Mundarija Kirish Buyurtmali kalkulyatsiya qilish usuli mohiyati
Buyurtmali kalkulyatsiya qilish mohiyati, afzalliklari
Download 1.22 Mb.
|
Buyurtmalar boyicha kalkulyatsiyalashga asosiy yondashuv 2
3 Buyurtmali kalkulyatsiya qilish mohiyati, afzalliklari
Xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxini aniqlashda quyidagi to‘rtta usulning biridan foydalaniladi: - oddiy usul; - buyurtmali usul; - jarayonli usul; - normativ usul. Ba’zi bir mamlakatlarda bu usullardan tashqari yana boshqa, xususan o‘rtacha tannarx, koeffitsientlar usulidan ham foydalaniladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun eng samarali ishlatilishi mumkin bo‘lgan usullar – bu tannarxni hisoblashning buyurtmali va jarayonli usullaridir. 2. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatini o‘lchaydigan ma’lum ko‘rsatkichdan foydalanilib, umumishlab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulot hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanadi. Masalan, bajarilgan ishlarning kishi-soat ko‘rsatkichidagi soni, ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi summasi, mashina-soatlar soni. Tanlangan baza umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan chambar-chas bog‘lashi lozim. Yuqorida qayd qilingan uchta ko‘rsatkichdan u yoki bu holatda samarali foydalanish, ya’ni ularni to‘g‘ri qo‘llash juda muhimdir. 3. Kelgusi davr uchun kutilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini taqsimlashning tanlangan bazasi ko‘rsatkichida (soatlar, pul birligida) ifodalangan kutilayotgan ishlab chiqarish hajmiga bo‘linadi. Bu jarayonning natijasida umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsenti aniqlanadi. Shundan so‘ng, umumishlab chiqarish xarajatlari bu koeffitsentni qo‘llagan holda, ya’ni normativ koeffitsentni taqsimlash bazasi ko‘rsatkichining amaldagi holatiga ko‘paytirish orqali, har bir mahsulot turiga olib boriladi. Bu summa moddiy xarajatlarga va ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlariga qo‘shiladi. Natijada shu tariqa hisoblashlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi aniqlanadi. Ana shu ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashda xarajatlarning faqatgina ikkita elementini to‘g‘ridan - to‘g‘ri (to‘g‘ri moddiy va to‘g‘ri mehnat xarajatlari) ishlab chiqarish tannarxiga olib borish mumkin, ya’ni ortiqcha hisobkitoblarni amalga oshirmasdan. Umumishlab chiqarish xarajatlari esa normative koeffitsent asosida hisobdan chiqariladi. Aynan mana shu tartibda ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash buxgalteriya hisobining barcha schyotlari bo‘yicha mahsulot harakatini ifoda etadi. Yuqorida keltirilgan misolda ham ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini buyurtmali usul orqali hisoblash juda oddiy va qulay hisoblanadi. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaganligi uchun ham ortiqcha hisob-kitoblar qilinmaydi, shunga muvofiq tannarx miqdorini tez aniqlash va uni to‘g‘ri hisoblanish imkoniyati juda katta. Chunki, buyurtma bajarilgandan so‘ng qilingan barcha xarajatlar yig‘iladi, tannarx aniqlanadi. Bu usul shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil qilish, ya’ni xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirishga ham qulaylik tug‘diradi. Quyidagi chizmada yuqorida ko‘rib chiqilgan misoldagi jarayonlarning buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishi, hamda ana shu sintetik schyotlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar chizmasi ko‘rsatilgan. Misol ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, buyurtma uchun jami 3191,3 ming so‘m miqdorida xarajat qilingan, buyurtma 12 ta mahsulot birligidan iborat, shunga muvofiq bir dona mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 265940 so‘mga teng. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling