Mundarija Kirish Bob. Mavzuga doir adabiyotlar taxlili
Maxsus yordamchi maktabda savod о‘rgatish usullari
Download 118.65 Kb.
|
tayyor
1.2. Maxsus yordamchi maktabda savod о‘rgatish usullari
Ta‟lim amaliyotida yangi atamalarning qо„llanilayotganligi pedagogika fanlari taraqqiyotining zamonaviy bosqichini aks ettiruvchi muhim jihatlardan biri. Bu о„z navbatida ta‟lim soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlar xamda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish bilan izohlanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bо„yicha uzliksiz ta‟lim jarayonida pedagogika fanining davr talabi asosida yangilanib borishi faqatgina ijobiy mazmun kasb etadi. Ta‟kidlash joizki, isloxotlar jarayonida о„ziga xos ziddiyatlar, baxs va munozaralarning yuzaga kelishi tabiiy hodisa sanaladi. Hozirda yangi usul va tushunchalar pedagogika nazariyasi va amaliyotiga faol tatbiq etib borilmoqda. Ayni о„rinda bu borada erishilgan ijobiy natijalar bilan birga ba‟zi chalkashliklar ham yuzaga kelganligini qayd etish joiz. Xususan, aksariyat uslubchi va amaliyotchi о„qituvchilarda noan‟naviy tarzda tashkil etilgan dars jarayonida qо„llanilgan usul yoki uslublarni «yangi inovatsion texnologiya asosidagi dars» sifatida baxolashga nisbatan moyillik yuzaga kelmoqda. О„qituvchilar orasida «Aqliy xujum», »Muzyorar», «Klaster», “Yelpig„ich», «Daraxt» kabi interfaol usullar keng tarqalgan bо„lib, ular asosida tashkil etilgan darsni esa yangi inovatsion pedagogik texnologiya sifatida targ„ib qilish xollari kо„zga tashlanmoqda. Aslida pedagogik texnologiya faqatgina uslubni yangilash bilan izoxlanmaydi. Bu ikki tuchunchani о„zaro tenglashtirish yoki qarama-qarshi qо„yishga oid fikrlar mavjudligi ularning moxiyatini tо„laqonli talqin qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. An‟anaviy yondoshuvga kо„ra texnologiya xomashyo yoki materialga ishlov berish, tayyorlash, shuningdek uning xolati, xossalari va shaklini о„zgartirishga qaratilgan uslublar majmuasi sifatida e‟tirof etiladi. Chunonchi, maxsus yordamchi maktabda darslarda о„quvchilar muayyan buyumni tayyorlash jarayonining texnologik xaritasini ishlab chiqadilar. Mazkur texnololgik xaritada buyum tayyorlash uchun xom ashyoning tanlanishidan, uni pardozlashgacha bо„lgan barcha jarayonlar moxiyati bosqichmabosqich aks ettiriladi. Faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bо„lgan asbobuskuna xamda moslamalar qayd etiladi. Demak, ishlab chiqarish jarayonlarini texnologiyalashtirish uchun uning qonuniyatlarini chuqur bilish va insonlarga xos xislatlar ta‟sirini kamaytirish talab etiladi. Zero, buyum yasash jarayonining texnologik xaritasini tо„g„ri tuzish barcha о„quvchilar uchun bir xil darajada nazariy bilim, amaliy kо„nikma va malakalarga ega bо„lishlari talab etiladi. Xususiy uslubiyat vazifasi nazariy xulosalarni aniq tatbiqiy shaklga keltirishdan iborat. О„qitish texnologiyasi ta‟lim jarayonining о„zaro bog„liq barcha qismlarini tashkiliy jixatdan tartibga keltirish, ularni bosqichlarga ajratish, amalga oshirish sharoitlarini belgilab berish, uni rо„yobga chiqarishning mavjud imkoniyatlari bilan qiyoslashga xizmat qiladi. Xar qanday jarayonni texnologiyalashtirishdan kо„zlangan asosiy maqsad oldindan loyixalangan namunaga mos bо„lgan natijani (maxsulotni) olish. Mexnat ta‟limi maktabida xam savod о„rgatish ishlari boshlang„ich maktabda ishlatiladigan an‟naviy analiz-sintez tovush usuli bilan amalga oshiriladi. Savod о„rgatish usullarining ilmiy asoslarini pedagogik, psixologik va lingvistik fanlar tashkil etadi Shunday qilib, yangi inovatsion texnologiya ta‟lim nazariyasi yoki uslubiyati bilan о„rin almashmaydi, balki ularning asosiga quriladi. Fan taraqqiyoti bosqichida xususiy uslubiyatlar mustaqil ilmiy soxa sifatida shakllanib, ularning о„z nariy konsepsiyalari shakllanmoqda, kо„plab xususiyatlari ilmiy jixatdan tadqiq qilinib, yangi tadbiqiy soxalar yuzaga kelmoqda. Bu esa о„z navbatida fanlarni о„qitish jarayonini texnologiyalashtirish uchun mustaxkam asos yaratadi. Turli fanlarni о„qitishning xususiy maxsus uslubiyatlarida tuchunchalarni shakllantirishning asoslari yetarlicha tadqiq qilingan, shakllanish bosqichlari (tuchunchani kiritish motivatsiyasi, uning о„ziga xos jixatlarini aniqlash, о„zlashtirilgan tuchunchani oldingilari bilan bog„lash va amalda qо„llash) belgilab olingan. Har bir bosqichga muvofiq xarakatlar mazmuni shakllantirilgan. Mazkur xarakatlarni о„zlashtirishga qaratilgan mashqlar turlari ishlab chiqilgan. Ta‟limni texologiyalashtirish doimo amalga oshirib kelingan. Biroq uning darajasi odatda о„z davridagi uslublar rivojlanish darajasiga muvofiq bо„lgan. Ilgaridan qо„llanilib kelingan xolatlar, ya‟ni mavzularning rejalashtirilishi, dars maqsadi va bu maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi vositalar, nazorat meteriallarini belgilash asosida mashg„ulotlar rejasining ishlab chiqilishi о„quv jarayonini texnologiyalashtirishning ayrim kо„rinishlari xisoblanadi. Ta‟limtarbiya jarayoni muvaffaqiyati о„z navbatida texnologiyalar rivojini ta‟minlab beradi. Xulosa qilib aytganda, yangi inovatsion pedagogik texnologiya va ta‟lim uslubiyati turli xil darajalarni ifodalaydi. Bu darajalar bir-birini inkor qilmaydi, balki ularning rivojlanishini taqozo etadi. Yangi inovatsion pedagogik texnologiyalar о„qitish jarayonini samarali tartibda amalga oshirish, boshqarish, kо„zlangan maqsad asosidagi natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi. Didaktika va xususiy metodikalar pedagogik texnologiyaning poydevoridir. Oligofrenopedagogika, oligofrenopsixologiya, yordamchi maktabda ona tili о„qitish metodikasi fanlarida intellektida nuqsoni bо„lgan bolalarga ta‟lim-tarbiya berish, savodga о„rgatish ishlari ushbu toifadagi bolalarning rivojlanishidagi о„ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda amalga oshirilishi lozimligi bir necha bor ta‟qidlangan. Nutq va tafakkur, fikrlash qobiliyati - insonning eng muxim fazilatlaridan biridir. Inson nutq vositasida о„zaro aloqa bog„laydi va fikrlaydi. Turli tovushlarning ma‟lum tartibda birgalashib, payvasta bо„lib qо„shilishidan yuzaga keladigan ma‟noli nutq muayyan organlarning faoliyati natijasida paydo bо„ladi. Nutq jarayonida markaz, periferik bо„lim va о„tkazuvchi yullar ishtirok etadi. Shularning birida qandaydir patologik о„zgarishlar nutqning kechikib, notо„g„ri rivojlanishiga sabab bо„ladi. Bolalar nutqining atoqli tadqiqotchisi A.N.Gvozdev ta‟kidlaganidek, «Tovushli nutqni о„zlashtirishning umumiy jarayoni eshitish va motor soxalarning birgalikdagi harakati bilan belgilanadi. Eshitish sohasi shu jixatdan yetakchidirki, bola eshitish qobiliyati barvaqt о„sib borishi tufayli xilma xil fonematik elementlarni birinchi marta eshitishi orqali tafovut etishga о„rganadi; fonematik elementlarning aniq eshitish tasavvurlari ularni tо„g„ri talaffuz qilishni о„rganish uchun yetakchi bо„lib qoladi. Ammo bola intellektida fonematik elementlarni vujudga kelishi uchun eshitish tasavvurlaridan tashqari artikulyatsiya, talaffuz malakalari xam bо„lishi zarur. Bu malakalar kechroq vujudga keladi va ular xosil bо„lishi bilan bola intellektidagi tovushlar talaffuzi yaxshilanib boradi. Bolaning passiv lug„ati aktiv lug„atiga nisbatan ancha jadal rivojlanadi. Sog„lom bola taxminan 1-2 yoshga tо„lganda gapira boshlaydi, uning tili chiqadi. Besh yoshga tо„lgan bolaning butun nutq sistemasi shakllanib, u о„z kо„rgan va eshitganlarini, xohishini nutq orqali tо„liq ifoda eta oladi. Yetti yoshga tо„lganda bolani maktabga berish mumkin, chunki bu yoshda bola yozma nutq malakalarini о„zlashtirishga tayyor. Uning og„zaki bog„langan nutqi tо„liq shakllanib, yozma nutqni, savodni о„zlashtirishi uchun zarur bо„lgan barcha analizatorlarning faoliyati ham yaxshi yо„lga qо„yilgan bо„ladi. Savod о„rgatish yо„l va usullarini belgilashda nutqni xosil bо„lish mexanizmlari xar tomonlama о„rganilib, taxlil qilinishi maqsadga muvofiqdir. Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri uning sо„zlash qobiliyatiga egaligidir. Biror tilda tovushlarning turlicha kо„rinishi kishining nutq organlari faoliyati natijasida paydo bо„ladi. Nutq organlarining jami nutq apparati deyiladi. Nutq apparati markaziy va periferik bо„limlardan iborat. Nutq apparatining markaziy bо„limiga bosh miya pо„stlog„i, pо„stloq osti va о„tkazuvchi nervlar kiritiladi. Olimlardan R.YE.Levina, G.V..Chirkina, G.A.Kashe, L.A.Volkova, K.K.Omirbekova, R.A.Ayazbekova, M.S. Penzver, V.G.Petrova, S.Y. Rubinshtey, S.N.Shaxovskaya, A.V.Yastrebova. O.V.Pravdinalarning ta‟kidlashicha, bolalarning о„ziga xos qobiliyati ularning nutqiy rivojlanishiga, idrokiga ta‟sir kо„rsatib, savod о„zlashtirishiga, ta‟limiga xam yondoshganda ushbu xususiyatlarini inobatga olib, ular bilan korreksion, rivojlantiruvchi ta‟limni tо„g„ri tashkil etish muxim axamiyatga ega. Kichik maktab yeshidagi va maktabgacha yeshdagi bolalar nutkini shakillantirish metodlari F.A.Rau, F.F. Rau, R.YE. Levina, A.G.Ippalitova, G.A. Kashe, G.V. Chirkina, O. N. Usanova, O.V. Pravdina va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Og„zaki va yozma nutqdagi kamchiliklar milliy tilda Z.G.Gabashvili, A.S.Vinokur, R.A.Ayazbekova, K.K.Karlep, M.A.Uncheris, V.S.Raxmanova, M.Y.Ayupova,L.Mо„minova, D.A.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidova tomonidan ilmiy jixatdan о„rganilgan. Olimlardan R.YE.Levina, G.A.Kashe, M.Y.Ayupova[11], V.S.Raxmanova[22,23], D.A.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidova, X.M.Pulatova, Z.Axmedova., M.Turobova, Pulatova F.M [24],2 va boshqalar maktabga chiqish arafasida tо„rgan maktabgacha yoshdagi bolalarning 20%-30% ona tilidagi ba‟zi tovushlarni talaffuz eta olmas ekanlar degan xulosaga keladilar. Maktab yoshidagi intellektida nuqsoni bо„lgan bolalar bilan shug„ullanuvchi mutaxassislarning bergan ma‟lumotlariga kо„ra, maktabgacha yoshda nutqida nuqsoni bо„lgan bolalar maktabda notо„g„ri yozadi, xatolarga kо„p yо„l qо„yadi, о„qituvchining bergan savollariga notо„g„ri javob beradi yoki umuman javob bermaydi. Kup xollarda о„quvchi о„qituvchining topshiriqlarini tuchuna olmaydi. Nutqi kechikib, 3 - 4 yoshda paydo bо„lgan bolalar 7 yoshga tо„lib. maktabga 2 Ayupova M.Yu. Logopediya –O‟zbekiston faylasoflari milliy jamiyati nashriyoti, T.,200722. Raxmanova V.S.Yordamchi maktabda savod o‟rgatish T.,1988 Raxmanova V.S. Ona tili o‟qitish maxsus metodikasi -Moliya-iqtisod, T.,2007 Pulatova F. M. Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika).- T, 200746. Kashe G.A. Podgotovka k shkole detey s nedostatkami rechi. M., 1985. Nurkelg‟dieva D.A., Nazarova E.N., CHicherina Ya.E. «Nutq xaritasi», Toshkent, «Yangi asr avlodi» 2007, kelgganida xali ularning nutqi shakllanmagan bо„ladi. Yordamchi maktabning birinchi sinfiga kelgan bolalarning 65 % turli nutq kamchiliklari kuzatiladi. Ular savod о„zlashtirishga 7 yoshda xali tayyor bulmaydilar. Ularda nutqni analiz va sintez qilish qobiliyati rivojlanmagan bо„ladi. Nutqida kamchiligi bulgan bolalarning о„qish va yozuv malakalarini о„zlashtirish qobiliyati meyorda rivojlangan tengdoshlariga qaraganda ancha farq qiladi. Bu esa о„quvchilarning maktab dasturini о„zlashtirishiga tusiq bо„ladi. О„quvchilarning yozuvida fonematik xarakterdagi xatolar kо„p uchraydi. Ular sо„zning tarkibini buzib о„qiydi va yozadilar; xarflarni tushirib ketadi, о„rnini almashtirib yuboradilar, bо„g„inlarni tushirib ketadi. Grammatik xarakterdagi xatolar ularda kо„plab uchrab turadi. Aqli zaif bolalarda nutqning rivojlanish xususiyatlari psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlarda yoritilgan. Psixologlardan L.S. Vigotskiy, A.R. Luriya, D.B. Elkonin, E.G. G„oziyev, A.A. Venger, V.G. Petrova, Ivanenko F.S., Soxina F.A., Valitova I.YE., Shoumarov G.B. .[40], Mamedov K.K.[40]1 va boshqalar о„zlarining idrok, nutqiy idrok, nutqning rivojlanishi xaqidagi va boshqa adabiyotlarda idrok - bu narsalar yoki xodisalarning sezgi a‟zolariga bevosita ta‟sir qilish jarayonida kishi ongida aks etilishi deb ta‟kidlaganlar. Psixologiya fanida idrokning quyidagi turlari о„rganiladi: eshitish, kо„rish, xid bilish, ta‟m bilish. Idrok shartli va shartsiz bо„lishi mumkin. Nutqiy idrok - nutqiy vositalarning taxlili va tarkibi, ya‟ni og„zaki va yozma nutqda tovush, bо„g„in, sо„z va gaplarni taxlil etish, sintez qilishdir. Psixolog olim A.R.Luriya nutqni xar tomonlama о„rganib shunday xulosaga keldiki, impressiv nutq ekspressiv nutq bilan о„zaro bog„liq. Nutqni eshitishning buzilishi albatta talaffuzga ta‟sir kо„rsatadi va nutq sistemasining nafaqat fonetik- fonematik komponenti, balki leksik va grammatik komponentlarining shakllanishiga xam ma‟lum darajada salbiy ta‟sir kо„rsatadi. Va aksincha, artikulyator jarayonlarining buzilishi nutqiy idrokka va impressiv, ya‟ni sо„z mazmunini tuchunish qobiliyatiga ta‟sir etadi. L.S. Vigotskiyning fikricha xam: "Nutqni tuchunish tovush signali asosidagi reaksiyadan tashuari murakkabrou jarayondir."[31]2 Nutqni idrok qilish jarayoni G.L. Rozengrad - Pupko tomonidan xam xar tomonlama о„rganilgan. Uning ta‟kidlashicha bolaning nutqini idrok qilish, tuchunish qobiliyati kо„ruv idroki va predmetlarga kо„z tashlash, ularning nomlarini tо„g„ri tuchunishga yordam beradi. Tadqiqotchilardan Z.I. Baranova gо„dakning nutqiy idrokini о„rganib, tekshirib, turli analizatorlarning ishtirokini ta‟riflab berdi. Uning bergan ma‟lumotlariga kо„ra xam kurish xam eshitish idrokiga bir vaqtda ta‟sir kо„rsatish yaxshiroq natija berar ekan. D.B. Elkoninning asarlari taxlili shuni kо„rsatadiki, nutqni Tovushlarni analiz va sintez qilish malakalari ona tilidagi fonemalarni eshituv orqali aniq farqlay olish kо„nikmasi asosida shakllanadi va savod о„rganish uchun zamin xozirlanadi. Demak о„qish va yozishga о„rganish uchun bolaning fonematik idroki rivojlangan bо„lishi lozim. Shunday qilib og„ir nutqiy nuqsonga ega bо„lgan bolalarning fonematik eshituvini shakllantirish-logopediya fanining muxim muammolaridan biri bо„lib xisoblanadi. Savod о„rgatish-bu о„qish va yozishga о„rgatish demakdir. Savod о„rgatish ishlari о„quvchilarning ta‟lim va tarbiya jarayonida faol ishtirok etishlari, о„qishni muvaffaqqiyat bilan davom ettirishlari uchun zarur bо„lgan mustaxkam zamin xozirlanadi. Savod о„rgatish ishlari qanchalik sifatli, puxta amalga oshirilsa, о„quvchilar shunchalik ona tilini va boshqa о„quv predmetlarini yaxshi о„zlashtirib boradilar. О„qish va yozish malakalarini xosil qilish soxasida ilmiy jixatdan asoslangan samarali usullarni qо„llash talab etiladi. Qisqa muddat ichida о„quvchilarni о„qish va yozishga о„rgatish uchun о„zbek tilidagi tovushlarga va ularni yozuvda ifoda etish sistemasiga muvofiq keladigan, maxsus muassasa о„quvchilarining psixik xususiyatlarini, shuningdek maktabga endigina kelgan bolalarning о„zlashtirish qobiliyatlarini xisobga oluvchi, maxsus muassasaning ta‟lim va tarbiya vazifalariga tо„liq javob bera oladigan usullar bо„lishi kerak. Bunday usul-taxlil tarkib tovush usulidir. Xozirgi zamon taxlil-tarkib asosidagi tovush usuli о„quvchilarni xar tomonlama kamol toptirib berish, dunyoqarashni kengaytirish, ma‟rifatli ma‟naviyatli qilib tarbiyalab borishni xam nazarda tutadi. Buning uchun savod о„rgatish ishlarini pedagogik fanlar asosida, ularning prinsip, metod, usullar, tashkiliy formalarida amalga oshirish zarur. Bolalarni savodga о„rgatish uchun ularning psixologik xususiyatlari, ish qobiliyati, qiziqishi, imkoniyatlari kabi va boshqa ruxiy xolatlarini xisobga olish maqsadga muvofiqdir. Savod о„rgatish usuli о„zbek tilidagi tovushlarning fonetik xususiyatlarini , ularni xosil bо„lish mexanizmlarini, bir-biri bilan qо„shilib bо„g„in, sо„z, gap yasash qonunlariga va tilda qabul qilingan xarf belgilari sistemasiga tо„liq javob beradi. Savod о„rgatishda о„qituvchining dastlabki vazifasi bolalarni tovushlarni birbiridan ajrata olishga о„rgatish, fonematik eshitishni rivojlantirishdan iboratdir. Bu ishlar turli xil о„qituv vositalari yordamida amalga oshiriladi: rasmlar, shartli belgilar, kesma xarflar, bо„g„in sо„z, gap jadvallar va boshqalar. Yordamchi maktabning birinchi sinfida savod о„rgatish darslarida о„quvchilarning dastlabki о„qish va yozish malakalarini shakllantirish yо„llari, usulllari M.F.Gezdilovning ilmiy asarlarida keng yoritilgan. Milliy yordamchi maktablarda M.F.Gnezdilovning metodikasi savod о„rgatishda poydevor sifatida xizmat qiladi. Intellektida nuqsoni bо„lgan bolalarni о„zbek tilida lotin grafikasida savodga о„rgatish yо„l va usullari V.S.Raxmanova tomonidan ishlab chiqilgan. Savod о„rgatish ishlari taxlil-tarkib asosidagi usul bilan amalga oshiriladi. Yordamchi maktabda tovush xarflarni, bо„g„in xamda sо„zlarni о„rgatish tartibi о„zbek tilidagi tovushlarning fonetik xususiyatlari, ya‟ni xosil bо„lish о„rni, usuli, talaffuzi, bо„g„inga birikishi va x.k.lar hamda intellektida nuqsoni bо„lgan bolalarning rivojlanishidagi о„ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Yordamchi maktab 1 sinf о„quvchilari tovushlarni eshitish yо„li bilan nutqdan ajrata oladigan, ularni aniq va tо„g„ri talaffuz etadigan, boshqa tovushlardan farqlay oladigan bо„lishi kerak. Ongli bо„g„inlab о„qishga о„rgatish maqsadida rasmlar ustida ishlash, alifbe darsligidagi xar bir betni tо„g„ri о„qish ishlari olib boriladi. Savod о„rgatish qiyinligini inobatga olib, ishni soddadan murakkabga qarab tashkil etish muximdir. Yozuv darslarida dastlab tо„g„ri tayoqchalar, ilmoq, oval va shular ishtirokidagi xoshiyalarni yozishga odat qilib, s о„ngra xarf elementlari, bosh va kichik xarflar bilan tanishtiriladi. Yordamchi mexnat ta‟limi maktabida savod о„rgatish darslarida kesma xarflar, bо„g„inlar, xarflar terish taxtasi, bо„g„in, sо„z jadvallari, shartli belgilar doimiy ravishda ishlatilishi shart. Nutq о„stirish jarayonida ertak, she‟r, topishmoq, tez aytishlar ustida ishlab, о„quvchilarning xotirasini о„stirish, yod oldirish, kichik xajmdagi asarlarni saxnalashtirish mashg„ulotlari uyushtiriladi. Yordamchi maktabda savod о„rgatish darslarida tilga oid materiallarni taxlil qilishga о„rgatish orqali о„quvchilarning aqliy va nutqiy qobiliyati о„stiriladi. О„quvchilar sо„zning fonetik tuzilishi, sо„zni b о„g„inlarga bо„lish, ma‟noli qismlarga ajratish, ayrim sо„z turkumlari va ularning muxim belgilari bilan tanishadilar, gap va gap bо„laklari xa qida ma‟lumot oladilar, maxsus mavzularga aloqador imlo va tinish belgilari qoidalarini о„rganadilar. Dasturda о„quvchilarni sо„zning leksik ma‟nosi, kо„p ma‟noli, ma‟no jixatidan bir-biriga yaqin ma‟nodosh sо„zlar bilan tanishtirishga aloxida e‟tibor beriladi. Shu bilan birga о„ quvchilarda nutqni tinglash iqtidori о„stiriladi, adabiy tilda mulo qatda bо„lish kо„nikmalari xosil qilinadi, tilning asosiy belgilariga –tovush, sо„z, gapga ongli munosabatda bо„lishga о„rgatiladi. Aqli zaif о„ quvchilarda kuzatiladigan fonetiko-fonematik xarakterdagi nuqsonlar, nutqning umumiy rivojlanishi va grammatik komponentdagi nuqsonlar savodni о„zlashtirilishini ancha qiyinlashtiradi. Shuni xisobga olib, “Yordamchi maktablar uchun ona tili, о„qish va nutq о„stirish” dasturida barcha sinflarda tovush-xarflarni taxlil qilish, lug„at ustida olib boriladigan ishlarga juda katta e‟tibor berilgan. О„quvchilar tovushlarni idrok etish va talaffuz qilishga, bir biridan ajratish, analiz va sintez qilishga, ovozning kuchayishi va pasayishini nazorat qilishga, pauza qilishga urganadilar, unli va undosh, jarangli va jarangsiz tovushlarni farqlashga о„rganadilar. Dasturning savod о„rgatish bо„limida о„quvchilar nutq tovushlarini eshitib va talaffuz qilib, ularni bir biridan farq qiladigan xolatlarni, adabiy til talaffuzi qoidalarini о„rganadilar. Sо„zni fonetik va morfologik taxlil qilishga asoslanuvchi imlo qoidalarini о„zlashtirgan xolda xatosiz yozish kо„nikma va malakalarini xosil qilish ishlariga xam dasturda aloxida о„rin ajratilgan. Amaliy mashqlar asosida о„quvchilar buyum va narsalarning nomi, xarakati, sifatini bildiradigan sо„zlarni о„zlashtirib oladilar. Sо„z voqelikdagi buyum yoki xodisani ifodalab, ma‟no bildirishini, gap tarkibida, ayniqsa, bog„lanishli matnlarda yangi-yangi ma‟no kasb etilishi mumkinligini, shakl jixatdan turlicha bо„lgan s о„zlar bir xil yoki yaqin ma‟no bildirishini, shuningdek, ba‟zi s о„zlarning ma‟no jixatidan bir-biriga qarama-qarshi bо„lishini о„rganadilar, fikrni aniq ifodalash uchun ma‟no jixatidan mos sо„zni tanlash zarurligini anglab oladilar. Leksik mashqlar birinchi sinfdano q boshlanib, muntazam ravishda izchillik bilan mantiqiy mashqlar bilan qо„shib olib boriladi. Yordamchi maktab о„quvchilarining bog„lanishli og„zaki va yozma nutqini о„stirish ishlariyengil va о„rta darajadagi intellektida nuqsoni bо„lgan bolaning о„ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan xolda belgilangan. Tovush va sо„zlarni aniq, tо„g„ri talaffuz etishga va yozishga, lug„atni boyitish,fikrni grammatik tomondan tо„g„ri ifodalash, о„z fikrlarini og„zaki va yozma shaklda bayon etishga о„rgatishga aloxida e‟tibor berilgan. Buning uchun savolga javob qaytarish, rasmlar tagiga yozish, berilgan sо„zlardan gap tuzish kabi va boshqa turdagi ishlar uyushtirilishi tavsiya etilgan. Download 118.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling