Magistratura to'g'risidagi nizom Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»


IV bob. Talabalarning huquq va majburiyatlari


Download 24.26 Kb.
bet5/10
Sana05.01.2022
Hajmi24.26 Kb.
#233193
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
magistratura NIZOM

IV bob. Talabalarning huquq va majburiyatlari

19. Talabalar quyidagi huquqlarga ega:

ta'lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy yoki boshqa sohalarning zamonaviy taraqqiyoti darajasiga mos keluvchi bilimlarni olish;

oliy ta'lim muassasasining muhim masalalarini muhokama etish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;

axborot-resurs markazidagi axborot resurslari, o'quv, ilmiy, tibbiy va boshqa turdagi xizmatlardan oliy ta'lim muassasasining ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;

ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etish;

o'z ilmiy-tadqiqot ishlarini nashrga taqdim etish;

oliy ta'lim muassasasi rahbariyatining qarorlaridan norozi bo'lgan taqdirda, ularning ustidan shikoyat qilish;

talabalar uchun belgilangan tartib va miqdordagi stipendiya, shuningdek Davlat stipendiyalari hamda o'qishga yo'llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlagan stipendiyalarni olish.

Talaba qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo'lishi mumkin.

20. Talabalarning majburiyatlari:

oliy ta'limning ta'lim dasturlari va o'quv rejada nazarda tutilgan bilimlarni egallash;

o'quv rejada nazarda tutilgan topshiriqlarning barcha turlarini, shuningdek dissertatsiyani belgilangan muddatda bajarish;

oliy ta'lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etish.

Talaba zimmasida qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.

 


Download 24.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling