Magistratura to'g'risidagi nizom Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»


Download 24.26 Kb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi24.26 Kb.
#233193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
magistratura NIZOM

I bob.Umumiy qoidalar

1. Magistraturaga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga qabul qilish tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

2. Tegishli mutaxassisliklar bo'yicha magistrlarni tayyorlash kadrlar buyurtmachilarining takliflari asosida, davlat akkreditatsiyasidan o'tgan oliy ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi.

3. Magistratura aniq mutaxassislik bo'yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida 2 yil davom etadigan oliy ta'limdir.

Magistratura ta'lim dasturini tugatgan bitiruvchilarga yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariga ko'ra ta'lim yo'nalishining aniq mutaxassisligi bo'yicha «magistr» akademik darajasi to'g'risidagi davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi.

Magistratura talabalarining (bundan buyon matnda talaba deb yuritiladi) yakuniy davlat attestatsiyasi O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to'g'risidagi nizom (ro'yxat raqami 1963, 2009 yil 5 iyun) (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2009 y., 23-son, 267-modda) asosida amalga oshiriladi.

4. Tayanch oliy ta'lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari bo'yicha oliy ta'lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilarining (bundan buyon matnda buyurtmachilar deb yuritiladi) takliflari asosida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hamda ishlab chiqarishga yo'naltirilgan dasturlar bo'yicha maqsadli magistrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi.

5. Oliy ta'lim muassasalari barcha bo'linmalarining magistrlar tayyorlash bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish magistratura bo'limi tomonidan kafedra va dekanatlar bilan birga amalga oshiriladi.

6. Magistraturada ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot shartnoma (to'lov-kontrakt) asosida olinadi.

 


Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling