Mundarija Kirish Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari


Download 272.86 Kb.
bet2/6
Sana01.06.2020
Hajmi272.86 Kb.
#112965
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mundarija Kirish Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turl-fayllar.org

4-rasm. bo‘lgan hol.

Agar taklif chizig‘i S talab chizig‘i D ga nisbatan yotiqroq bo‘lsa, ikkinchi variant yuz beradi (5-rasm) va uchinchi variantda taklif va talab chiziqlari yotiqligi bir xil bo‘ladi:





5-rasm. bo‘lgan hol.

To‘g‘ri chiziqli talab va taklif funksiyalari:





uchun da bo‘ladi, ya'ni muvozanat narxga bozor narxi yaqinlashadi agar quyidagi shart bajarilsa, ya'ni bo‘lsa.

Bozorning dinamik modelida narxlar trayektoriyasi o‘rgimchak uyasi to‘riga o‘xshagani uchun ham bu model to‘rsimon model deb nom olgan.

To‘rsimon model sifatida birja bozorini (masalan, qimmatli qog‘ozlar bozori, yoki valyuta bozorini) qarash mumkin.



2. Bozor muvozanatiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar tahlili

Ba'zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o‘rnatilgan narx muvozanat narxdan kichik bo‘lsa (- muvozanat narx) va narxni maksimal narx dan yuqori belgilash ta'qiqlansa. Maksimal narx ba'zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma'lum darajada ta'minlash maqsadida davlat tomonidan o‘rnatiladi.




Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi. Tovar tanqisligini davlat o‘z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo‘li bilan yechadi, ya'ni o‘z zahirasidagi miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi.

Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo‘lmasa, taklif miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar norasmiy bozor narxi da sotiladi; muvozanat narxdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin).

Mahsulotning narxi minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo‘lsa, (Ре -muvozanat narx) (7-rasm) va narx ni pasaytirish mumkin bo‘lmasa.





7-rasm. Narx minimal bo‘lganda mahsulot otiqchaligi.

Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o‘rnatiladi. Minimal narxning o‘rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 3.17-rasmdagi grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu yerda ham norasmiy bozor vujudga keladi. Grafikdagi nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda ( narxda) sotilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni ko‘rsatadi. Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o‘zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.

Bu yerda chiziqli taklif va talab chiziqlari yordamida qanday qilib oddiy hisob-kitoblar qilinishini qarab chiqamiz. Buning uchun, bozor ma'lumotlariga muvofiq talab va taklifning chiziqli grafiklarini chizishni qarab chiqishimiz kerak. (Biz hozir, statistik usullar orqali quriladigan chiziqli regressiya, tenglamalarni hisoblashni qaramaymiz.) Faraz qilaylik, biror tovar uchun ikkita miqdor berilgan bo‘lsin: tovar narxi va uning miqdori, bu ko‘rsatkichlar bozorda muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi (bu ko‘rsatkichlar bozorda o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lib, bozordagi muvozanatlik holatida aniqlangan, yoki bozordagi shart-sharoitlar turg‘unlashgan davrdagi ko‘rsatkichlar bo‘lsin). Bu ko‘rsatkichlarni muvozanat ko‘rsatkichlar deb qaraymiz va quyidagicha belgilaymiz: muvozanat narx , muvozanat tovar miqdori . Berilgan tovarning muvozanat nuqta yoki uning atrofidagi narx bo‘yicha taklif va talab elastikligini mos ravishda va harflari bilan belgilaymiz.

Bu ko‘rsatkichlarning, ya'ni va son miqdori, faraz qilaylik, statistik hisob-kitoblar orqali aniqlangan va ular asoslangan bo‘lsin. Berilgan ma'lumotlar asosida taklif va talab chiziqlarini quramiz. Taklif va talab chiziqlari yordamida, talab va taklif miqdorining siljishlarini, narxning o‘zgarishini, berilgan tovar miqdorining boshqa tovar narxiga nisbatan o‘zgarishini va hokazolarni hisoblash mumkin.

Talab va taklifning grafigini chizamiz (8-rasm).

Talab va taklif tenglamalari quyidagicha yoziladi:

Talab: (5)

Taklif: (6)



Asosiy muammo, berilgan tenglamalardagi o‘zgarmaslar qiymatlarini aniqlashdan iborat. Bu o‘zgarmaslarni tanlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Download 272.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling