Mundarija: kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy asoslari
Jаhоn iqtisоdiyotini glоbаllаshuv muаmmоlаri vа ulаrning guruhlаnish
Download 85.22 Kb.
|
Mundarija kirish bob. Jahon xo`jaligi globallashuvining nazariy-fayllar.org
Jаhоn iqtisоdiyotini glоbаllаshuv muаmmоlаri vа ulаrning guruhlаnish.
Bugungi kunda global muammolar jahon miqyosida turli tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilmoqda. Global muammolarni xususiyatlari bo‘yicha guruhlarga ajratish muammolarni turli mamlakatlar kesimida umumlashtirish va ularni bartaraf etish bo‘yicha yo‘nalishlarni aniq belgilash imkonini beradi. Mutaxassislar tomonidan global muammolar “to‘plami” turlicha belgilanadi. Ushbu muammolar ro‘yxati turli adabiyotlarda turlicha belgilanib, 2500 tagacha yetishi mumkin.
Insoniyatning asosiy ijtimoiy munosabatlari bilan bog‘liq muammolar (global yadroviy falokatning oldini olish, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalaridagi farqni qisqartirish va boshqalar); Inson va atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq muammolar (ekologik, energiya, xomashyo va oziq-ovqat, kosmik tadqiqotlar va boshqalar); Insonlar va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarga qaratilgan muammolar (ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish, xavfli kasalliklarni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, savodsizlikni bartaraf etish va boshqalar). Global muammolarning nisbatan to‘liq tipologiyasi B.N.Savchenko tomonidan taklif etiladi. Ushbu tipologiya muammolarning 5 ta asosiy xususiyati – xavfsizlik, taraqqiyot, borliqning tabiiy asoslarini saqlash, adolat va turli madaniyatlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunishga asoslanadi. Insoniyatning global muammolariga xos xususiyatlarini aniqlash va ularni boshqa muammolardan, hatto sayyoraviy tabiatdan ajratishga ham urinishlar mavjud: yagona davlat yoki mamlakatlar chegarasidan tashqariga chiqadigan global namoyon bo‘lish ko‘lami; alomatlarning jiddiyligi; murakkab tabiat: barcha muammolar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan; barcha mamlakatlar va xalqlar uchun tushunarli va dolzarb bo‘lgan umumbashariy mohiyat; insoniyat kelajagi taraqqiyotining borishini ma’lum jihatlarda aniqlash qobiliyati; global muammolarni faqat butunjahon hamjamiyati, barcha mamlakatlar va etnik guruhlarning sa’y-harakatlari orqali hal qilish mumkinligi. Akademiklar V.V.Zagladin va I.T.Frolovlar tomonidan global muammolar uchta guruhga ajratilgan: “Intersotsial”, ya’ni eng umumiy va dolzarb muammolar: urush xavfining oldini olish va tinchlikni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish. “Jamiyat va tabiat” munosabatlari tizimida yuzaga keladigan muammolar: ekologik; energetika; s) xomashyo; dunyo okeanini rivojlantirish; kosmik tadqiqotlar. “Inson-jamiyat” tizimida yuzaga keladigan muammolar: aholi o‘sishini nazorat qilish; sog‘liqni saqlash masalalari; v) ta’lim masalalari va boshqalar. Shu bilan birga, oziq-ovqat muammosi kabi ayrim muammolar har uchala guruhga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lganligi sababli, guruhlardan biriga aniq bir tarzda bog‘lana olmasligi ta’kidlanadi7. Global muammolar tadqiqotchisi N.G.Apuxtina global muammolarni hal qilishning dolzarbligi ustuvorligiga asoslangan turlicha mazmunga ega bo‘lgan to‘rtta muammo guruhini ajratib ko‘rsatadi: eng asosiy, o‘tkir va ko‘p vektorli muammo: uchinchi jahon urushining oldini olish. Insoniyatning mavjudligi va boshqa global muammolarni hal qilishning muvaffaqiyati bu muammoning hal etilishiga bog‘liq. insoniyat kelajagi bilan bog‘liq va ularni amalga oshirishda katta moddiy, insoniy va ilmiy-texnik xarajatlarni talab qiluvchi ikki muammo: dunyo okeanlari va tashqi makon taraqqiyoti. Ushbu muammolarning dolzarbligi an’anaviy energiya va ovqatlanish manbalarining tugashi bilan bog‘liq. inson va jamiyatning tabiatga noto‘g‘ri munosabatlari bilan bog‘liq muammolar: ekologik; oziq-ovqat; s) energetika; d) xomashyo. jamiyat ichidagi munosabatlarning nomukammalligi, jamiyat va insonning mohiyati, tabiati, mazmuni va maqsadini tor va yuzaki tushunish bilan bog‘liq muammolar: mintaqalar, mamlakatlar va xalqlarning notekis rivojlanishini bartaraf etish muammosi; demografik muammo; s) inson biologik salomatligini saqlash va mustahkamlash; d) madaniyatni asrash va rivojlantirish muammosi – inson va uning asosiy kuchlarining ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar. Professor Yu.Gladkiy tomonidan taklif qilingan global muammolarni ularning umumiy xususiyatlari asosidagi tasnifi ham o‘ziga xosdir44: Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xarakterdagi umumbashariy muammolar. Tabiiy va iqtisodiy xarakterdagi muammolar. Ijtimoiy xarakterdagi muammolar. Hal qilinmasligi hayotning ommaviy yo‘qolishiga olib keladigan aralash xususiyatli muammolar. Ilmiy xarakterdagi muammolar. Aralash xarakterdagi “kichik” muammolar. Tabiiyki, birinchi guruhdagi umumbashariy muammolar ro‘yxati yadroviy urushning oldini olish va sayyoramizdagi tinchlikni asrash muammosidan boshlanadi. Birinchi guruhga davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlashgina emas, balki insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan dunyo barqaror rivojlanishining global muammosi ham kiradi. Bu muammo dolzarb muammolardan biri bo‘lgan va faqat dunyoning barcha davlatlari hamkorligi orqali hal qilinishi mumkin bo‘lgan kam rivojlangan mamlakatlarning qoloqligini bartaraf etish muammosi bilan adashtirmaslik kerak. Jahon hamjamiyatini tashkil etish va boshqarish darajasini oshirish ham umumbashariy xarakterdagi eng muhim muammolardan biridir. Ikkinchi guruh asosan tabiiy va iqtisodiy xarakterdagi muammolardan iborat bo‘lib, ular ko‘pincha globallashuv jarayoni bilan bog‘liq. Ularning har biri yer yuzidagi hayotning tabiiy asoslariga bevosita bog‘liq bo‘lib, sivilizatsiyaga katta xavf tug‘diradi. Jahon fanida ekotizim muvozanatlari uchun halokatli bo‘lgan yer biosferasiga antropogen ta’sirning misli ko‘rilmagan darajadagi jadalligiga uzluksiz urg‘u berilmoqda. Global energetika muammosining o‘zagini uglevodorodlarning, birinchi navbatda, neft va gazning cheklangan tabiiy zahiralari tashkil etadi, tez sur’atlarda rivojlanayotgan iqtisodiyot esa energiya sarfini oshirishni talab qiladi. Bunday sharoitda insoniyat o‘tish davriga – organik resurslarga asoslangan energiyadan- energiyaga deyarli bitmas-tuganmas asosiga tayanishga majbur (yadro energiyasi, quyosh energiyasi va boshqalar). Bu davr inson faoliyatining barcha sohalarida energiya tejaydigan texnologiya va har tomonlama energiya tejamkorligining rivojlanishi bilan ham ajralib turadi. Energetika sohasi global xomashyo muammosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, mineral xomashyoga bo‘lgan talabning tobora ortib borishi va uning ko‘plab turlarining tugab borishi bilan bog‘liq. Mineral resurslar hajmi deyarli o‘zgarmasdir va agar ularning cheksiz o‘sib borayotgan iste’moli davom etsa, ular yaqin kelajakda tugab qoladi, bu esa insoniyatni o‘ta murakkab vaziyatga soladi. Jahon bo‘yicha 1 milliard atrofidagi insonlarning ommaviy ochligi va to‘yib ovqatlanmasligi e’tiborga olinadigan bo‘lsa, global oziq-ovqat muammosi ham bugungi kundagi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Uchinchi guruhga insoniyatning bugungi kuni va kelajagi uchun “ijtimoiy bomba” hisoblanuvchi demografik, millatlararo munosabatlar, “ruh ekologiyasi” (ommaviy madaniyat, axloq, oila inqirozi), demokratiyaning cheklanishi, sog‘liqni saqlash singari ijtimoiy xarakterdagi muammolar kiradi. Beshinchi guruhda sof ilmiy muammolar - kosmik tadqiqotlar, Yerning ichki tuzilishini tadqiq qilish, uzoq muddatli iqlimni prognoz qilish va boshqalar kiradi. Ushbu muammolarning hal etilmasligi insoniyatga katta tahdid solmaydi. Chunki bu muammolarning hal etilishi zarur bo‘lgan holatlarning keskinligini ma’lum darajada yumshatadi xolos. Oltinchi guruhdagi global muammolarga jahonning barcha hudud va mintaqalariga xos va to‘liq bartaraf etilish imkoniyati kam bo‘lgan byurokratiya, korrupsiya, egotsentrizm kabi kichik muammolar birlashtirilgan. Globallashuv muammolari tasniflarini nazariy jihatdan o‘rgangan holda bugungi taraqqiyot davri uchun global muammolarni umumlashtirish asosida quyidagi guruhlarga umumlashtirish maqsadga muvofiq (5-rasm). Download 85.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling