Magistratura to'g'risidagi nizom Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»
V bob. Dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilishga qo'yiladigan talablar
Download 24.26 Kb.
|
magistratura NIZOM
V bob. Dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilishga qo'yiladigan talablar
1-§. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash 21. Dissertatsiya talabaning ta'lim dasturlarini o'zlashtirishni yakunlovchi va o'qish davrida egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajargan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijasi hisoblanadi. 22. Dissertatsiyalarning namunaviy mavzulari kafedralarning etakchi professor-o'qituvchilari tomonidan (tashkilotlarning o'z echimini kutayotgan va istiqbolli masalalarini hisobga olgan holda) o'quv yili boshlanishigacha shakllantiriladi va zaruriyat bo'lganda buyurtmachilar bilan kelishilgan holda, oliy ta'lim muassasasining ilmiy ishlar bo'yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi. Dissertatsiyalarning mavzulari oliy ta'lim muassasasida shartnoma va loyihalar bo'yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining bir qismi bo'yicha ham shakllantirilishi mumkin. Dissertatsiya mavzusi dolzarb ilmiy-tadqiqot masalalariga yoki aniq amaliy vazifani echishga bag'ishlangan, shuningdek mutaxassislikka mos bo'lishi lozim. 23. Dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik oliy ta'lim muassasasi professori, fan doktori, dotsenti yoki fan nomzodi, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar olimlari hamda boshqa tashkilotlarning tajribaga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassis va amaliyotchilari tomonidan amalga oshiriladi. 24. Dissertatsiya mavzusi va dissertatsiyaga ilmiy rahbar (ilmiy maslahatchi) talabaning dissertatsiya mavzusini tasdiqlash va ilmiy rahbarni tayinlash to'g'risidagi arizasi hamda tegishli kafedra taqdimnomasining fakultet ilmiy kengashi (o'quv-uslubiy kengashi) tomonidan ko'rib chiqilishi natijasiga ko'ra 1-o'quv yilining oktyabr-noyabr oylarida oliy ta'lim muassasasining rektori buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. 25. Dissertatsiyaga talaba o'qiyotgan oliy ta'lim muassasasidan boshqa tashkilotlardan ilmiy rahbar tayinlangan holda, kafedra a'zolaridan biri kafedra mudiri tomonidan mazkur talabaga ilmiy maslahatchi etib tayinlanadi. Ilmiy maslahatchi dissertatsiyani belgilangan talablar bo'yicha bajarilishi uchun ilmiy rahbar bilan bir xilda mas'ul hisoblanadi. 26. Bitta professor yoki fan doktori beshtagacha, shuningdek bitta dotsent, fan nomzodi, mutaxassis yoki amaliyotchi uchtagacha dissertatsiyaga rahbarlik qilishi mumkin. 27.Dissertatsiyalarning mavzulari tasdiqlangandan va ilmiy rahbarlar tayinlangandan so'ng 1 oy muddatda ular haqidagi ma'lumot talabalar familiyasi, ismi, otasining ismi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari ko'rsatilgan holda oliy ta'lim muassasasining rasmiy saytida e'lon qilinadi. 28. Ilmiy rahbar vazifalariga quyidagilar kiradi: talabaning ish rejasini tuzishda unga yordam berish; talabaga tizimli ravishda maslahatlar berib borish uchun tegishli jadvalni tuzish. Bunda ilmiy rahbar talabaga haftasiga kamida 1 marta maslahat berishi ko'zda tutilishi lozim; tadqiqot uslublarini tanlash va ularni qo'llashda talabaga ko'maklashish; talaba tomonidan ish rejani bajarilishini nazorat qilish va talabani baholab borish; dastlabki himoya sanasidan kamida 3 kun oldin dissertatsiyaga yozma taqriz berish. 29. Dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbarning o'zgartirilishi talabaning ularni o'zgartirish sabablari asoslantirilgan yozma arizasi asosida oliy ta'lim muassasasining o'quv-uslubiy kengashi qarori bilan amalga oshiriladi va oliy ta'lim muassasasining rektori buyrug'i bilan yangi dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar tayinlanadi. Dissertatsiya mavzusini o'zgartirishda ilmiy rahbarning roziligi hisobga olinadi. O'zgartirilgan dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbar to'g'risidagi ma'lumot 1 hafta muddatda talabalar familiyasi, ismi, sharifi hamda dissertatsiya mavzulari qisqacha maqsadi va vazifalari ko'rsatilgan holda oliy ta'lim muassasasining rasmiy saytida e'lon qilinadi.
Download 24.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling