Mundarija: kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy asoslari


-rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining tarkibiy qismlari


Download 85.22 Kb.
bet4/13
Sana13.11.2023
Hajmi85.22 Kb.
#1769754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mundarija kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy-fayllar.org

2-rasm.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining tarkibiy qismlari

Iqtisodiyotda globallashuvning o‘ziga xos xususiyati avtonom va integratsiyalashuv jarayonlarining birlashuvidir, deb belgilangan. Bu “Naisbitt paradoksi”da o‘z aksini topgan: “Iqtisodiyotning globallashuv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning eng kichik ishtirokchilari shunchalik kuchli bo‘ladi4”. J.Naisbitt bu fikri bilan bir tomondan siyosiy mustaqillik va o‘z-o‘zini boshqarish harakatini qayd qilgan.


Binobarin, globallashuv paradoksi jamiyatning ichki aloqalari qanchalik boy va mustahkam bo‘lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mustahkamlanish darajasi shunchalik yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Uning ichki resurslari qanchalik to‘liq amalga oshirilsa, integratsion aloqalarning afzalliklaridan shunchalik muvaffaqiyatli foydalana oladi va jahon bozori sharoitlariga shunchalik oson moslashadi.
Zamonaviy globallashuv jarayonlari, birinchi navbatda, sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida rivojlangan bo‘lib, keyingi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlarni qamrab oladi. Ushbu jarayon birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlaydi va ularga qo‘shimcha afzalliklar beradi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon iqtisodiy maydonini o‘zgartirish, uni yagona hududga aylantirish, tovarlar (xizmatlar), axborot va kapitalning cheklanmagan harakatini yo‘lga qo‘yish jarayonida o‘z ifodasini topadi. Bu hududda g‘oyalarni tarqatish va ommaviy axborot vositalarini ko‘chirish ham oson bo‘lib, tegishli institutsional sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tizimlarini o‘rnatishga va bu orqali ayrim sub’ektlar rivojlanishiga yordam beradi.
Shu tariqa xalqaro miqyosda madaniy, axborot, huquqiy va iqtisodiy jihatdan yagona hududning paydo bo‘lishi jahon tizimlarining globallashuvi natijasidir. Boshqacha aytganda, globallashuv hodisasi iqtisodiy soha bilan cheklanmaydi, balki jamiyatning barcha asosiy sohalari – mafkura, madaniyat va siyosatga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shak-shubhasiz, bu hodisa yangi asr jahon iqtisodiyotida yuqori mavqega ega bo‘lib, u globallashuvga moslashgan siyosat va iqtisodiyotda yangilangan jahon munosabatlari tizimining shakllanishidan iborat.




    1. Download 85.22 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling