Mundarija Kirish Bob: Tabiiy resurslarga umumiy tasnif
Biologik resurslar haqida tushuncha
Download 41.71 Kb.
|
Tabiiy resurlar salohiyati Mundarija Kirish Bob Tabiiy resursla
3.3.Biologik resurslar haqida tushuncha
Yerning biologik resurslarini biologik “tirik” organizmlar ya’ni, o’simlik va hayvonlar tashkil etadi. Tiriklikning asosiy belgilari organizmlarning nafas olishi, oziqlanishi, o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi, harakatlanishi kabilardir. Yerning o’simlik resurslari (Yer biomassasini 97% ini tashkil etadi) madaniy va yovvoyi holda o’suvchi o’simliklardan iborat. Hozirda Yer sharida 500000 ga yaqin o’simlik turi bor, shundan 6000 ga yaqini madaniy o’simliklar (ya’ni navlar) hisoblanadi. Lekin Yer sharida ko’p tarqalgan qishloq xo’jalik ekinlari 80-90 turni, eng ko’p tarqalganlari esa 15-20 turni tashkil qiladi. Ular asosan oziq-ovqat va sanoat uchun xom-ashyo ekinlari hisoblanadi. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklar orasida o’rmon resurslarini hosil qiluvchi o’rmon o’simliklari ko’pchilikni tashkil etadi. O’simlik resurslari ham hayvon resurslari singari tugaydigan, lekin tiklanadigan resurslari hisoblanadi. Ulardan turli xil maqsadlarda foydalaniladi. Masalan: o’rmondan qurilishdan tashqari, smola, skipidar, bo’yoqlar, lak ekstraktlar, yelim, mebel, sellyuloza, qog’oz, spirt va h. k lar olinadi. Jahon o’rmon resurslari 2ta ko’rsatkich bilan ifodalanadi: 1. Egallagan maydoni (jahondagi barcha o’rmonzorlar 4,2mlrd ga ni tashkil etadi yoki 40 mln. km2 ya’ni jahon yer fondini 30% ini tashkil etadi). 2. Yog’och zaxirasi bilan (jami yog’och zaxirasi 350mlrd m3), yog’ochning sifatiga ko’ra. Doim o’sib turganligi sababli yog’och zaxirasi har yili 5,5mlrd m3 ko’payadi. Shunday ekan, kelajakda yog’och muammosi bo’lmaydigandek tuyuladi. Aslida unday emas. Chunki yog’och qadimdan qurilish va ishlov berish materiali sifatida foydalanib kelingan va hozirda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Chunki yog’ochdan X1X-asrning o’rtalarida 4,5-5 ming xil mahsulot olingan bo’lsa, hozirda 20 ming xil mahsulot ishlanadi. Hozirgi vaqtda ham yog’ochga talab doimiy oshib bormoqda. Dehqonchilik paydo bo’lgan neolit davridan boshlab minglab yillar davomida o’rmonlar ekin ekish uchun yo’qotib borildi. Ayniqsa keyingi 200yil davomida quruqlikdagi o’rmonlar maydoni 2 barobarga kamaydi va u havfli tus oldi. Tuproq erroziyasi va atmosferada O2 ni kamayishi o’rmonlarni yo’qolishi bilan bog’liqdir. Masalan: dunyoda o’rmonlar maydoni har yili kam deganda 25mln ga. ga yoki 0,5% qisqarmoqda. Dunyoda tayyorlanadigan yog’och miqdori 2021-yilda 624 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Dunyodagi o’rmonlar juda katta masofaga cho’zilgan. 2 mintaqani hosil qiladi. Ular shimoliy va janubiy mintaqalardir. Shimoliy o’rmon mintaqasi mo’’tadil va qisman subtropik iqlim mintaqasida joylashgan. Dunyodagi butun o’rmon maydonining yarmi va yog’och zaxirasining deyarli yarmi shu mintaqaga to’g’ri keladi. Asosiy o’rmon kesish ishlari, ayniqsa, yog’ochi yaxshi sifatli igna bargli daraxtlarni kesish shu mintaqada olib boriladi. Daraxt kesish jadal olib borilayotganligiga qaramay o’rmonlarni tiklash va daraxt ekish ishlari tufayli AQSH, Kanada, Finlyandiya, Shvesiya kabi mamlakatlarda va umuman shimoliy o’rmon mintaqasida o’rmonlar maydoni kamayayotgani yo’q. Biroq Rossiyada daraxtni kesish uni ekishga qaraganda ko’proq bo’lyapti. Janubiy o’rmon mintaqasi asosan tropik va ekvatorial iqlim mintaqalarida joylashgan. Dunyodagi o’rmon maydonining deyarli yarmi shu mintaqada joylashgan. Ilgari yog’ochdan faqat o’tin sifatida foydalanilgan bo’lsa, keying vaqtlarda Yaponiya, AQSH va G’arbiy Evropa mamlakatlariga eksport qilish ko’p marotaba oshdi. Janubiy mintaqa o’rmonlariga bir necha yuz yillar davomida o’rmonni yoqib er ochish va ekstensiv yaylov chorvachiligi katta zarar etkazdi. Masalan: sernam doimiy yashil tropik o’rmonlar hozir ham 1mlrd. dan ortiq maydonni egallagan, ularning yarmidan ortig’i Lotin Amerikasida joylashgan. Biroq hozirda Lotin Amerikasi va Osiyo shunday o’rmonlarning 40%ini, Afrika 50%ini yo’qotdi. Ayrim mutahassislarning fikriga ko’ra bu o’rmonlar XX1-asrning o’rtalariga borib to’liq yo’q bo’ladi. Tropik o’rmonlarni saqlash yuzasidan BMT rahbarligida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin hozircha u kutilgan natija bergani yo’q. Jahonda o’rmonlar ulushi materiklar va regionlar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: (foiz hisobida 2008-yil) 1. Janubiy Amerikada - 52% 2. MDH da - 37 % 3. Yevropada - 31 % 4. SHimoliy Amerikada - 31 % 5. Afrikada - 26 % 6. Avstraliya va Okeaniyada - 18 %. 7. Osiyoda – 17 % Qimmatbaho toshlar orasida olmos eng asosiysi hisoblanadi, chunki u tabiatdagi eng qattiq va shu bilan birga eng shaffof tosh hisoblanadi. Olmosdan keying eng qadrlanadigan toshlar yoqut, zumrad, feruzalardir. Metall mineral xom ashyo resurslari, minerallar xom ashyo tarkibiga kirib, sanoatning “noni”, mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, xom ashyoga minerallardan tashqari qishloq xo‘jaligida, sanoatda qayta ishlash uchun yetishtiriladigan materiallar ham kiradi. Download 41.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling