Mundarija Kirish Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turlari


 Davlat tomonidan tovarlarga minimal va maksimal baholar o`rnatish oqibatlari


Download 272.86 Kb.
bet5/6
Sana01.06.2020
Hajmi272.86 Kb.
#112965
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mundarija Kirish Bozor muvozanati haqida tushuncha va uning turl-fayllar.org


3. Davlat tomonidan tovarlarga minimal va maksimal baholar o`rnatish oqibatlari

Tаlаb vа tаklif mехаnizmlаri bа’zаn istе’mоlchilаr, bа’zаn esа ishlаb chiqаruvchilаr mаnfааtlаrigа ziyon еtkаzаdigаn аdоlаtsiz nаrхlаrning shаkllаnishigа sаbаb bo‘lishi mumkin. Bundаy hоlаtdа dаvlаt qоnunchilik оrqаli nаrхlаrning yuqоri vа quyi chеgаrаlаrini o‘rnаtishi оrqаli bоzоrgа tа’sir o‘tkаzishi mumkin.



Nаrхlаrning yuqоri chеgаrаsi – bu qоnuniy аsоsdа muvоzаnаtli nаrхdаn pаstdа o‘rnаtilgаn mаksimаl nаrх bo‘lib, u sоtuvchilаrgа tоvаrni sоtish uchun so‘rаlаnаdigаn nаrхlаrning eng yuqоri chеgаrаsini (Pmax) bеlgilаb qo‘yadi (10- rasm).



Pm

10-rasm. Mаksimаl nаrхlarning kiritilishi oqibatlari
Mаksimаl nаrхlar istе’mоlchilаrni birinchi dаrаjаli zаruriy tоvаrlаr vа хizmаtlаr bilаn minimаl dаrаjаdа tа’minlаshgа imkоn yarаtаdi. Аgаr nаrхlаr bоzоrdаgi tаlаb vа tаklif nisbаti аsоsidа erkin o‘rnаtilgаndа, аyrim tоifаdаgi kam daromadli istе’mоlchilаr bu tоvаrlаr vа хizmаtlаrni хаrid etish imkоniyatigа egа bo‘lmаsdi. Bungа misоl tаriqаsidа jаmоаt trаnspоrti (mеtrо vа аvtоbus) chiptаsi nаrхining dаvlаt tоmоnidаn chеgаrаlаb turilishini misol qilib kеltirish mumkin.


1

1 1
Mаksimаl nаrхlаrning kiritilishi talab hajmini Qe dan Qd1 gacha oshirsa, taklif hajmini Qe dan Qs1 gacha qisqartiradi. Natijada bоzоrdа Qd1 Qs1 hajmiga teng tаqchillik yuzаgа kеlishi mumkin. Agar davlat sotuvchilarga tovarni maksimal narxdan (Pmax) yuqori narxda sotishga ruxsat bermasa, taklif Qs miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga kelishiga, bu esa narxlarni yana oshib ketishiga va dastlabki muvozanat holatiga intilishga olib keladi. Buning оldini оlish uchun dаvlаt o‘zining bufеr zахirаsidаn bоzоrgа Qd Qs hajmda mаhsulоt chiqarib, talab va taklifni tenglashtiradi yoki istе’mоlni mе’yorlаshi (kаrtоchkа оrqаli) tаlаb qilinаdi (10-rasm).

Nаrхlаrning quyi chеgаrаsi (minimal narx) – bu dаvlаt tоmоnidаn muvоzаnаt nаrхdаn yuqоridа o‘rnаtilаdigаn nаrх (Pmin) bo‘lib, оdаtdа bоzоr muvozanati holatida vujudga kelgan narx ishlаb chiqаruvchilаr yoki sоtuvchilаrning аyrim guruhlаrigа yеtаrli dаrоmаd оlishgа imkоn bеrmаydigаn hоlаtlаrdа qo‘llаnilаdi (11-rasm).




P

Pmin

Pe

11-rasm. Minimаl nаrхlarning kiritilishi oqibatlari

Minimаl ish hаqi darajasini qоnunchilik bilan belgilanishi, qishlоq хo‘jаligi mаhsulоtlаri nаrхlаrining quyi darajasini belgilanishi - dаvlаt tоmоnidаn minimаl nаrхlаr o‘rnаtilishining yaqqol nаmunаsidir.

Minimal narxning o‘rnatilishi, bozorda Qs1 Qd1 hajmiga teng ortiqcha taklif yuzаgа kеlishiga sabab bo‘ladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 11-rasmda keltirilgan. Agar davlat sotuvchilarga tovarni minimal narxdan (Pmin) past narxda sotishga ruxsat bermasa, talab Qd1 miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga kelishiga, bu esa narxlarni yana tushib ketishiga va dastlabki muvozanat holatiga intilishga olib keladi. Buning оldini оlish uchun dаvlаt Qs1 Qd1 hajmdagi ortiqcha mаhsulоtni Pmin narxda bufеr zахirаsiga sotib olish orqali talab va taklifni tenglashtiradi (4.13-rasm).

Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o‘zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.


  1. 4. Iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish istiqbollari


  2. Hozirgi zamon iqtisodiyotida narx, narx belgilash tizimi — bu iqtisodiy munosabatlaming muhim tizimchasi va bozor mexanizmining tarkibiy qismlaridan biridir. Narx — bu ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar harakatlarini belgilovchi ko‘rsatkichi va bozor iqtisodiyotining asosidir. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishda narx va narx belgilash orqali ta’sir ko‘rsatadi.


  3. Hozirgi zamon qiymat va narx nazariyasi - bu iqtisodiy nazariya fanining uzoq muddatli rivojlanishi natijasidir. Iqtisodiy nazariyada qiymat, narx va ularni aniqlovchi omillar muhim masalalardan biri hisoblanadi.


  4. Zamonaviy nazariya — bu mehnatning qiymat nazariyasi va naflilik nazariyalarining o‘zaro aloqalari va farqlari nuqtayi nazaridan, ya’ni maijinalistik nazariya tahlillari natijasidir. Ingliz klassik siyosiy iqtisod namoyandalari A.Smit va D.Rikardolar qiymatning mehnat nazariyasini asoschilari hisoblanadi.


  5. Jamiyat uchun ishlab chiqarish zarur bo‘lgan mahsulot qiymatini ijtimoiy- zaruriy mehnat sarflari yaratadi, degan g‘oya ushbu naza- riyaning asosini tashkil etadi. Qiymat sifat (xaridorlar va sotuvchilar o‘rtasidagi, tovarlami oldi-sotdi jarayonida insonlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlami namoyon qiladi) va miqdor (qiymatning miqdori unga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan aniqlanadi) jihatlariga ega.


  6. Marjinalistlarning fikriga ko‘ra narx — bu qiymatning puldagi ifodasidir. Agar qiymatning miqdori unga ketgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan aniqlansa, uholda narxning asosida tovaming qiymati yotadi, biroq talab va taklif mutanosibligiga bog‘liq holda narx miqdori tovar qiymatiga nisbatan o‘zgaradi.


  7. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining qiymat ijtimoiy zaruriy mehnat sarflar bilan aniqlanadi degan qarashlari qiymatni tovaming nafliligi belgilaydi, degan maijinal nazariya, naflilik nazariyasining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.


  8. Ushbu nazariyaning asoschilari avstriya maktabi namoyandalari K.Mengera, E.Bem-Baverka va F.Vizerlar hisoblanishadi. Bu maktab XIX asming oxirgi uchinchi qismida yuzaga kelgan. Bu nazariyaga asosan qimmat (qiymat) quyidagilarga bog‘liq: 1) iste’molni qondirishning muhimligiga(naflilikka); 2) naflilikni ta’minlanganlik darajasiga. Naflilik nazariyasi — bu subyektiv qiymat nazariyasidir, ya’ni har bir xaridor tovaming nafliligi, qimmati haqida o‘zini tasavvuridan, dididan kelib chiqqan holda xulosa qiladi. Ushbu maktab namoyandalari xarajatlami hisobga olishmaydi.


  9. Qiymatning mehnat nazariyasi namoyandalari esa aksincha, tovaming nafliligini hisobga olishmagan. Yuqorida nomlari keltirilgan nazariyalaming eng katta kamchiligi — bu qiymat miqdorini belgilovchi yagona manbani topishga urinish hisoblanadi: birida ijtimoiy mehnat sarflari, boshqasida esa, tovaming nafliligi va bozorda uni ta’minlanganlik darajasiga urg‘u beriladi.


  10. Amaliyot, qiymat mehnat sarflariga qanday bog‘liq bo‘Isa, tovaming nafliligiga, iste’- molchilami unga bergan bahosiga ham shunday bog‘liqlikda ekanligini ko‘rsatdi. Bu nazariyalar umumlashtiriladi (sintez), ya’ni mehnat sarflari hamda, mehnat natijalari nafliligini ham hisobga olish zarur. Bunday sintez A.Marshal, Dj.Klarkom, P.Samuelsonlar tomonidan amaiga oshirilgan. Zamonaviy narx va qimmat (qiymat) nazariyalari yo'nalishi asosichisi taniqli ingliz iqtisodchisi A.Marshal hisoblanadi. U qiymatning yagona manbayini aniqlashga urinishdan voz kechib, naflilik nazariyasini talab va taklif nazariyasi va ishlab chiqarish xarajatlari(sarflari) nazariyasi bilan birlashtirdi.


  11. Tovaming qiymati ijtimoiy sarflar hamda, uning nafliligi bilan aniqlanishini yoritib berdi. Qiymat bozor orqali aniqlanadi. Bozor — bu sotuvchi va xaridorlar (talab va taklif) manfaatlari to‘qnashuvi orqali narx shakllanishiga olib keluvchi iqtisodiy jarayondir. Buni quyidagi sxema bo‘yicha tasvirlash mumkin:







  12. Narx axborot berish, taqsimlash va rag‘batlantiruvchilik funksiyalarini bajaradi. Bozor munosabatlari sharoitida narxlaming turli ko‘rinish- lari mavjud bo‘ladi. Xususan: korxonalarning ulguiji narxlari, chakana narxlar, davlat buyurtma narxlari, ta’riflar va b. Shuningdek, quyidagi narxlardan farqlanadi: joriy, haqiqiy bozor munosabatlarida amal qiluvchi narxlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlami (ishlab chiqarish hajmi, narx indeksi va b.) o‘zgarishini aniqlashda foydalaniluvchi taqqoslama narxlar.


  13. Tovarlar qiymati va nafliligi ularning narxida o‘z aksini topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilami, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi.




  14. Narx — real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmat- laming ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) o‘z ifodasini topadi.
  15. Tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijtimoiy sarflaming asosli ravishda o‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat ko‘rsatkichlarining o‘sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi. Masalan, avtomobil dvigatelida ot kuchining oshishi, saloni, boshqaruv tizimi va tezhgida bo‘lgan o'zgarishlar uning narxi oshishiga sabab boladi. Chunki shu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda unga sarf- langan xarajatlar ham oshgan bo‘ladi. Bunday ikki tomonlama o‘zgarishlar natijasida narxlaming o‘zgarishi hamma tovarlar va xizmatlarga xosdir.


  16. Narx tovar va xizmatlardagi ikki xusu- siyatning puldagi ifodasi sifatida, ulaming o‘zgarishi natijasida o‘zgaradi. Narxning mazmunini to‘laroq tushunishda, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga ega. Bulardan asosiylari bo‘lib qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovaming naflilik darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi (12- rasm).











  17. Download 272.86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling