Mundarija Kirish Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif


Mineral xom-ashyo resurslari va ularning ekologik-iqtisodiy xususiyatlari


Download 41.71 Kb.
bet7/11
Sana27.02.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1235061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tabiiy resurlar salohiyati Mundarija Kirish Bob Tabiiy resursla

2.4. Mineral xom-ashyo resurslari va ularning ekologik-iqtisodiy xususiyatlari
Mineral xom ashyo resurslari jonsiz tabiat resurslari bo’lib, ulardan konstruksiya materiallari, kimyoviy qo’shilmalar, o’g’itlar, har xil buyumlar, qurulish materiallari, asbob uskunalar, yoqilg’i kabi xalq xo’jaligida ishlatilayotgan mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bu resurslar qayta tiklanmaydigan resurslarga kiradi, yo’qolib ketmaydi va shu bilan birga o’zining xususiyatlarini ham o’zgartirmaydi. Geologik va xo’jalik modda aylanishida esa o’z shakllarini va joylarini o’zgartiradi. Litosfera va qisman gidrosfera mineral xom ashyo resurslarini manbai bo’lib xizmat qiladi. Mineral xom-ashyo resurslari hududlar, rayonlarga joylashish chuqurligi bo’yicha notekis joylashgan va xom-ashyo tarkibi bo’yicha xilma-xil. Shu sababdan ulardan foydalanish samarasi ham har xil. Bunda yuqori sifatli resurslar cheklangan, ayniqsa hududlar bo’yicha, chunki ular tiklanmaydigan resurslarga kiradi. Shunga bog’liq holda resurslar tugashi va xom-ashyo yetishmasligi to’g’risida tasavvur paydo bo’ladi. Haqiqatda esa bunday tasavvur shartli va faqat xomashyoni qazib olishning iqtisodiy sharoitlarini ifodalaydi. Amaliyotda mineral xom-ashyo resurslardan undagi xom-ashyoning turli tarkiblarida mavjudligi sharoitida foydalaniladi. Masalan, temir rudasi sof xom-ashyosi 80 foiz, oltin konlarida esa foizning kichik bir qismini sof oltinlar tashkil etadi. Bir xil xom-ashyoning tarkibi va sifatiga qo’yiladigan talablar ham hududlar bo’yicha ijtimoiy zarur harajatlarga bog’liq holda har xil bo’ladi. Barcha mineral resurslarni bir qancha belgilariga qarab quyidagicha tasniflash mumkin. Masalan, sanoat-tarmoq ishlatilishiga qarab bir qancha guruhlarga ajratish mumkin. Bular yoqilg’i energetika xom ashyosi, qora va rangli, nodir, kam uchraydigan metallarga, agrokimyoviy xomashyo, texnik va olovga bardosh xom-ashyo, qurilish mollar, qimmatbaho toshlar, suvosti suvi va mineral moddalar kabilarga. 86 Yoqilg’i energetika xom-ashyolariga neft, tabiiy gaz, qo’ng’ir va tosh ko’mirlar, yonuvchi slanets, uran va toriy kiradi. Bular ko’pchilik transport vositalari, atom elektr stansiyalarining asosiy energiya manbai hisoblanadi. Uran va toriydan tashqari barchasi kimyoviy sanoatda qo’llaniladi. Jahon iqtisodiyotida eng asosiy o’rin tutuvchi mineral resurs qora metall hisoblanadi. Bu guruhga kiruvchi temir, temir rudalari zamonaviy mashina qurilishi va qurilishning asosini tashkil qiladi. Rangli metallar guruhiga quyidagilar kiradi: mis, rux, alyuminiy, titan, xrom, nikel, kobalt, magniy, qalay. Mis ikkinchi eng asosiy metall hisoblanadi. Uni asosan elektr simlar tayyorlashda qo’llaniladi. Undan tashqati benzin sifatini yaxshilashda ham keng ishlatiladi. Asl metallar orasida asosiy o’rin tutuvchi metallar bu – platina, oltin, kumush; kamroq o’rin tutuvchilar esa platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy). Bu metall o’zining chiroyli tashqi ko’rinishi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham ular asl metallar deb guruhlanadi. Noyob, kam uchraydigan metallar guruhiga ittriy, lantan va lantanoidlar (14 kimyoviy element oilasi) kiradi. Ittriy asosan radiotexnikada ishlatilsa, lantan esa optik oynalarda qo’llanilib, lazer material hisoblanadi. Kimyo va agrokimyo xom ashyolari orasida eng asosiy o’rin tutuvchi xom ashyolar bu - oltingugurt, tuz, fosforit, apatit, shpatlardir. Oltingugurtdan oltingugurt kislotasi, tosh tuzidan tuzli kislota, tuzlarni olishadi. Texnik va olovga bardoshli xom ashyolarga grafit, pyesokvarts, asbest, magnezit, slyuda, texnik olmos va loylar kiradi. Ko’p tog’dan olinadigan mineral xom-ashyolar qurilishda yoki qurilish mollari tayyorlashda ishlatiladi. Grafit baland haroratda erishish xususiyatiga ega bo’lgani uchun qurilishda ko’p ishlatiladi.
Qimmatbaho toshlar orasida olmos eng asosiysi hisoblanadi, chunki u tabiatdagi eng qattiq va shu bilan birga eng shaffof tosh hisoblanadi. Olmosdan keying eng qadrlanadigan toshlar yoqut, zumrad, feruzalardir. Metall mineral xom ashyo resurslari, minerallar xom ashyo tarkibiga kirib, sanoatning “noni”, mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, xom ashyoga minerallardan tashqari qishloq xo‘jaligida, sanoatda qayta ishlash uchun yetishtiriladigan materiallar ham kiradi. Barcha mineral xom ashyo resurslarini ikki katta guruhga – metallardan iborat mineral xom ashyo va nometall mineral xom ashyoga ajratish mumkin. Metallning o‘zi ham asl metallar, rangli, nodir yoki kam uchraydigan va qora metallarga bo‘linadi. O‘zbekistonning yer osti turli-tuman qazilma boyliklarga serob. Bu yerda mineral xom ashyoning yuzga yaqin turi topilgan. Oltin zahiralari bo‘yicha u MDH davlatlari orasida ikkinchi, kumush, mis, qalay, qo‘rg‘oshin va volfram bo‘yicha uchunchi o‘rinda turadi. Gaz, ko‘mir, kaolin tuprog‘i, kaliy tuzlari, alyuminiy xom ashyosi, xasham va ishlov beriladigan hamda qimmatbaho toshlar va boshqa ma’danlarning boy zahiralari bor.
Rangli va nodir metallar, ular jumlasiga mis, qalay, qo‘rg‘oshin, volfram, litiy, alyuminiy xom ashyosi, alunitlar, kaolinlar, stronsiy va uranni kiritish mumkin. O‘zbekistonda bu mineral xom ashyolarning yirik zahiralari mavjud. O‘zbekistonda mis chiqaruvchi asosiy korxona Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatidir. Mis konlari mis-porfir formatsiyasiga mansub bo‘lib, O‘rta Tyanshan, ayniqsa Qurama tog‘lari uchun xosdir. Olmaliqda uning Qalmoqqir, Saricheka, Dalniy, Qizota konlari bor. Volfram, molibden, qalay, vismut, simob va surmaning Janubiy Tyanshan va O‘rta Tyanshan tog‘ tizilmalariga kiradigan Qoratepa, Langar, Qo‘ytosh, Ingichka, Yashton, Sargardon va boshqa konlari bor. 20 ta molebdenli formatsiya va ularning turlari aniqlangan. Vismut ruda konlari Chotqol-Qurama tog‘larida topilgan. Mishyak-vismut, mis-vismut formatsiyalari O‘rtasaroy, Burchmullada topilgan. Simob-surma sanoat-rentabel konlarining uchramaganligi uchun qazib chiqarilmas edi. Ularning ko‘plab konlari aniqlangan. Ular kelgusida sanoat ob’ekti bo‘lishi mumkin. Istiqbolli konlar Janubiy Farg‘onada topilgan. U yerda 100 dan ortiq simob va 10 dan ortiq surma turlari bor. Qora metallar asosan temir, titan, marganes va xromdan iborat bo‘lib, ularning bir necha yuz konlari mavjud. Turli genetik tipdagi temir konlari va ruda to‘plamlari, magnit anomaliyalari bor. Ular Tepabuloq titan-magnetik koni, Surenota, Shabrez, Mingbuloq va boshqa konlardir. Marganesning cho‘kindi konlari Zarafshon, Zirabuloq, Qoratepa, Lolabuloq va boshqa tog‘larda, respublikaning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida, gidrotermal to‘plamlari Chotqol tog‘larida joylashgan. Xrom konlari ofiolit mintaqalari bilan bog‘liq bo‘lib, Qizilqum Farg‘ona ofiolit belbog‘ida, Tomditog‘ va Sulton-Uvays rayonlarida ko‘proq uchraydi. O‘zbekistonda temir va marganesning katta miqdordagi zahiralari ma’lum. Ammo foydalanishga topshirilgan konlari hali yo‘q. Tayyor mahsulot (stanoklar, mashinalar, trubalar va metallprokat va boshqa) ko‘rinishdagi qora metallarga respublikaning 90 foiz ehtiyoji sobiq ittifoqdosh davlatlar hisobiga qondirilgan. Bekaboddagi o‘zbek metallurgiya zavodi metallom hisobiga ishlaydi. Mustaqillik tufayli respublikaning o‘z temir ruda bazasiga ega bo‘lishi taqazo etilmoqda. Shuni hisobga olgan holda Samarqand, Qoraqalpog‘iston va Markaziy Qizilqum geologikiqtisodiy rayonlarida temir va marganes ruda konlari qidirib topish ishlari jadal olib borilmoqda. Nometall qazilma boyliklar. Bu turdagi mineral xom ashyolarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: tog‘-ruda xom ashyosi, tog‘-kimyo xom ashyosi, qurilish materiallari, yer osti suvlari.
Yoqilg‘i-energetika zahirasi va turlari. Asosiy yoqilg‘i-energetika resurslari neft, gaz, ko‘mir va elektroenergiya hisoblanadi. Neft o’ta muhim yonilg’i-energiya manbai bo’lib, benzin, kerosin yonilg’isi, mazut, moylash materiallari va bitumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida ishlatiladi. MDH mamlakatlarining har birida neft ishlab chiqarilishi, uni eksport yoki import qilishini ko’rib chiqiladigan bo’lsa, Ukraina va Belorussiya asosan neft va neft mahsulotlarini Rossiyadan import qiladilar. Rossiyaning kapitali Ukrainadagi neftni qayta ishlab chiquvchi zavodlarning 6 tadan 4 tasini, ya’ni 80 foizini boshqaradi. Ukraina Neftegaz Kompaniyasi (NAK) Ukrainaning 97 foiz neftini qazib oladi. Belorussiya Ukraina kabi neftga boy hisoblanmaydi. 2004 yilda neft qazib olish 89 2 mln tonnani tashkil etgan edi. 2009 yilda esa 1,720 ming tonna neft qazib olindi. Dunyoda neft qazib olish bo’yicha Ukraina 52-o’rinni egallaydi. Bir kunda 73 ming tonna, bir yilda esa 3,6 mln tonna neft qazib olinadi2 . Belorus esa dunyoda neft qazib olish bo’yicha 66-o’rinni egallaydi. Hisoblar bo’yicha kuniga 30 ming tonna, yiliga esa 1,5 mln tonna neft qazib olinadi.



Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling