Мундарижа kirish bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik rivojlantirish metodologiyasining nazariy asoslari
Download 44.67 Kb.
|
Maxmudova Gulrux
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB MATEMATIK TASAVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING UMUMIY MASALALARI
- XULOSA…………………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI…………………………….. KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
Mavzu: Matematikaga o`rgatishning zamonaviy metodlardan foydalanish samaradorligi МУНДАРИЖА KIRISH…………………………………………………………………….. 1-BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MATEMATIK RIVOJLANTIRISH METODOLOGIYASINING NAZARIY ASOSLARI 1.1. Matematikaning paydo bo'lishi va uning fan sifatida rivojlanishi…………… 1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik rivojlantirish metodologiyasining shakllanishi, hozirgi holati va istiqbollari…………………………………………. II BOB MATEMATIK TASAVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING UMUMIY MASALALARI 2.1. Bolalarda maktabgacha ta‘limda elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish metodlarining xususiyatlari va o'qitish usullari………………………………………. 2.2. Matematikagan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda o'qitish metodlari………………………………………………………………………………. XULOSA…………………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI…………………………….. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatda yosh avlodni yetuk kadrlar etib tarbiyalash masalalariga doimiy e'tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi. 1 Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Tarbiyalashga oid ish tajribalarini o‘rganmay va umumlashtirmay, pedagogik jarayonni chuqur tadqiq qilmay turib, metodikani rivojlantirib bo`maydi. Hozirgi ta’lim-tarbiya pedagogikani ilmiy bilishning umumiy metodi bilan uzviy, ammo boshqa har qanday fan kabi pedagogika fanining ham o‘ziga hos xususiy tadqiqot metodlari mavjud. Ilmiy tadqiqot metodlari — bu qonuniy bogManishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o ‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlami olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, bog‘cha hujjatlari bilan tanishish, o ‘rganish, bolalarning ishlarini o ‘rganish, suhbat va so‘rovnom alar o ‘tkazish ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi. So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek, modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd qilinmoqda. 171 Bog‘chada m atematikadan mashg‘ulot o ‘tkazish metodikasida butun pedagogik tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlarning o ‘zidan foydalaniladi. Download 44.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling