Mundarija kirish Erkin bozor tizimida raqobatning mohiyati va ahamiyati Raqobat turlari Tovarning raqobatdoshligini o’rganish va baholash usullari Monopoliyalarning


Tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va baholash usullari


Download 86 Kb.
bet4/7
Sana03.12.2023
Hajmi86 Kb.
#1797673
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mundarija kirish Erkin bozor tizimida raqobatning mohiyati va ah

Tovarning raqobatdoshligini o‘rganish va baholash usullari.

1-Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida, “Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan yana bir yo‘nalish – mamlakatimizdagi eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab quvvatlash va rag‘batlantirish, eksport salohiyatini mustaxkamlash bo‘yicha qabulqilingan amaliy choralar muhim ahamiyatga egabo‘ladi.” deb ta’kidlagan edilar.

Shunday ekan talab, taklif va raqobatsiz bozorni tasavvur etib bo‘lmaydi. Haridorning tovar va xizmatlar sotib olish uchun qilgan sarf harajatlari ikk qismdan iborat. Birinchi tovarga bo‘lgan baho, ikkinchisi uni topishga ketgan vaqt va ishlatish harajatlaridir. Ularning hammasi jamiyat uchun iste’mol harajatlarini, ya’ni bahosini tashkil etadi. Iste’mol bahosi tovarning harid qilib olish narxidan ancha ko‘p. Tovarlar ichida eng raqobatdoshi bo‘lib boshlang‘ich bahosi past emas, iste’molchi qo‘lida ishlatilishi qulayligi, kam sarfligi va umumiy harajati kamligi bilan farqlanadigan hisoblanadi. Haridorlar xajmi – harakatini kuzatish shuni ko‘rsatmoqdaki, ular tovarlarni taqqoslashda qaysinii qo‘llash samaradorligi (R); sotib olish harajatlariga (S) nisbatan yuqori bo‘lsa o‘sha tovarni ko‘proq tanlashadi. Demak, tovarni raqobatdoshligi (K) umumiy ko‘rinishda bo‘ladi. K = R Tovarning raqobatdoshligini baholash qo‘yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
bozorni tahlil qilib o‘zimizni tovarimizga o‘xshash tovar namunasini
topib olish;
bizning tvoar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni
belgilash;
o‘zimizning tovarimizdagi integral (umumiy) raqobatdoshlik
xususiyatlarini aniqlash.
Bozordagi raqobatga esa ko‘proq tovar sotishni rag‘batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni haridorlar tovar ishlab chiqaruvchidan olinadi. Haridorlarni asosan tovarning iste’mol qiymati qiziqtiradi. Raqobat bozorda taklif talabdan yuqori bo‘lganda firmalar ichida emas balki tovarlar orasida namoyon bo‘ladi.
Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:

a) tovarlarning xizmatlari bo‘yicha bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat. Masalan, sport, kitoblar, plastinkalar kishining madaniy dam olishiga qaratilgan. Shuning uchun ular bir-biri bilan raqobatchi;


b) bir xil tovarni har xil firmalar ishlab chiqarishi orqali bo‘ladigan raqobat yoki bir xil firma tomonidan har xil modifikatsiyadan tovar ishlab chiqarish;
v) baholar orqali bo‘ladigan raqobat – bu eng ko‘p tarqalgan usullaridir. Bahoni pasaytirib bozorni egallash. Tovarlarni iste’mol qilish (ishlatish) jarayonidagi bahosini pasaytirishga elektr yoqilg‘i va material sarflarini kamaytirish va xizmat qilish muddatini ko‘paytirish orqali erishish.
Jahon bozori tajribasida raqobatning quyidagi shart-sharoitlari mavjud:
1.Agar raqobatchilar kuchi teng va strategiyalar bir-biriga o‘xshash bo‘lsa bozor muvozanati uzoq saqlanmaydi, ular orasidagi kelishmovchilik susaymaydi.
2.Raqobatchining g‘ashini keltiradigan harakatlar qilmang.
3.Sizning raqobatchingiz hamma narsadan xabardor deb biling.
4.Sizning harakatlaringiz o‘zingizning imkoniyatlaringizga mos ekanligiga raqobatchingizni ishontiring.
Raqobatchilar strategiyasini o‘rganishda quyidagi savollarga javob topiladi:
1.Boshqa tovarlarning raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
2.Raqobatchi firmaning reklama vositalari va sotishni raqobatlantiruvchi
usullari?
3.Qaysi belgilari ishlatilmoqda?
4.Tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif qilinmoqda?

Tovarlarni raqobatdoshligini baholashda 4ta usul mavjud bo‘lib ular quyidagilardan iborat:

Ekspert baholash
Baholashni o‘lchash-hisoblash usuli
Tajriba usuli
Sotsiologik usul
Ekspert baholash – tovarlarni sifatini ekspert baholashda tovarlarni ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Ekspert baholashda 2 xil usul mavjud: 1) xay’at usuli; 2) yetakchi ekspert va guruh usuli.
O‘lchash- hisoblash usuli- bu usul bilan tovar sifatini baholash tajriba natijalari asosida o‘lchanadigan ko‘rsatkichni baholash, qiymatni aniqlash va oldindan ishlab chiqilgan namunaviy hisoblash formulasi, grfik va jadvallarni ishlatib o‘lchashga asoslangan.
Baholashni tajriba usuli – bunda tovarlarni raqobatdoshligini aniqlash tajriba usulida ekspert qiluvchi tovarni sifatini insonlarda sinab ko‘radi.
Baholashni sotsiologik usulida esa – tovarlarni raqobatdoshligini aniqlashni tajriba usulida ekspert qiluvchi tovarni sifati to‘g‘risidagi fikrlari asosida tovarga baho beriladi. Tashqi bozorga chiqish har doim raqobat krashiga tortilishi demakdir.
Haridorlarning ayrim bir ehtiyojlari teng yoki qisman o‘zgaradigan sharoitlarda bir xil yoki har xil usullar bilan qondirish mo‘ljallangan xilma-xil tovarlar ayni bir vaqtda taklif etiladi. Bunday sharoitda iste’molchi o‘zining qiymat birligi bo‘yicha raqobatchilar tovarlariga qaraganda ehtiyojni ko‘proq va yuqori darajada qondiradigan tovarlarni tanlaydi.


Download 86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling