Mundarija Kirish bob o’zbekistonnning suvlari va muzliklari
Daryolarning oqiziqlari va muzliklari s
Download 76.08 Kb.
|
O\'zbekiston suvlari
Daryolarning oqiziqlari va muzliklari suvning tog` yonbag`irlari, daryo o’zanlarida tog` jinslarini yuvishi, yemirishi, olib ketishi natijasida hosil bo’ladi.
O’zbekiston daryolari suvi O’rta Osiyodagi boshqa daryolar kabi serloyqa emas. Faqatgina ikkita daryo-Surxondaryo va Sheroboddaryo suvining yillik o’rtacha loyqaligi bu daryolarning tog`lardan chiqish joyida 2 kg/m3 ga teng. O’zbekistonning ko’pchilik daryolarida yillik o’rtacha loyqalik 200-500 g/ m3 ni tashkil etadi. Tog` daryolarining o’simlik bilan yaxshi qoplangan havzalarining yuqori qisimlarida suv tiniq bo’lib, o’rtacha yillik loyqaligi 10 g/m3 atrofidadir. Chirchiq havzasidagi daryolar suvining loyqalik darajasi ham past 200 g/m3 ga teng. Sel o’tadigan ayrim soylarda bu ko’rsatkich keskin oshib, 200 kg/m3 gacha boradi. Daryolar suvining loyqaligi havzalarning litologik va relef sharoiti hamda o’simlik qoplamining holatiga bog`liq bo’lib, respublikamizning tog`li qismlarida turli joyda turlichadir. Respublikamizdagi suv omborlari, ko’proq tog` oldida, tog` oralig`i botiqlarida joylashganligidan ularda daryolar olib kelgan katta miqdordagi loyqa yig`ilmoqda. Natijada suv omborlaridan tinigan va sovuq suv chiqmoqda, buning oqibatida dalalarimiz tabiiy o’g`itdan ma’lum darajada mahrum bo’lmoqda. O’zbekistonning tog` daryolari havzalaridan 1 yilda 1 km 2 joydan yuviladigan tog` jinslarining miqdori 4 t dan 685 t gacha boradi. Binobarin, yillik denudenstiya qatlami 0,0018 – 0,354 mm ga teng. Daryo havzasida tog` jinslarining yuvilish tezligi qator qonuniyatlarga bog`liq. Masalan, Chirchiq havzasida yog`inning ko’p yog`ishi va namning nisbatan ko’proq bo’lishiga qaramasdan joyning geologik tuzilishi, tuproq va relef xususiyatlariga bog`liq ravishda tog` jinslari kam yuviladi. Bu erda 1 km 2 maydon yuzasidan yuvilib ketiladigan loyqa oqiziqlarining yillik miqdori 170 tonnani, Chotqol havzasida 102, Ugom havzasida 223 tonnani tashkil etadi. Sheroboddaryo, G`uzordaryo havzalarida yuvilishning kamligiga (240,180 tonna) suv yig`ish maydoni past bo’lganidan kam yog`in yog`ishi va oqar suvlar kam hosil bo’lishi sababdir. Tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko’ra O’zbekiston tog`larida yiliga har gektar maydondan 525 tonna tuproq-grunt yuviladi. O’zbekiston maydoni va suv miqdori jihatidan qo’shni havzalardan keskin ajralib turadigan Orol havzasida joylashgan. Bu havza kattaligi jihatidan Yer yuzidagi berk havzalar orasida faqat Kaspiy dengizi havzasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Bu havzaga Amudaryo bilan Sirdaryo va bir qancha kichik daryolar kiradi. O’zbekiston daryo tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, ular bir-biri bilan bog`lanmagan alohida, mayda berk havzalarga bo’linib ketadi. Zarafshon va Qashqadaryo havzalari ana shunday berk havzalar hisoblanadi. Amudaryo bilan Sirdaryo havzadagi eng yirik daryolar bo’lib, respublikamiz hududidan ularning Norin, Qashqadaryo, Soh, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Sheroboddaryo va boshqa irmoqlari oqib o’tadi. O’zbekistonga ularning o’rta va quyi oqimlari to’g`ri keladi. Amudaryoning ham o’rta va quyi oqimlari O’zbekistonda joylashgan. U Hindiqush tog`laridagi Vrevskiy muzligidan Vaxjir nomi bilan boshlanadi. So’ngra Pomir daryosi bilan qo’shilib, Panj, Vaxsh bilan qo’shilib, Amudaryo nomini oladi. Amudaryoga o’ngdan Kofirnixon bilan Surxondaryo, chapdan esa Qunduz irmoqlari kelib qo’shiladi. Amudaryo tekislikka chiqqach Orol dengiziga qadar unga bironta ham irmoq qo’shilmaydi. Amudaryoni qadimda O’kuz, Chorjo’y, Omuya, Oqsus, O’ks, Jayxun, Omul nomlari bilan ataganlar. Amudaryo oqimining 82-83% i Panj va Vaxsh daryolari suvlaridan, 11 % i Kofirnixon va Surxondaryo hamda 4 % i Qunduz suvlaridan shakllanadi. Amudaryo havzasida tog`li qismidan har yili o’rta hisobda 79 km3 suv tekislikka oqib chiqqan, shundan 6 % (8%) i O’zbekistonda hosil bo’lgan. Amudaryoning Orol dengiziga quyadigan suvi 1960 yillarda yiliga o’rtacha hisobda 38,6 mlrd m3 ni tashkil etgan. Sirdaryo O’rta Osiyodagi eng uzun, lekin sersuvligi jihatidan Amudaryodan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi daryodir. U Markaziy Tyanshandagi Oqshiroq tog`idagi Petrov muzligidan boshlanuvchi Norin daryosi bilan Farg`ona tog` tizmasidan oqib tushuvchi Qoradaryo Baliqchi qishlog`i yonida qo’shilgandan so’ng Sirdaryo deb ataladi. Farg`ona vodiysida Sirdaryoning sobiq irmoqlari suvi sug`orishga sarf bo’lganligi uchun daryoga etib bormaydi. Sirdaryo havzasining tog`li qismida yiliga o’rta hisobda 38 mlrd m3 suv hosil bo’ladi. Sirdaryo Farg`ona vodiysidan chiqqach chap tomondan unga bironta ham yirikroq irmoq kelib qo’shilmaydi. O’ng tomondan esa unga Ohangaron, Chirchiq, Kalas va Aris irmoqlari kelib qo’shiladi. Quyida Amudaryo va Sirdaryo haqida gidrologik ma’lumotlarni keltiramiz (1-jadval ). Download 76.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling