Mundarija Kirish bob o’zbekistonnning suvlari va muzliklari
Yer osti suvlarining genetik turlari
Download 76.08 Kb.
|
O\'zbekiston suvlari
Yer osti suvlarining genetik turlari- Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Yer osti suvlari umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Yer osti suvlarini gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Yer osti suvlari suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Yer osti suvlari tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi.
Kelib chiqishiga koʻra Yer osti suvlari atmosfera yogʻinlari, daryo va sugʻorish suvlarining shimilishi natijasida hosil boʻluvchi infiltratsion; togʻ jinslari qatlamlarida suv bugʻlarining quyuqlashuvidan hosil boʻluvchi kondensatsion; choʻkindi togʻ jinslari paydo boʻlish jarayonida dengiz suvlarining koʻmilib qolishi natijasida hosil boʻlgan sedimentatsion va magma soviganda yoki Yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga boʻlinadi. Yer osti suvlari ning yer yuziga tabiiy chiqishi bulok, (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga boʻlinadi. Yer osti suvlari tabiiy eritmalar boʻlib, tarkibida deyarli barcha maʼlum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, g/l) boʻyicha Yer osti suvlari chuchuk (1,0 gacha), shoʻrtam (1,0—10,0), shoʻr (10,0—50,0) va namakob (50 dan koʻp) turlariga boʻlinadi. Harorati boʻyicha esa sovigan (4° gacha), sovuq (4—20°), iliq (20—37°), issiq (37-42°), qaynoq (42—100°) va oʻta qaynoq (100° dan yuqori) Yer osti suvlari ga boʻlinadi. Infiltratsion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan taʼminlashda, yerlarni sugʻorishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan taʼminlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va b.) olishda Yer osti suvlari dan foydalaniladi. Yer osti suvlari yerlarning botqoqlanishi va shoʻrlanishiga sabab boʻladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burgʻi quduqlari kavlanadi. Choʻllarda yer osti suvlaridan keng foydalanildi. Xulosa: Yer osti suvlari O`zbekiston hududi bo’yicha notekis taqsimlangan. Tekisliklarda oqar suvlar juda ham kam, tog`larda esa sertarmoq daryolar soylar juda ko`p. Yer usti suvlarining O`zbekistonda bunday notekis taqsimlanishiga asosiy sabab, uning iqlimiy sharoiti va orografik tuzilishidir. O`zbekiston tekislik qismida quyosh radiatsiyasining katta bo`lishi, havoning quruq va issiq kelishi, yog`inning oz yog`ishi, havo isishi, qor qoplamining qalin bo`lmasligi va uzoq turmasligi, yer yuzasining unchalik nishab emasligi, hamda uning tuproq va geologik tuzilishi, ayniqsa oqar suvlarning hosil bo`lishiga imkoniyat yaratmaydi. Shuning uchun respublikamizning tekislik qismida doimiy oqar suv hosil bo`lmaydi. Bu yerlarda faqatgina taqirli yerlarda qattiq jala yog`ganda, qor birdan eriganda vaqtincha oqar suvlar vujudga keladi. Vaqtincha oqar suvlar va qurib qoladigan soylar O`zbekistonning tog` oldi zonasida va chekka tog` tizmalarida ham juda ko`p. Tog`lar muhim iqlimiy gidrologik faktordir, eng avvalo ular namlik to`plab beradi, demak, oqar suvlar hamda yer osti suvlarining hosil bo`lishiga qulay sharoit yaratadi. Ammo respublika hududidagi tog`larda O`zbekistonning yer usti suvlarining nisbatan kam qismi vujudga keladi. O`zbekistondagi ko`p daryolarning bosh qismi Tojikiston va Qirg`izistondagi doimiy qor hamda muzliklar ko`p bo`lgan baland tog`larda joylashgan. O`zbekistonning umumiy bir yillik suv resurslari 99,5 km3ni tashkil etadi. Shundan atigi 12,2 km3 O`zbekiston hududida vujudga keladi, 87,3 km3 chetdan keladi. O`zbekiston daryolari to`yinish manbaiga qarab 4 ta tipga ajratiladi: 1. Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, Sox, Isfara kabi daryolari bosh qismi 4500 m. dan baland tog`lardagi muzliklar va doimiy qorlarning erishidan to`yinadi. Natijada ularning suvi iyun, avgust oylarida ko`payib, yillik oqim miqdorining 30- 38 % ni tashkil etadi. 2. Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, Chirchiq, Surxondaryo kabi daryolari qor va muz suvlaridan to`yinadi. Bu daryolarda suv may, iyun oylarida juda ko`payib ketadi va yillik oqimning 30-40% ini o`tkazadi. 3. Qashqadaryo, Guzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G`ovasoy kabi daryolar balandligi 3400 m dan ortmaydigan tog`lardan boshlanadi. Bu daryolarning suvi ertaroq, ya'ni aprel, may oylarida qorlarning erishi natijasida ko`payadi. 4. O`zbekistonning 2000 m dan past tog`laridan boshlanuvchi Keles, Zominsuv, Sheroboddaryo kabi daryolari, ko`plab soylar qor yomg`ir va yer osti suvlaridan to`yinadi. Shu sababli bu daryolarning suvi erta bahorda mart, aprel oylarida juda ko`payadi va yillik oqimning 80 foizini tashkil qiladi. O`zbekistonning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryodir. (1,2-rasm) SIRDARYO XARITASI (1-RASM) Amudaryo xaritasi (2-rasm) O`zbekiston hududi bo`ylab ularning Norin, Qoradaryo, So`x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo daryolar va ularning irmoqlari ham o`tadi. O`zbekistonda mayda doimiy oquvchi yoki qurib qoluvchi soylar asosan tog` va tog` oldilarida keng tarqalgan. Ularning soni Farg`ona vodiysining o`zida 6500 ta, Zarafshonning o`rta oqimida 120 ta dan ortiq. Ko`llar va suv omborlari, O`zbekistonda nisbatan kam, ular davlatimiz hududi bo`ylab notekis taqsimlangan. Ko`llarning aksariyati kichik ko`llar bo`lib, ular ko`proq daryo vodiylari bo`ylab joylashgan. O`zboshgidrometning bergan ma'lumotlariga qaraganda, 1975 yilda Amudaryo va Sirdaryo havzalarida 5367 ta ko`l bo`lib, ularning maydoni 3705 km2 bo`lgan. Ko`llarning 56,6 % ni tashkil etadi. O`zbekiston tog`laridagi ko`llar, to`gon va morena ko`llar, tekisliklardagi esa qoldiq ko`llar yoki zovur-drenaj suvlarining to`planishidan vujudga kelgandirlar. O`zbekistonda tektonik yo’l bilan vujudga kelgan eng katta ko`l Orol dengizidir. O`zbekistonda sun'iy suv havzalari 53 ta suv omborlari va 25 suv omborlari bor. Ular asosan daryo suv rejimining tartibga solib turish, energetika maqsadlarida qurilgan. O`zbekiston suv omborlarida suv zahirasi 17,9 km3 ni tashkil etadi. Yer osti suvlari O`zbekiston suv resurslarining bir manbai bo`lib, bizning eng muhim tabiiy boyliklarimizdan hisoblanadi. O`zbekistonda yer osti suvlarining dinamik zahirasi -1038,1 m3/sek. ni tashkil qiladi. Gidrogeologlar O`zbekiston hududini 2 ta tog` oldi va tog` va tekislik provinsialariga bo`ladilar. Birinchisida katta zahiraga ega bo`lgan chuchuk yer osti suvlari bo`lsa, ikkinchisida zahirasi uncha katta bo`lmagan minerallashgan yer osti suvlari mavjud. O`zbekiston yer osti suvlarini zahirasini vujudga kelishiga eng qulay sharoit absalyut baladligi 1500 m dan 3000 -3500 metrgacha bo`lgan tog`liklarga to`g`ri keladi, chunki bu balandlik orasida joylashgan hududlar eng ko`p yog`in- sochin tushadigan hududlardir. Shuning uchun bu mintaqada yer osti suvining eng ko`p oqim moduli kuzatiladi. Karbonatli jinslarda bir kv. km maydonda u 12 l/sek. ni, cho`kindi - magmatik kompleksda -8-9 l/s, metomorfozlashgan qum slaneslarda 3-5 l/s, mezo - kaynazoyning jinslarida 1-3 l/s tashkil etadi. Aksincha bu ko`rsatkich 1500 metrgacha bo`lgan joylarda yog`in-sochin miqdorining kamayishi va bug`lanishining kuchayishi natijasida keskin kamayib , 0,10 dan 1-3 l/s km2 ni tashkil etadi. Tog` oldi mintaqasining yer osti suvlarining zahirasi 295 m3/sek, tog` oralig`idagi botiqlar va daryo vodiylariniki hamda Farg`ona vodiysida -289 m3/sek. Chirchiq - Ohangaron havzasida 140 m3/sek, Mirzacho`lda -32 m3/sek, Zarafshon vodiysida -95 m3/sek, Kitob-Shahrisabzda –8 m3/sek, Surxondaryo va Sherobod konuslarida 17 m3/sek. ni tashkil etadi. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, O`zbekistonda to`yinish manbai bilan ta'minlangan foydalanish mumkin bo`lgan yer osti suvlarining miqdori 1000 m3 /sek yoki bir yilda 31,5 mlrd. m3ni tashkil etadi. Hozirgi kunda O`zbekistonda yillik o`rtacha 1,5 km3 atrofida yer osti suvlaridan sug`orishda, aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashda, uy-ro’zg`or, maishiy xizmatda, davolanish maqsadlarida foydalanilmoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizdagi 30 mln. ga. mavjud yaylovlarning 2,5 mln ga dan ortiq qismi yer osti suvlari hisobiga obi-hayot bilan ta'minlanmoqda. O`zbekistonda suv resurslaridan foydalanishda yo`l qo`yilgan kamchiliklar yirik muammolarning kelib chiqishiga sababchi bo`ldi. Bular Orol dengizi muammosi, daryo qayirlarida to`qay ekosistemalarining degradatsiyalanishi, daryo suvlarining ifloslanishi va qashshoqlanishi, zovur- tashlama ko`llarning vujudga kelishi, yer osti suvlarining ifloslanishi va boshqalar. Download 76.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling