Mundarija kirish hisоb-tехnоlоgik qismi


Download 88.31 Kb.
bet4/12
Sana25.03.2023
Hajmi88.31 Kb.
#1294799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi hamidullo 2

Anketa usuli. Bu usulda yoʻlovchilar oqimini oʻrganish uchun maxsus anketalar tayyorlanadi va aholiga tarqatiladi. Anketada har bir aholi maʼlum davr oraligʻida necha marta va qay maqsadda transport xizmatidan foydalanishi, qaysi yoʻnalishda va qancha masofaga borishi kabi savollar yozilgan boʻladi. Anketa usuli transport oldidagi eng dolzarb masalalarni echishda eng yaxshi vosita boʻlishi bilan bir paytda baʼzi bir kamchiliklarga ham egadir. Bunday kamchiliklarga quyidagilarni koʻrsatib oʻtish mumkin:
1. Anketa soʻrovini oʻtkazishning murakkabligi (anketalarni tayyorlash, ularni har bir xonadonga tarqatish va qayta yigʻib olish).
2. Anketa maʼlumotlarini qayta ishlashga koʻp vaqt sarflanishi.
3. Yoʻnalishlardagi yoʻlovchilar oqimini kunning soatlari boʻyicha “tigʻiz” paytni va transportlarning harakati va yoʻnalishning boʻlaklari boʻyicha taqsimlanishini eng katta qiymatlarini aniq koʻrsata olmaslik.
Talon usuli. Talon usuli yoʻlovchilar oqimini oʻrganishda eng koʻp qoʻllaniladigan usul boʻlish bilan bir paytda boshlangʻich maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish eng koʻp mehnat talab qiladigan usul hisoblanadi. Talon usulining asosiy maqsadi bekatlarda transport vositasiga chiqayotgan, tushayotgan va tushmay oʻtib ketgan yoʻlovchilar miqdorini aniqlashdan iboratdir.
Koʻz bilan kuzatish (chamalash) usuli. Bu usul ancha sodda va shu bilan birga tahminioʻy boʻlib, yoʻlovchilar oqimini yoʻnalishning eng koʻp yuklangan bekatlarida oʻrganish uchun qoʻllaniladi. Buning uchun hisobchilar bekatlarda turib avtobus ichida qancha yoʻlovchi borligini 5 balli tizim orqali baholaydilar
- 1 ball – oʻrindiqlarning yarmidan boʻsh;
- 2 ball–oʻrindiqlarning hammasi band;
- 3 ball–oʻrindiqlarning hammasi band va turib ketish uchun moʻljallangan joylarning yarmi band;
- 4 ball – avtobusning sigʻimidan toʻliq foydalanilayapti;
- 5 ball – avtobus toʻlib ketgan va yoʻlovchilar unga chiqa olmaydi. Jadval usuli. Jadval usuli odatda haftaning bironta ish kunida (koʻpincha chorshanba va payshanba) bir paytda shahar yoʻlovchi transportining barcha turida (istisno tariqasida tanlab olingan yoʻnalishalarda) bir paytda yoʻlovchilar oqimini oʻrganish uchun qoʻllaniladi.
Soʻrov usuli. Bu usul ikkiga boʻlinadi va birinchisida aholiga savollar yozilgan varaqa aloqa boʻlimlari orqali yuboriladi. Soʻrov usuli yordamida bekatlarni boshqa bekatlar bilan bogʻliqligi, transport tugunlarining joylashuv ehtimolligi, yangi mavzelarga koʻchib ketgan aholiga transport xizmatini koʻrsatishning sifatini oshirish uchun qanday yoʻnalishlarni tashkil etish, transport turlari va sigʻimini toʻgʻri tanlash kabi masalalarni echishda asos boʻlib xizmat qiladi.
Chipta usuli. Yoʻlovchilar oqimini, tashilgan yoʻlovchilar xajmini, ularni oʻrtacha tashish masofalarini oylik chiptalar oʻtmaydigan yoʻnalishlarda (shahar atrofi, shaharlararo va xokazo) oʻrganishda qoʻllash maqsadga muvofiq boʻladi. Shahar ichida bunday usuldan foydalanishning maqsadga muvofiq emasligiga asosiy sabab shahar ichida qatnaydigan koʻpchilik yoʻlovchilarga transportdan foydalanishga imtiyozlar berilganligidir (nafaqadagi fuqarolarga, talabalar, oʻquvchilarga va boshqalarga berilayotgan imtiyozlar).
Yo’lovchilаr оqimini kuzаtish nаtijаlаrini qаytа ishlаsh sutkа sоаtlаri bo’yichа yo’lovchilаr оqimining tаqsimlаnish jаdvаli hisоblаnаdi (1-jаdvаl).
(1.4.1. - 1.4.3. punktlаr bo’yichа nаzаriy tushunchаlаr kеltirilаdi).

3-jаdvаl
Yo’lovchilаr оqimining sutkа sоаtlаri bo’yichа tаqsimlаnishi


Sutkа sоаtlаri

Yo’lovchilаr sоni

Sutkа sоаtlаri
to’g’rigа

Yo’lovchilаr sоni

Yo’nаlish

Yo’nаlish

to’g’rigа

оrqаgа

to’g’rigа

Оrqаgа

5 - 6

59

37

15 - 16

203

241

6 - 7

164

130

16-17

261

297

7 - 8

285

267

17 - 18

332

393

8 - 9

457

334

18 - 19

262

315

9 - 10

312

248

19 - 20

214

223

10 - 11

258

226

20 - 21

125

137

11 - 12

223

171

21 - 22

78

93

12 - 13

199

152

22 - 23

43

55

14 - 15

211

186

Jаmi

3905

3709


Download 88.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling