Mundarija Kirish Bob. Mavzuga doir adabiyotlar taxlili


Download 118.65 Kb.
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi118.65 Kb.
#1446948
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tayyor




Mundarija
Kirish

  1. Bob. Mavzuga doir adabiyotlar taxlili

    1. Og„zaki va yozma nutqning psixofiziologik mexanizmlari

    2. Maxsus yordamchi maktabda savod о„rgatish usullari

  2. Bob. Savodga о‘rgatish darsining korreksion vazifalari

    1. Maxsus yordamchi maktabda savod о„rgatish ishlariga qо„yilgan talablar

    2. Intellektida nuqsoni bо„lgan bolalarni savodga о„rgatish ishlari samaradorligini oshirish yо„l va usullari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati.
Kirish
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yangilanayotgan jamiyatda insonparvarlik tamoyillariga e‟tibor kuchaytirildi. Mamlakat fuqarolari hayotini faravonlashtirish, ular sog„lig„iga har tomonlama g„amxо„rlik qilish, jumladan yosh avlod orasida nogironlikning oldini olish va ularni tibbiy-pedagogik reabilitatsiya qilish, davlat siyosatining muxim yо„nalishlaridan biri sanaladi.
Ayniqsa, nogironlarni jamiyatning teng huquqli a‟zolari sifatida tarbiyalash, ularni jamiyatga integratsiyalashuvi, ta‟lim tizimidagi muxim vazifalardandir. Binobarin, Respublikamizda qabul qilingan “Ta‟lim tо„g„risida”gi Qonunning 23-moddasida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarni о„qitish hamda davolash uchun ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarini tashkil etish ta‟kidlab о„tiladi.
Ma‟lumki xayotning barcha soxalarida yaratilgan ijtimoiy tajribalar inson uchun vosita quroli bо„lgan til orqali о„rganiladi. Xar bir millat uchun ona tili muxim ijtimoiy ruxiy xodisadir. Uni о„rgatish ham maktabning, xam jamiyatning vazifasidir. Ona tilida о„qish va yozishga о„rgatish ishlari savod о„rgatishdan boshlanadi.
Jamiyatda u yoki bu sabablar oqibatida jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bо„lgan bolalarni, shu jumladan intellektida nuqsoni bо„lgan bolalarni xam mustaqil xayot kechirishga о„rgatish, atrofdagilar bilan bо„lgan og„zaki xamda yozma nutq orqali muloqatga extiyojini qondirish maxsus ta‟limning bugungi muxim vazifalaridan biridir.
"Ta‟lim tо„g„risida"gi Qonunni xayotga tatbiq etishga yunaltirilgan kо„pgina xujjatlar: "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Sog„lom avlod", «Ta‟lim xamma uchun» kabi va boshqa Davlat dasturlari va xujjatlarida barcha toifadagi aloxida yordamga muxtoj kishilarga xayotda о„z о„rnini topib ketishga yordam berish masalalari muxim о„rin egallagan.
Mustaqillikka erishgan xozirgi davrning muxim xususiyatlaridan biri, bozor munosabatlari shakllanayotgan mazkur jarayonga mos keladigan, yangicha fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashdan iborat. I.A.Karimov ta‟kidlaganidek, "fikrlash, ishlash va yashash madaniyatiga ega bulgan mustaqil shaxsni voyaga yetkazishimiz zarur". "Biz sog„lom avlodni voyaga yetkazishimiz lozim. Sog„lom kishi deganda nafaqat jismoniy sog„liqni, balki sharqona urf-odat, ahloq-odob, umumbashariy, ma‟naviy-ma‟rifiy g„oyalari ruxida tarbiyalangan, kamol topgan shaxsni tushunamiz. Oila, jamiyat va davlat oldidagi mas‟uliyatni chuqur anglaydigan yetuk shaxsni tarbiyalash xamda axloqiy pok, jismonan baquvvat Vatan tuyg„usi bilan sug„oriladigan fidoiy inson, izlanuvchan, tashabbuskor avlodni о„qitish va tarbiyalash О„zbekiston Respublikasi xalq ta‟limining bosh maqsadlaridan biridir."
О„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim tо„g„risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida bolalarga ta‟lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog„lom, xar tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va uzluksiz ta‟lim tizimiing keyingi bosqichida ta‟lim olishga yoki bir kasb egasi sitfatida xayotda о„z о„rnini topib ketishiga yordam berishdan iborat.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yangi - 2014 yilni
mamlakatimizda “Sog‘lom bola yili” deb e’lon qilindi.
Sog‘lom avlod tarbiyasi juda murakkab jarayon, xuddi shu bois har bir inson, har bir oila, jamiyatdan jiddiy e’tibor va uzluksiz mehnat qilishni talab qiladi. «Sog’lom bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifalari va yo’nalishlari belgilandi.
«Sog’lom bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari hamda uning bajarilishi to’g’risida keng axborot-tushuntirish ishlari olib borilishini tashkil etish, bunda ommaviy axborot vositalarining, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarining va Internet tarmog’ining imkoniyatlarini faol ishga tushirish.
Dastur yetti bo‘lim va 125 banddan iborat bo‘lib, unda bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan.
О„zbekiston Respublikasining uzluksiz ta‟lim tizimida jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bulgan imkoniyatlari cheklangan aloxida yordamga muxtoj bolalar xam ta‟lim-tarbiya oladilar.
Aloxida yordamga muxtoj, imkoniyatlari cheklangan bolalar toifalariga oligofreniyaning yengil, о„rta, og„ir va о„ta og„ir darajasidagi bolalar kiradi. Ularning bilish faoliyati, intellekti, nutqining fonematik, leksik va grammatik tomonida ma‟lum kamchiliklar kuzatiladi. Natijada 6-7 yoshga yetganda ular savod о„zlashtirishga tayyor bо„lmaydilar. Umumta‟lim maktabning boshlang„ich sinfida bunday bolalar ulgurmovchi bolalar orasiga qо„shilib qoladi. Amaliyot shuni kо„rsatmoqdaki, intellektida nuqsoni bо„lgan bolalarni maxsus mexnat ta‟limi maktablarida yoki sog„lom tengdoshlari orasida inklyuziv о„qitish va tarbiyalash maqsadga muvofiqdir. Meyorda rivojlangan sog„lom bola 6-7 yoshda maktabgacha tarbiya muassasalarida ta‟lim-tarbiya olib, umumta‟lim maktabining birinchi sinfida savod о„zlashtirishga tayyor bо„ladi. Birok intellektida nuqsoni bor bolalar bu yoshda xali xam savod о„zlashtirishga tayyor bо„lmaydilar. Respublikada “Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishda ta‟lim-tarbiya jarayonini mazmunini takomillashtirish talab etilmoqda. Buning uchun amaldagi murakkab masalalar bо„yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu talablardan kelib chiqqan xolda biz «Savodga о„rgatish darsining korreksion vazifalari» mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishimizni dolzarb deb xisoblaymiz.
Mehnat ta‟limi maktabida aqlan zaif bolalarga savod о„rgatish ishlari yaxshi yulga qо„yilgan bо„lsada, bu borada hali ham kо„pgina qiyinchiliklar kuzatilmoqda. Bolalarni savod о„rgatishga tayyorlash va savod о„rgatish masalalariga bag„ishlangan tadqiqotlar, ilmiy va metodik adabiyotlar talaygina.
Jumladan ushbu masala Abdullayeva K., G„ulomova X.,G„offorova K., Kosimova K. [15], Muminova L.R. [21], Nurkeldiyeva D.A. , Raxmanova V.S. [23], Sodiqova G.A., Sagatov M.I., Pulatova F.M. [24], , Pulatova X.M., Xamidova M. va boshqa olimlarimiz tomonidan chuqur о„rganilgan va uning yechimi uchun kо„pgina tadqiqot ishlarini bajarganlar. 1

1 Kosimova K. Boshlang„ich sinflarda ona tili о„qitish metodikasi.-T.,1985 Muminova L.R.,Shomaxmudova R.SH. Imkoniyati cheklangan bolalarni individual-korreksion rivojlantirish dasturining metodik asoslari-T., 2007 Raxmanova V.S. Ona tili о„qitish maxsus metodikasi Moliya-iqtisod, T.,2007 G„ulomova X.,G„afforova T. “Alifbe” darsligi-T.,2004 Pulatova F. M. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika).- T, 2007 62. Mо„minova L.R., Chicherina Y.YE., Nurkeldiyeva D.A. i dr. Diagnostika psixofizicheskogo razvitiya detey pervix trex let jizni. Metodicheskoye posobiye. RS SAD, T., 2008, 6,5 p.l. 65. Sodiqova G.A «Vospitaniya vinoslivosti umstvenno otstalix podrostkov v protsesse vneklassnoy raboti- aftoreferat kandidatskiy dissertatsii – Moskva 1992 g.
Intellektida nuqsoni bо„lgan bolalar savodni katta qiyinchiliklar bilan uzlashtiradilar. Bu qiyinchiliklar bolaning bilish faoliyatining turg„un buzilganligi, zaifligi, og„zaki nutqni tо„liq shakllanmaganligi natijasidir.
Chet el olimlarining ilmiy ishlarida intellektida nuqsoni bо„lgan о„quvchilarning bilish faoliyatidagi kamchiliklari xar tomonlama, keng tarzda о„rganilgan. Olimlardan V.G.Petrova, Pravdina O.V., V.V.Voronkova,
A.K. Aksyonova, YO.I.Yefimenkova, V.A.Lubovskiy, B.I.Pinskiy, M.S.Pevzner va boshqalar, turli sabablarga kо„ra intellektida nuqsoni bо„lgan bolalarning bilim olish qobiliyati sust ekanligini ta‟kidlab, maktabgacha tarbiya muassasalari va maktabda ishlash jarayonida ushbu bolalarning psixologik xususiyatlarini xisobga olish muximligini asoslab berdilar. Ayniqsa bolalarning nutqiy rivojlanishidagi orqada qolish savod о„rgatish ishlarini qiyinlashtirib quyadi.
Barcha turdagi muassasalarda savod о„rgatish ishlari alifbegacha davr, alifbe davri va alifbedan keyingi davrga bulib tashkil etiladi. Xar bir davrda ma‟lum qiyinchiliklar kuzatiladi. Adabiyotlar taxlili shuni kо„rsatadiki, savod о„rgatish davrida kuzatiladigan qiyinchiliklarni kо„pi og„zaki nutqni yaxshi rivojlanmaganligidan va nutqni idrok etish qobiliyati, ya‟ni fonematik eshitishning yaxshi rivojlanganligidan kuzatilar ekan. Rus tilidagi adabiyotlarda savod о„rgatishga tayyorlash va savod о„rgatish masalalariga bag„ishlangan ishlar talaygina. Ular kuproq boshlang„ich maktablarda ta‟lim jarayonida ishlatiladi.

Download 118.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling