Mundarija kirish bob. Elektron darslik yaratishning nazariy


III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI


Download 1.06 Mb.
bet19/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1116227
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
elektron darslik

III. TADBIQ QILISHNI TASHKIL QILISH VA LOYIHA SAMARADORLIGI.
3.1. Yoshlar tarbiyasida elektron darsliklarning o’rni.
Hozirgi kunda elektron qurilmalar o’quvchilarning kundalik hayotiga jadal suratlar bilan kirib bormoqda. Mobil telefon, noutbuk, internetdan foydalanish oddiy xolga aylandi.Mutaxassislarning fikricha insonning eshitish a’zolariga nisbatan ko’rish a’zolari yordamida besh marotaba ko’p ma’lumotlarni eslab qolish mumkin. Sababi eshitish a’zolariga qaraganda ko’rish a’zolaridan olinayotgan ma’lumotlar qayta kodlashtirilmay to’g’ridan to’g’ri inson xotirasiga o’tadi va saqlanadi.
Elektron darslikning sifati o’qituvchining shaxsiy bilim saviyasi, ushbu fan uchun mualliflik uslubi, pedagogik, psixologik va metodik yondoshuviga bog’liq. Elektron darsliklar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo’ljallangan bo’lib, bilim oluvchilarga mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarini bosqichma — bosqich boyitish, mukamallashtirib borish, mustaqil ta’lim olish, yangi bilimlarni o’quv adabiyotlardan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlaydi.
Hozirgi kunga kelib yuqorida ko’tarilgan muammolarning ko’pgina qismi o’z echimini topmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 avgustdagi 242-sonli “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakaasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” gi va 2012 yil 26 sentyabrdagi, “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida“gi 278-sonli qarorlariga asosan oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bugungi kunda tizimli ravishda yo’lga qo’yilgan bo’lib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling