Magistratura to'g'risidagi nizom
Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 9-son, 225-modda) va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF–4456-son «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida»gi Farmoniga (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 30-son, 346-modda), shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son «Oliy ta'limning davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2001 y., 15-16-son, 104-modda) va 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 37-38-son, 384-modda) qarorlariga muvofiq magistratura faoliyatini tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligini kuchaytirish, «magistr» darajasini berish bo'yicha dissertatsiya ishi mazmuni va sifatiga qo'yiladigan mezonlar va talablar hamda xalqaro ta'lim standartlari darajasida oliy ta'lim muassasalarida magistrlar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |