaba uyushmalarining muzokaralar olib borish va jamoa shartnomalari, kelishuvlari tuzish huquqlari

Kasaba uyushmalari ish beruvchi, ish beruvchilarning birlashmasi bilan jamoa muzokaralarini olib borishda va jamoa shartnomalarini, kelishuvlarini tuzishda ustuvor huquqqa ega bo‘ladi, ularning bajarilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.

Agar kasaba uyushmalari jamoa shartnomasi, kelishuvi tuzish taklifi bilan chiqsa, ish beruvchilar, ularning birlashmalari bu haqda muzokaralar olib borishi shart.

(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining IV bobi (“Jamoa shartnomalari va kelishuvlari”).

Oldingi tahrirga qarang.

10-modda. Kasaba uyushmalarining xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga doir huquqlari

Kasaba uyushmalarining mehnat sharoitlari va mehnatga haq to‘lash, mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarishdagi xavfsizlik, xodimlarning uy-joy sharoitlari, ularni ijtimoiy sug‘urta qilish, ularning sog‘lig‘ini va madaniy manfaatlarini muhofaza qilish, pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasi birinchi qismi, 153-moddasi ikkinchi qismi, 157-moddasi birinchi qismi, 158-moddasi birinchi va ikkinchi qismi, 159-moddasi ikkinchi qismi, 174-modda, 194-moddasi birinchi qismi, 203-moddasi to‘rtinchi va to‘qqizinchi qismi, 216-moddasi birinchi qismi, 223-moddasi ikkinchi qismi, 236-moddasi to‘rtinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi.

Kasaba uyushmalarining respublika va hududiy birlashmalari o‘z vakolatlari doirasida xodimlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, turmush darajasining asosiy mezonlarini, narx-navo indeksi o‘zgarishiga qarab kompensatsiya to‘lash miqdorlarini aniqlashda ishtirok etadi, tirikchilik uchun qonunda belgilangan zarur eng kam miqdorga hamda pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalarning miqdoriga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Kasaba uyushmalarining birlashmalari ushbu masalalar bo‘yicha jamoa kelishuvlari tuzishi mumkin.

(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

11-modda. Kasaba uyushmalarining qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir huquqlari

Kasaba uyushmalari ish beruvchi tomonidan mehnat va kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, aniqlangan xukuqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Ish beruvchi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomalarni ko‘rib chiqishi va ko‘rib chiqish natijalari haqida kasaba uyushmasiga o‘n besh kunlik muddat ichida xabar berishi shart.

Kasaba uyushmalari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga da’vo arizasi bilan, shuningdek sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 52-moddasi, 67-moddasi ikkinchi qismining 4-bandi, 2-kichik bo‘limi (“Da’vo ishini yuritish”), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi.

Kasaba uyushmalari huquqiy yordam xizmatlariga va boshqa zarur organlarga ega bo‘lishi mumkin.

(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi.

12-modda. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda kasaba uyushmalarining huquqlari

Oldingi tahrirga qarang.

Kasaba uyushmalari yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi.

Kasaba uyushmalari qonun hujjatlarining, jamoa shartnomasi, kelishuvi shartlarining buzilganligi, mehnat va turmushning yangi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarini belgilash yoki mavjud shart-sharoitlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha jamoalarga doir mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi.

(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XV bobi (“Mehnat nizolari”).

Oldingi tahrirga qarang.

13-modda. Kasaba uyushmalarining mehnatga oid masalalar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning boshqa masalalari yuzasidan axborot olish huquqlari

Kasaba uyushmalari ish beruvchidan, shuningdek davlat organlaridan, xo‘jalik boshqaruvi organlaridan mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan belgilangan statistika hisobotlari doirasida bepul axborot olishga haqlidir.

(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 24-moddasi oltinchi xatboshisi.

Oldingi tahrirga qarang.

14-modda. Kasaba uyushmalarining ish beruvchilar, ularning birlashmalari tomonidan jamoa shartnomalari, kelishuvlari bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqlari

Ish beruvchilar, ularning birlashmalari jamoa shartnomalari, kelishuvlari shartlarini buzuvchi qaror qabul qilgan taqdirda, kasaba uyushmalari ushbu qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqli, bu taqdimnoma bir haftalik muddatda ko‘rib chiqiladi. Ish beruvchilar, ularning birlashmalari kasaba uyushmalarining ushbu talablarini qanoatlantirishni rad etgan yoki ko‘rsatilgan muddatda ular o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, kelishmovchiliklar jamoalarga doir mehnat nizolarini hal qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 23, 34, 281-moddalari.

Oldingi tahrirga qarang.

15-modda. Ish beruvchi va mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmasi o‘rtasidagi nizolarni ko‘rib chiqish hamda hal etish

Xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga hamda ish beruvchi va mehnat jamoasi yoki kasaba uyushmasi o‘rtasida kelib chiqadigan nizolarni hal etishga doir masalalar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XV bobi (“Mehnat nizolari”).

Oldingi tahrirga qarang.

16-modda. Kasaba uyushmalarining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishdagi ishtiroki

Kasaba uyushmalari migratsiya, ish bilan ta’minlash, mehnat, narx belgilash va ijtimoiy ta’minot masalalariga doir O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishtirok etishi mumkin.

(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-sonli “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuni.

III BOB. KASABA UYuShMALARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI

Oldingi tahrirga qarang.

17-modda. Kasaba uyushmalari faoliyatining kafolatlari

Ish beruvchilar va mansabdor shaxslar kasaba uyushmalarining huquqlariga rioya etishi, ularning faoliyatiga ko‘maklashishi shart. Ular kasaba uyushmalarining huquqlarini buzganlik yoki ularning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. Ish beruvchilar va mansabdor shaxslar kasaba uyushmalari vakillarining shu kasaba uyushmalari a’zolari ishlayotgan tashkilotlarga ustavda belgilangan maqsad va vazifalarni hamda qonun hujjatlarida berilgan huquqlarni amalga oshirish uchun kirishiga to‘sqinlik qilishga haqli emas.

(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 24, 26-moddalari va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

18-modda. Ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar

Quyidagilarga intizomiy jazo berilishi mumkin emas:

kasaba uyushmasi organi tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan xodimlarga — shu organning roziligi olinmasdan turib;

tashkilot bo‘linmalaridagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga — tegishli kasaba uyushmasi organining roziligi olinmasdan turib;

tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining rahbarlariga, kasaba uyushmalari tashkilotchilariga — tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olinmasdan turib.

Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, ular a’zo bo‘lgan kasaba uyushmasi organining roziligi oldindan olingan taqdirdagina, tashkilotdagi kasaba uyushmalari organlarining raislari va a’zolari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga esa, yuqoridagilardan tashqari faqat tegishli kasaba uyushmalari birlashmasining roziligi olingan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.

Kasaba uyushmalarining tashkilotchilari va kasaba uyushmalari guruhlarining tashkilotchilari bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga tegishli kasaba uyushmalari birlashmasi organining roziligi olingan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi.

Kasaba uyushmalari saylab qo‘yiladigan organlarining ishlab chiqarishdagi o‘z ishidan ozod qilinmagan a’zolariga jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan shartlarga ko‘ra jamoa manfaatlarini ko‘zlab jamoatchilik vazifalarini bajarishi uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan bo‘sh vaqt beriladi, shuningdek kasaba uyushmasining qisqa muddatli o‘quvi vaqtida ularning o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

Kasaba uyushmalarining saylab qo‘yiladigan organlari a’zolari kasaba uyushmalari tomonidan chaqiriladigan qurultoylarda, konferensiyalarda, shuningdek kasaba uyushmalarining plenumlari va rayosatlari ishida delegat sifatida ishtirok etayotgan vaqtga ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinib, ularga kasaba uyushmasining mablag‘lari hisobidan o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.

(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

19-modda. Ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilingan holda kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlar uchun kafolatlar

Kasaba uyushmalari organlaridagi saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylanganligi tufayli ishdan ozod qilingan xodimlarga ularning saylov vakolatlari tugaganidan so‘ng avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, o‘sha tashkilotda yoki xodimning roziligi bilan boshqa tashkilotda avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.

Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarga tegishli ish (lavozim) berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ular qonunda, jamoa shartnomalarida, kelishuvlarida nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanadi.

(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlari.

Oldingi tahrirga qarang.

20-modda. Kasaba uyushmalari organlariga saylangan xodimlarning mehnatga oid qo‘shimcha kafolatlari

Kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan va ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilmagan xodimlarga mahalliy mehnat organining oldindan roziligini olmasdan turib intizomiy jazo berishga, ular bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga, shuningdek kasaba uyushmalari organlari tarkibiga saylangan xodimlar bilan mehnatga oid munosabatlarni ularning saylab qo‘yiladigan lavozimdagi vakolatlari tugaganidan keyin ikki yil ichida ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 25-moddasi ikkinchi qismi.

Oldingi tahrirga qarang.

21-modda. Kasaba uyushmalarining hamda ularga qarashli tashkilotlarning mulkiy va moliyaviy huquqlari

Kasaba uyushmalari mulk huquqi asosida o‘ziga qarashli bo‘lgan mol-mulk va pul mablag‘lariga egalik qiladi, ulardan foydalanadi hamda ularni tasarruf etadi.

Kasaba uyushmalari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, o‘z navbatida ular ham kasaba uyushmalarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.

Kasaba uyushmalari budjeti mablag‘larining manbalari, mablag‘larni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi ularning ustavlarida belgilanadi.

Kasaba uyushmalarining moliyaviy faoliyati ularning ustavlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Kasaba uyushmalariga qarashli tashkilotlar daromadlarining manbalari, ular olgan mablag‘larning miqdorlari va soliqlarni to‘lash davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadi.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining III-bo‘limi (“Soliq nazorati”).

Kasaba uyushmalari o‘z ustavlarida qayd etilgan maqsad va vazifalarga muvofiq belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, tijorat tashkilotlarini tashkil etish, noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish, turli fondlar tuzish huquqiga ega.

(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

22-modda. Ish beruvchining kasaba uyushmalari faoliyati uchun moddiy sharoitlar yaratish borasidagi majburiyatlari

Jamoa shartnomasiga, kelishuviga muvofiq tashkilot o‘z mulki bo‘lgan yoxud o‘zi ijaraga olgan binolarni, xonalarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni, shuningdek dam olishni tashkil etish, xodimlar va ularning oila a’zolari bilan madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya- sog‘lomlashtirish ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan dam olish maskanlarini, bolalar-o‘smirlar oromgohlarini va boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlarini kasaba uyushmalariga tekin foydalanish uchun beradi.

Tashkilot maqsadi va miqdorlari jamoa shartnomasida, kelishuvida belgilanadigan mablag‘larni kasaba uyushmalariga o‘tkazadi.

Tashkilotda ish olib boradigan kasaba uyushmalarining faoliyati uchun boshqa moddiy sharoitlarni yaratish jamoa shartnomasi, kelishuvi bilan tartibga solinadi.

(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-413-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 48-son, 546-modda)

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 2-iyul, 638-XII-son

I.2. Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi funksiyasi va vazifalari

MEHNATNI MUHOFAZA QILISH BOSHQARMASI FUNKSIYASI VA VAZIFALARI

Quyidagilar Boshqarmaning asosiy vazifalari:

mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlashda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflarni va barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yagona talablarni ishlab chiqish;

xodimlarni xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda profilaktika ishlarini amalga oshirish hamda ko‘maklashish va ularni mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha huquqiy himoya qilish;

mehnatni muhofaza qilishning ahvolini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasiga Vazirlikning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarda amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risidagi muntazam axborotini tayyorlash;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish;

mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.

Boshqarma o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

ish beruvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;

xodimlarning yakka tartibda va jamoaviy himoya qilish vositalari hamda ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish priborlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;

mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflarni va barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilishdagi yagona talablarni ishlab chiqish sohasida:

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish materiallarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;

mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;

mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maqsadli va tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi.

Xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda ko‘maklashish va ularni mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha huquqiy himoya qilish sohasida:

ish beruvchilar tomonidan xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

manfaatdor organlar bilan o‘zaro hamkorlikda tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarning mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtiradi;

mutaxassislarni jalb etgan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazadi;

ommaviy axborot vositalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.

Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish holati va ularning sabablarini tahlil qilish sohasida:

ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqadi;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qiladi va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish sohasida:

mehnatni muhofaza qilishga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy ravishda tahlil qiladi va zarur hollarda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;

belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda, kelishish va tasdiqlashda qatnashadi.

Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiya qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

mehnat sharoitlari bo‘yicha ekspertiza amalga oshirilishini nazorat qiladi va uning natijalari bo‘yicha xulosa beradi;

mehnat sharoitlari va uskunalarning shikastlash xavfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazadigan yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish, shuningdek ularning mutaxassislarini mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qitadi va attestatsiyadan o’tkazadi.

II.BOB. Mehnatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari.

II.1.”Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi 2016-yil 22-sentabrdagi O’RQ-410-sonli qarori

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

MEHNATNI MUHOFAZA QILISh TO‘G‘RISIDAgi qonun

LexUZ sharhi

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi O‘RQ-410-sonli “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.

Ushbu Qonun ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’i nazar, mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘lig‘i va mehnati muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan.

I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR

1-modda. Fuqarolarning mehnatni muhofaza qilinishiga bo‘lgan huquqlari

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mehnatni muhofaza qilinishi huquqiga egadirlar.

2-modda. Mehnatni muhofaza qilish

Mehnatni muhofaza qilish — bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat.

3-modda. Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar va qonunning qo‘llanish sohasi

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar ushbu Qonun va unga muvofiq chiqariladigan boshqa me’yoriy hujjatlardan iborat bo‘ladi.

Ushbu Qonun mulk va xo‘jalik yuritish shakli turlicha bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar* bilan, shu jumladan ayrim yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida turgan barcha ishlovchilar; kooperativlarning a’zolari, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari va umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilari; korxonalarda ishlashga jalb etiladigan harbiy xizmatchilar; muqobil xizmatni o‘tayotgan fuqarolar; sud hukmi bilan jazoni o‘tayotgan shaxslar, axloq tuzatish-mehnat muassasalari korxonalarida yoki hukmlar ijrosini amalga oshiruvchi idoralar belgilaydigan korxonalarda ishlash davrida, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlab tashkil etiladigan boshqa turdagi mehnat faoliyati ishtirokchilariga nisbatan amal qiladi.

* Matnda bundan keyin “korxonalar” deb yuritiladi.

4-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati:

korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligi;

mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo‘nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;

mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalar belgilab qo‘yish;

mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta’minlash;

korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;

mehnatni muhofaza qilishni mablag‘ bilan ta’minlashda davlatning ishtirok etishi;

oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash;

xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish;

fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vatanimiz va chet el ilg‘or tajribasidan keng foydalanish;

ishlovchilarni maxsus kiyim va poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlari bilan bepul ta’minlash;

korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga ko‘maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;

ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo‘liqqan ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;

kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsiplariga asoslanadi.

5-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish

Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.

6-modda. Jamoat birlashmalarining mehnatni muhofaza qilish muammolariga oid qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etishi

Korxonalar, mutaxassislar, fuqarolar mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlari mumkin.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari, shuningdek korxonalar bu birlashmalarga har tomonlama yordam va madad ko‘rsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan nizomlar va tavsiyalarni hisobga oladilar.

7-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalar

O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ularda ko‘zda tutilgan talablar agar o‘zgacha shartlashilmagan bo‘lsa, ushbu Qonunga, O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq qo‘llanadi.

O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari manfaatdor tomonlarning o‘zaro bitimlari bilan belgilab qo‘yiladi.

II BO‘LIM. MEHNATNING MUHOFAZA QILINIShINI TA’MINLASh

8-modda. Mehnat muhofazasini me’yoriy ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va me’yorlarini ishlab chiqish va qabul qilish yo‘li bilan ishlab chiqarishda mehnat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan talablar darajasini belgilaydi, shuningdek kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va moliyaviy ta’minlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Vazirliklar va idoralar tegishli kasaba uyushmasi idoralari bilan kelishilgan holda mehnat sharoitlarini yaxshilashga oid tarmoq dasturlarini ishlab chiqadilar va moliyaviy ta’minlaydilar.

Korxona ma’muriyati, yollovchi, mulkdor yoxud ular vakolat bergan boshqaruv idorasi* korxonada mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlarining talablari, shuningdek jamoa shartnomasida ko‘zda tutilgan majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.

* Matnda bundan keyin “ma’muriyat” deb yuritiladi.

Korxonalarning ishlovchilari respublikaning tegishli qonunlari va me’yoriy hujjatlari, jamoa shartnomalari bilan belgilangan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari talablarga rioya etishlari shart.

9-modda. Korxonalar va obyektlarni loyihalash, qurish va ishlatishda, ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va ta’mirlashda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash

Standartlar, ergonomika, mehnatni muhofaza qilishga doir qoidalar va me’yorlar talablariga javob bermaydigan ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish hamda qayta qurish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan sotib olinganlarini joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Hech bir yangi yoki qayta qurilayotgan korxona, ishlab chiqarish vositalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan xavfsizlik shahodatnomasiga ega bo‘lmasa, foydalanishga qabul qilinishi va ishga tushirilishi mumkin emas.

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan korxonalar O‘zbekiston Respublikasining tegishli nazorat idoralari beradigan faoliyatni amalga oshirish huquqini ta’minlovchi ruxsatnomani oldindan taqdim etishlari shart. Korxonaning ko‘rsatilgan ruxsatnomani olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va ishlovchilar sog‘lig‘i hamda hayotiga xavf tug‘diruvchi korxonalar faoliyati yoki ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, ular mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq holga keltirilgunga qadar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakolatli idoralar tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi kerak.

Yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p me’yorlari (konsentratsiyasi) ishlab chiqilmagan va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tmagan zararli moddalarni ishlab chiqarishda qo‘llash taqiqlanadi.

10-modda. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash

O‘zbekiston Respublikasida davlat va korxonalar oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida korxonalarning mehnatni muhofaza qilish xizmatlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydilar.

Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligi turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish xususiyatlarini hisobga olgan holda talabalar va o‘quvchilar mehnatni muhofaza qilish kursini albatta o‘tishlarini tashkil etishlari kerak.

Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar va boshqa xo‘jalik boshqaruvi idoralari mehnatni muhofaza qilish tizimida ishlash uchun mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvini ta’minlaydilar.

11-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash

Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash davlat tomonidan, shuningdek mulk shaklidan qat’i nazar, jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.

Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli budjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan budjet mablag‘lari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyaviy ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.

Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag‘larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo‘shimcha chiqim qilmaydilar.

Oldingi tahrirga qarang.

Korxonalar o‘zining xo‘jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega.

(11-moddaning to‘rtinchi qismidagi ikkinchi jumla O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)

Mehnatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan mablag‘larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.

Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.

LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 12-noyabrdagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnatni muhofaza qilish jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.

12-modda. Mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarishdan korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini ta’minlash

Korxonalar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlar, plakatlar, boshqa targ‘ibot vositalarini nashr etish hisobiga hosil bo‘lgan qismiga, shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha konstruktorlik tashkilotlari foydasining jamoani va ishlovchilarni yakka tartibda himoyalash vositalarining yangilarini yaratish, ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish, ishlab chiqarish va mavjud vositalarni sotish hisobiga hosil bo‘lgan qismiga imtiyozli soliq solinadi.

13-modda. Korxonalarda mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash

Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.

LexUZ sharhi

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli “Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.

Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o‘rnatilishini tashkil etish va nazoratning natijalari to‘g‘risida mehnat jamoalarini o‘z vaqtida xabardor qilish ma’muriyat zimmasiga yuklanadi.

Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek o‘ta noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bog‘liq sharoitlarda bajariladigan ishlarda mehnat qiluvchilarga davlat boshqaruvi idoralari belgilagan me’yorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvish va dezinfeksiyalash vositalari, sut yoki unga tenglashadigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, parhez ovqat bepul beriladi.

LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 217-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko‘rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturi”ning V bo‘limiga qarang.

Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash yuzasidan ma’muriyat bilan xodimlarning o‘zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitimida ko‘zda tutiladi.

14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari

Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assotsiatsiyalar, boshqa xo‘jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo‘mitasi bilan kelishib o‘zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.

Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo‘lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.

Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o‘z maqomiga ko‘ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo‘ysunadi.

Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo‘linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.

Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlarining mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo‘lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.

Mehnatni muhofaza qilish va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to‘xtatilgan taqdirdagina tugatiladi.

15-modda. Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug‘urta qilish

Korxonalarning xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug‘urta qilinishlari shart.

III BO‘LIM. IShLOVChILARNING MEHNATNI MUHOFAZA QILIShGA DOIR HUQUQLARINI RO‘YoBGA ChIQARIShDAGI KAFOLATLAR

16-modda. Ishga qabul qilishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari

Mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni muhofaza qilishga oid qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart.

Fuqarolarni ularning salomatligiga zid bo‘lgan ishga qabul qilish man qilinadi.

Ma’muriyat xodimni kasb kasalligining paydo bo‘lish ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul qilayotganda uni bu haqda ogohlantirishi shart.

[OKOZ:

Download 71.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling