Mundarija Kirish Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif


Atrof-muhit va uning tarkibiy qismlari


Download 41.71 Kb.
bet10/11
Sana27.02.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1235061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tabiiy resurlar salohiyati Mundarija Kirish Bob Tabiiy resursla

3.3. Atrof-muhit va uning tarkibiy qismlari
Atrof-muhitning ifloslanishida tabiiy va antropogen omillar asosiy rol o’ynaydi. Tabiiy omillar asosida atrof-muhitning ifloslanishi, avvalo, tabiiy yo’l bilan — chaqmoq chaqishi, о’t-o’lanlar va o’rmonlarning yonishi, vulqonlar otilishi, shamol harakati biosferada uzluksiz boradigan chirish (o’simlik va hayvonot qoldiqlari) va boshqa jarayonlar natijasida yuz beradi. Ular yiliga millionlab tonna chang-to’zonlarni havoga chiqarib yuboradi. Ammo hozirgi vaqtda tabiatning ifloslanishida sun’iy omillar (antropogen jarayon) eng ko’p qatnashmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan iflosliklarning 2/ 3 qismi uning hissasiga to’g’ri keladi. Atrof-muhitning ifloslanishi natijasida yer yuzasining o’simlik va hayvonot dunyosi, ko’p asrlik tarixiy yodgorliklar va inshootlar birdek zarar ko’rmoqda. Xalqimiz orasida «Suv yetti yumalab toza bo’ladi» degan tushuncha bor. Darhaqiqat, tabiat me’yorida bo’lsa, turli oqova, chiqindilarni zararsizlantirish, tozalab olishdek noyob xususiyatga ega. Biz atmosferaga chiqarib kelinayotgan is (SO) gazi fotosintez jarayoni tufayli o’simliklar tomonidan uzluksiz qayta ishlanib, kislorodga aylantirilib tabiatga yana qaytarilishini bilamiz. Ammo tabiatga chiqarib tashlanayotgan iflosliklar so’nggi davrlarda shu darajada me’yoridan oshib ketyaptiki, oqibatda tabiat o’z-o’zini tiklash, tozalash xususiyatidan tobora mahrum bo’lib bormoqda.
Atrof-muhitning ifloslanishi barcha geografik qobiqlarda kuchayib bormoqda. Quruqlik (litosfera)ning ifloslanishi yerosti boyliklarini o’zlashtirish, ayniqsa, ularni ochiq usulda qazib chiqarish natijasida yuzaga kelmoqda. Tuproq, ayniqsa, sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindilari bilan ifloslanmoqda. Bunda asosiy ifloslovchi unsurlar turli metallar va ularning birikmalari, mineral o’g’itlar, kimyoviy zaharli vositalar, radioaktiv moddalardir. Maishiy xizmat va chorvachilik chiqindilari tufayli paydo bo’lgan axlat uyumlari gigiyena-sanitariya holatining yomonlashuviga olib kelmoqda. Gidrosfera (daryolar, ko’llar va dengizlar), asosan, sanoat, qishloq xo’jaligi va uy-ro’zg’or, maishiy xizmat sohalarining oqova suvlari qo’shilishi natijasida ifloslanmoqda. Oqibatda chuchuk suv yetishmasligi holati tobora kuchaymoqda. Bunday holatlar dunyoda aholisi eng zich yashaydigan hududlar bo’ylab oquvchi Reyn, Sena, Temza, Dunay, Dnepr, Volga, Don, Missisipi, Nil, Gang, Yanszi kabi daryolar havzalarida kuzatilmoqda.
Dunyo okeani ham tobora ifloslanib boryapti. Uning ifloslanishi daryolardan qo’shilayotgan notoza suvlar, sohillardan tashlanayotgan chiqindilar, kemalar harakati va halokati sababli tushayotgan neft mahsulotlari tufayli sodir bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda O’rta, Shimoliy, Boltiq, Qora, Azov, Karib, Yapon, Yava dengizlari, Biskayya, Fors, Meksika qo’ltiqlari jahonda eng ko’p ifloslangan. Dunyo okeanining havzasi, ayniqsa, neft va neft mahsulotlari tashlandiqlari tufayli ifloslanmoqda. Kosmik kuzatishlar hozirgi vaqtda Dunyo okeani yuzasining 1/3 qismi neft pardasi bilan qoplanganligini ko’rsatadi. Bu jahondagi eng katta ekologik muammolardan biri demakdir. Zero, neft pardasi okeanning quyosh nurlarini qabul qilib olishiga to’sqinlik qiladi, suv bug’lanishini va kislorod bilan to’yinish imkoniyatini pasaytiradi, tirik organizmlar rivojlanishini susaytiradi. Neft bilan, ayniqsa, Atlantika okeani, Hind okeanining shimoliy qismlari eng ko’p ifloslangan. Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo kabi sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong’inlar tufayli ifloslanmoqda. Bular natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda.
Atmosfera elektr energetika, metallurgiya, kimyo kabi sanoat tarmoqlari, transport vositalari, fazoga kosmik kemalarni uchirish yoki turli xil yong’inlar tufayli ifloslanmoqda. Bular natijasida har yili milliardlab tonna qattiq, gazsimon, aerozol chiqindilar atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Atmosferada, ayniqsa, is gazi (SO), oltingugurt gazlari (SO2) salmog’ining oshib borishi katta ekologik muammolarni keltirib chiqara boshladi. Yadroviy ilmiy-tadqiqotchi, mashhur olim Yu.B. Xaritondan dahshatli termoyadro qurollarining ishlab chiqarilishi va uning tarqalishi insoniyatni yo’q qilib yuborish xavfini tug’dirmaydimi, deb so’raganlarida u planetamizga oxir-oqibat termoyadro qurollari emas, balki «parnikoviy effekti» («issiqxona samarasi») katta xavf tug’diradi, ya’ni 110 iqlimning global miqyosda isib borishi yerdagi hayot uchun haqiqiy talafot xavfini keltiradi, deb javob bergandi. Darhaqiqat, atmosferaning is gazi, oltingugurtli, azotli, ftor-xloridli, fosforli, qo’rg’oshin, simob, aluminiy kabi metall birikmali turli aerozol gazlar bilan ifloslana borishi natijasida quyoshning isitish tartibi buzila boshladi. O’z navbatida bu iqlimning o’zgarib borishiga, sayyoramiz qutblari va baland tog’lardagi abadiy muzliklarning sekin-asta tugab borishiga olib kelishi mumkin. Atmosferaning ifloslana borishi insoniyat oldiga yana bir murakkab muammoni qo’ymoqda. Keyingi yillarda havoga ftor-xlorli birikmalarning tobora ko’p chiqarib yuborilishi natijasida yerdagi hayotning qalqoni hisoblangan ozon qoplamining tobora yupqalashib borishi kuzatilmoqda. «Ozon tuynugi» deb nomlangan ana shu holat dastlab Janubiy Amerikaning Antraktidaga tutash hududlari, so’nggi yillarda esa Yevrosiyooning shimoliy kengliklari ustida ham kuzatila boshlandi. Bunday muammolarning kelib chiqishining asosiy sababi jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarning buzila borishi, atrof-muhitning ifloslanib borishi bilan bog’liq. Demak, insoniyat oldida tabiatga Siz deb munosabatda bo’lish vazifasi turadi.


Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling