2.2.Аvtоbus haydovchilari ishini tаshkil etishning аsоsiy shаkllаri.
Bugungi kunda yo’lоvchilarni avtobuslarda tashishda haydоvchilar va chiptachilar mehnatini va dam olishini tashkil etishda quyidagi usullardan foydalanilayapti:
- uchtalangan (uchlangan) shaklda mehnatni tashkil etish;
- ikki yarimtalangan usulda mehnatni tashkil etish; - ikkitalangan usulda mehnatni tashkil etish;
- bir yarimtalangan usulda mehnatni tashkil etish;
- bittalangan usulda mehnatni tashkil etish;
- juftlangan usulda mehnatni tashkil etish.
Har bir yo’nalish uchun haydоvchilar va chiptachilar mehnatini tashkil etish usulini tanlashda quyidagilarga alohida etibor berilishi kerak: yo’lоvchilar oqimini kunning soatlari va yo’nalish bo’laklari bo’yicha taqsimlanishi, ”tig’iz” soatlarni boshlanishi va tugashi, yo’nalishda ishlash uchun zarur bo’lgan avtobuslar soni, ularning sig’imi va hokazo.
Uchtalangan (uchlangan) shaklda haydоvchilar mehnatini tashkil etish. Bu usulda har bitta avtobusga uchta haydovchi (chiptachi) biriktiriladi. Har kuni avtobusda ikki haydovchi va ikki chiptachi ishlaydi. Har ikki ish kunidan keyin har bir haydovchi va chiptachi uchun dam olish rejalashtiriladi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mehnatni bunday tashkil etish usulida har bir haydovchi bir oyda 20 kun ishlaydi va 10 kun dam oladi.
Ikki yarimtalangan usulda haydovchilar mehnatini tashil etish. Bu usulda ikkita avtobusga 5 ta haydovchi (chiptachi) biriktiriladi. Ikkita haydovchi har kuni bitta avtobusda yana ikkita haydovchi ikkinchi avtobusda ishlaydi. Beshinchi haydovchi (chiptachi) har ikkala avtobusda ishlab ularni almashtirib boradi. Har to‘rt ish kunidan keyin haydovchilarga bir kun dam beriladi.
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 5-haydovchi ikki kun bir avtobusda keyingi ikki kun ikkinchi avtobusda ishlar ekan.
Ikkitalangan usulda haydovchilar mehnatini tashkil etish. Bu usulda har bitta avtobusda ikki haydovchi (chiptachi) 6 kundan ishlaydi. Ularni almashuvi odatda bosh yoki oxirgi bekatlarning birida amalga oshiriladi. Har kuni bir haydovchi (chiptachi) birinchi smenada keyingi kuni esa ikkinchi smenada ishlaydi. Har uchta avtobus brigadaga bitta almashtirib boruvchi haydovchi biriktiriladi. Haydovchilarning ish vaqti 7 soat, dam olish va bayram kunlaridan avvalgi ish kunlari esa 6 soatdan qilib belgilanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |