Mundarija: kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy asoslari
Download 85.22 Kb.
|
Mundarija kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. MAMLAKATLARI O`RTASIDA GLOBALIZATSIYA ASOSIY YO’NALISHLARI TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI..25
- XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………………39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………41 KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
Mundarija: kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy asoslari MUNDARIJA: KIRISH ……………………………………………………………………………3 1-BOB. JAHON XO`JALIGI GLOBALLASHUVINING NAZARIY ASOSLARI………………………………………………………………………..5 1.1. Globallashuv tushunchasining mohiyati va rivojlanish evolyutsiyasi…………5 1.2. Jаhоn iqtisоdiyoti glоbаllаshuvining hаrаkаtlаntiruvchi kuchlаri vа оmillаri……………………………………………………………………………11 1.3. Jаhоn iqtisоdiyotini glоbаllаshuv muаmmоlаri vа ulаrning guruhlаnish……17 2-BOB. MAMLAKATLARI O`RTASIDA GLOBALIZATSIYA ASOSIY YO’NALISHLARI TAHLILI VA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI..25 2.1. Mamlakatlari o`rtasida globalizatsiya asosiy yo’nalishlari tahlili……………25 2.2. Dunyo mamlakatlari o`rtasida globalizatsiya asosiy yo’nalishlari rivojlantirish mexanizmlari……………………………………………………………………..33 XULOSA VA TAKLIFLAR……………………………………………………39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………41 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. XX asrning oxirgi choragi jahon iqtisodiyoti o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga o‘tishi boshlanganligi bilan tavsiflanadi. Bu yangi bosqich oldingi rivojlanish boshqichlaridan tubdan farq qiladi. Dunyo mamlakatlari va xalqlarining o‘sib borayotgan o‘zaro bog‘liqligi, ularning rivojlanish darajasi, madaniyat, tarixiy an’analardagi barcha farqlarga qaramay, shunday bosqichga o‘tdiki, bu bosqichni “globallashuv” deb atamoqdalar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan imzolangan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida” mamlakatimizni globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda faol ishtirokchi sifatida qatnashish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi1. XXI asr boshi jahon iqtisodiyotida tub transformatsiya jarayonlarining bosqichma-bosqich tugallanishi - iqtisodiy rivojlanishning global modeli shakllanishi bilan belgilandi. Xalqaro iqtisodiy tizimning tarkibiy qismlari toboro mustahkamlanib, eng so‘nggi ichki yaxlitlik, uyg‘unlikni vujudga keltirmoqda. Iqtisodiy faoliyatning innovatsion strategiyalari va global iqtisodiy rivojlanishning asosiy tendensiyalari ta’siri natijasida zamonaviy jahon iqtisodiy rivojlanishining asosiy tendensiyasi quyidagilarni nazarda tutadi: 1) Milliy iqtisodiyotni transnatsionalizatsiya qilish va ularning o‘zaro bog‘liqligini chuqurlashtirish; 2) Mintaqaviy va subregional integratsiya jarayonlarini yanada mustahkamlash; 3) Jahon iqtisodiyotining ijtimoiylashuvi; 4) Iqtisodiy faoliyatning global institutsional muhitini shakllantirish. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan baholaydigan bo‘lsak, u jahon xo‘jaligining barcha hududlari va jabhalarini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tarkib topishi va rivojlanishini anglatadi. Globallashuv jarayonlarining kengayishi jahon mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib keladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko‘rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi va kengayishi, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga ko‘tarilishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro‘y beradi. Jahon miqyosida globallashuv va raqobat kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olishimiz, egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora o‘sib borayotgan hayot talablariga mos hamda javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamnafas bo‘lishimiz zarur. Chunki ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozni oldindan ko‘rish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o‘ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo‘lgan mamlakatgina pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi. Download 85.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling