Mundarija kirish hisоb-tехnоlоgik qismi


Avtobusning yo‘l varaqasini rasmiylashtirish


Download 88.31 Kb.
bet11/12
Sana25.03.2023
Hajmi88.31 Kb.
#1294799
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi hamidullo 2

Avtobusning yo‘l varaqasini rasmiylashtirish

Yo‘l varaqasi – avtomobil transporti vositasini jo‘natish va uning ishini hisobga olish uchun belgilangan namunadagi yuridik hujjat bo‘lib, avtomobil va haydovchi joylashish joyidan chiqqan paytdan boshlab qaytishigacha ularning ishini har tomonlama tavsiflab beradi.
Yo‘l varaqalari rekvizitlarini to‘ldirish tashkiliy huquqiy shakllaridan qat’iy nazar barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Yo‘nalishda ishlaydigan avtobuslar va yo‘nalishli taksilar uchun bundan tashqari hisob-chipta varaqasi bo‘lishi ham shart hisoblanadi. Yo‘l varaqalari va hisob-chipta varaqalari tashish turiga (shahar ichi, shahar atrofi va h.k.) qarab birbiridan farq qiladi.
Yo‘l varaqalari va hisob-chipta varaqalari qat’iy raqamga ega bo‘lib korxonaning buxgalteriyasi tomonidan tasarruf bo‘limining boshlig’iga yoki boshqa mas’ul shaxsga (katta nozim va hokazo) ularning talabiga qarab beriladi. Yo‘l varaqalari va hisob-chipta varaqalarini to‘g’ri to‘ldirilishi uchun tashuvchilarning rahbarlari va to‘ldirishda ishtirok etuvchi shaxslar javob beradilar. Yo‘l varaqalari va hisob-chipta varaqalarini to‘ldirganda unga o‘zgartirishlar kiritish yoki to‘g’irlash man etiladi.
Yo‘l varaqalarini haydovchiga bergunga qadar to‘ldirish (korxona nomi, oy, yil, transport vositasining davlat va garaj raqami, haydovchining ismi sharifi, haydovchilik guvohnomasining raqami, tabel raqami) tasarruf xizmati bo‘limida to‘ldiriladi. Navbatchi nozim haydovichini ishga kelgan vaqtini belgilab unga yo‘l varaqasini topshirgandan keyin haydovchi qatnov oldi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va xamshira tomonidan belgi qo‘yiladi. Avtobusning amaldagi ishga chiqqan va ishdan qaytgan vaqtlari, uning texnik holati navbatchi mexanik tomonidan belgilanadi.
Haydovchi avtobusni garajda qabul qilib olgani haqida yo‘l varaqasiga u ham belgi qo‘yadi. Avtobusni yoqilg’i bilan ta’minlanganligi yoqilg’i quyuvchi tomonidan yo‘l varaqasiga belgilanadi (yoqilg’i sarfini hisobi yoqilg’i sarfi bo‘yicha nozim tomonidan amalga oshiriladi).
Yo‘l varaqasiga xuddi shunday avtobusni bosh bekatga kelgan va undan ishning oxirida ketgan haqiqiy vaqtlari yo‘nalish nozimi (avtovokzal nozimi) tomonidan alohida belgilanadi. Bulardan tashqari avtobusni qatnovdan oldin qaytib kelishi, garajdan kechikib chiqish sabalari yo‘nalishda avtobus ishini tekshirilganligi (agar tekshirish o‘tkazilgan bo‘lsa) ham alohida ko‘rsatiladi. Bugungi kunda yo‘l varaqalarini va hisob-chipta varaqalarini to‘ldirish tegishli tartibda tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.

Download 88.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling