Mundarija Kirish I – bob. 1917 – yilda Turkistondagi ijtimoiy – siyosiy vaziyat


Turkiston muxtor sho’ro sotsialistik Respublikasi “TASSR”ning tashkil etilishi


Download 97.22 Kb.
bet4/6
Sana22.06.2023
Hajmi97.22 Kb.
#1648096
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tassr

2.1 Turkiston muxtor sho’ro sotsialistik Respublikasi “TASSR”ning tashkil etilishi
Bolsheviklar istak-xohshiga batamom javob bera oladigan Turkiston muxtor sovetlar Respublikasi Turkiston o‘lkasi sovetlarining V qurultoyida tashkil etildi. O‘lka sovetlarining V qurultoyi 1918-yil, 20-aprelda o‘z ishini boshladi. Unda 263 mandatga ega bo‘lgan vakillar qatnashdi. Shulardan 86 kishi bolshevik, 70 so‘l eser va 87 kishi firqa a’zosi edi. Qurultoyda tub yerli mahalliy xalq vakillaridan bor-yo‘g‘i 50 ga yaqin kishi qatnashdi. Bu qurultoy vakillarining atigi 20 foizini tashkil etar edi. Shu bois qurultoy qabul qilgan qarorlar mahalliy musulmon xalqlarining talab va ehtiyojlarini o‘zida to‘la ifoda etadi deb aytish uchun hech qanday asos yo‘q edi. 23-26-aprelda qurultoy sanoat korxonalarini milliylashtirish, temiryo‘l transportidagi ishlaming borishi, yer-suvga doir tadbirlami amalga oshirish, harbiy qurilish, Turkistondagi oziq-ovqat ishlarining ahvolini muhokama qilib, qarorlar qabul qildi. 27-aprelda qabul qilingan «Turkiston Xalq komissarlari sovetining navbatdagi vazifalari to‘g‘risida»gi deklaratsiyada ochiqdan ochiq mustamlakachilik ruhidagi qaror qabul qilindi. Unda: «...Turkiston Rossiya Federatsiyasining tarkibiy qismi boiib qoladi»14, deyilgan edi. 30-aprelda shaxsan V.I.Leninning ko‘rsatmasi asosida qurultoy RSFSR tarkibiga kiruvchi Turkiston Muxtor Sovet Respublikasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi va «Turkiston Sovet Respublikasi to‘g‘risida Nizom»ni tasdiqladi. Qurultoy Turkiston Muxtor Sovet Respublikasining markaziy ijroiya qo‘mitasini va Xalq komissarlari sovetini sayladi. Markaziy ijroiya qo‘mitasining tarkibiga 36 kishi saylandi15. Shulardan bolsheviklar va sol eserlardan 18 tadan vakil bor edi. Markaziy ijroiya qo‘mitasining raisligiga bolshevik RA.Kazakov saylandi. Turkiston respublikasining Oliy davlat organlari tarkibiga birinchi marta mahalliy tub yerli aholi vakillari: Markaziy ijroiya qo‘mitasiga 7 kishi va Xalq komissarlari sovetiga 4 kishi kiritildi. Turkiston Muxtor sovetlar Respublikasining oliy organlariga Sobir Yusupov, Haqqul Husanboyev, Safo Inog‘amxo‘jayev, Jo‘raboyev, Sanjarbek Asfandiyorov, A.Sharafutdinov, Sa’dullaxo‘ja Tursun Xo'jayev, Sh.Ostonboyev va boshqalar a’zo boigan edilar. Rahbarlik o‘rinlarining 80 foizini tub yerli boimagan millatlar vakillari egallab oldilar. Ana shu tariqa sovetlar hukumati biz Turkiston oikasi xalqlarining talab va ehtiyojlarini qondirdik, ularga muxtoriyat berdik deb dunyoga jar soldilar. Amalda esa berilgan muxtoriyat tabiatan milliy emas hududiy edi, xolos. Bu muxtoriyatning barcha samaralari mustamlakachi sovetlar hukumati manfaatlariga bo‘ysundirilgan edi. Bu oddiy haqiqatni yana shundan ham bilish mumkinki, 1918-yil 4-iyulda Moskvada to‘plangan sovetlar V qurultoyi RSFSRning birinchi Sovet Konstitutsiyasini qabul qilish bilan 1918-yil, 5-14-oktabrda Turkiston o‘Ika sovetlarining VI favqulodda quriltoyi chaqirildi. Unda RSFSR Konstituttsiyasidan ko‘chirib va unga monand tarzda Turkiston Muxtor sovetlar Respublikasining birinchi Konstitutsiyasi qabul qilindi16. Albatta, bu ishlaming hammasi siyosiy o‘yin va nayrangbozlikdan boshqa hech narsa emas edi. Ayyorona siyosiy nayrangbozlik Turkiston Kompartiyasini tashkil etish jarayonida ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Turkiston kommunistik firqasi 1918-yil, iyunga qadar ham tashkilot sifatida uyushib shakllanmadi. Chunki o‘tgan mavzularda ta’kidlangani singari kompartiyaning Turkiston o‘lkasidagi mahalliy tub yerli aholi o‘rtasida na moddiy va na ma’naviy tayanch bazasi yo‘q edi. Kompartiya g‘oyalari mahalliy aholi uchun tushunarsiz va begona bo‘lganligidan keng mehnatkashlar ommasi unga ergashmadi. To‘g‘ri, 1918-yil iyun oyiga kelganda o‘lkada 20 ta partiya tashkiloti bo‘lib, ularning saflarida 2 mingga yaqin firqa a’zosi bo‘rligi tarixiy manbalarda qayd etiladi. Ammo bu a’zolaming hammasi asosan yevropa millatlariga mansub bo‘lgan kishilar edilar. 1917-yil, oktabr harbiy to‘ntarishidan so‘ng kommunistik firqa mamlakatda hokimiyatni hech kim bilan boiishmaydigan yagona rahbar firqaga aylandi. 1918-yilda Uritskiyning oidirilishi, V.I.Leninning yarador qilinishi mamlakatda barcha muxolifot firqalar faoliyatini taqiqlab qo‘ydi. Kompartiya o‘zining yakka boshchilikdan iborat rahbarlik mavqeyini saqlab qolishi va mustahkamlashi uchun Rossiyaning mustamlakalari bo‘lgan o‘lkalar va hududlarda, shu jumladan Turkistonda ham o'zining ishonchli boshlang‘ich tashkilotlarini shakllantirmog‘i kerak edi. Kompartiya bunday filiallar orqali bepayon va katta mamlakat hududidagi davlat idora va boshqarish tizimini o‘z qo‘l ostida bamisoli o‘rgimchak uyasi singari qamrab markazlashtirib olar edi. Ana shu uzoq kelajakka ko‘zlangan maqsad taqozosi bilan V.I.Lenin firqaviy tashkiliy ishlarda chiniqqan o‘z shogirdlari V.D.Votinsev, N.S.Kachuriner, M. Troitskiylami 1918-yilning birinchi yarmida Turkiston kompartiyasini tashkil etish uchun Toshkentga yubordi. Ularning tashabbusi va tashkilotchiligida 1918-yil, 17-iyunda Toshkentdagi Hurriyat uyida Turkiston bolsheviklarining o‘lka konferensiyasi ochildi. Konferensiya delegatlari asosan yevropa millatlariga mansub shaxslar edilar. Jumladan, Konferensiyada aniboimagan maiumotlarga qaraganda 1500 partiya a’zolari nomidan 43 ga yaqin vakillar ishtirok etgan. Konferensiyada Turkiston oikasidagi deyarli barcha partiya tashkilotlarining vakillari qatnashayotganligi uchun oika communist-bolsheviklar firqasining birinchi qurultoyi deb ataldi. Albatta, bolsheviklar qurultoyning bunday tarkibda boiishi bir qator shovinistik xarakterdagi qarorlar qabul qilinishiga sabab boidi. Jumladan, hozirgi payt to‘g‘risida qabul qilingan qarorda dehqonlarga nisbatan dushmanlarcha baho berildi. Qurultoy rezolyutsiyasida dehqonlami «Mayda burjua elementlari», «inqilobiy yo‘qsillaming faqat muvaqqat hamrohlarigina boia oladi va ertami-kechmi inqilobiy yo‘qsillardan orqada qoladi va hatto kontrrevolyutsiya uchun tayanch boiib qoladi», deb ko‘rsatildi. Agar Turkiston oikasi tub yerli aholisining asosiy qismini dehqonlar tashkil etganligi hisobga olinsa mazkur qaroming naqadar g‘arazli maqsadlami ko‘zlaganligi yanada oydinlashadi. Ayni paytda qurultoy qarorlarida Turkiston oikasida musulmon aholini dahshatli qirgin qilishda o‘z shafqatsizligi bilan nom chiqargan dashnoqsutyun partiyasi yo‘qsillaming ittifoqchisi qatoriga kiritildi. Bu ham siyosiy tashkilot oiaroq shakllanayotgan Turkiston kompartiyasining maqsad-muddaolarini milliy vatanparvarlik tuyg‘usi bilan tahlil qilib amaliy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Qurultoyda Turkiston kommunistik firqasining yetti kishidan iborat Markaziy qo‘mitasi saylandi. Markaziy qo‘mita a’zolarining Nizomiddin Xo‘jayevdan tashqari hammasi ovrupo millatlariga mansub shaxslar edilar. Bular: I.Tobolin - rais, A.Solkin, V.Votinsev, M.Troitskiy, K. Sorokin va P.Yermolovlardir. Ana shu tariqa Turkiston kommunistik firqasiga asos solindi. Xuddi shu davrdan boshlab Turkiston kommunistik firqasi sovetlar hukmronligining 1918-1924-yillarida O‘rta Osiyoda amalga oshirilgan siyosiy o‘yinlariga boshchilik qildi. Bu siyosiy o‘yinlar yangidan yangi hududiy firqa tashkilotlarini tuzish, O‘rta Osiyoda Rossiya mustamlakachiligi tartibotlarini mustahkamlash maqsadida zarur boigan barcha ayyorlik tadbirlarini ishga solishni o‘z ichiga olar edi17. Kommunistik firqaning bu tadbirlariga andakkina bo‘lsada o‘z mustaqil fikrini bildirgan shaxslar har xil vaj-korsonlar bilan shafqatsizlarcha jazolanardi. 1918-yilning ikkinchi yarmidan e’tiboran Turkiston kommunistik firqasi Markaziy qo‘mitasida ichki vaziyat keskinlashdi. Bu keskinlik asosan Markaziy qo‘mitaning rahbarlik lavozimlarida o‘tirib olgan «eski kommunistlar» guruhi (I.Tobolin, F.Kolesov va boshqalar) bilan markazdan yuborilgan firqa xodimlari - «yosh kommunistlar» guruhi o‘rtasida kuchayib ketdi. Turkiston o‘lkasi sovetlaming VI syezdi qarori bilan I.Tobolin va F.Kolesov barcha rahbarlik lavozimlaridan chetlatilgan edilar. Ular o‘z atrofiariga tarafkashlami to‘plab rahbarlik lavozimiga yangi kelganlarga qarshi kurashni avj oldirdilar. Turkiston kompartiyasidagi rahbarlar o‘rtasida hokimiyat talashib olib borilgan kurash shu darajaga yetdiki, u nafaqat quyi partiya tashkilotlari, hatto harbiy qo‘shinni ham o‘z girdobiga tortdi. Turkiston oikasida tang siyosiy vaziyat vujudga keldi. Ish shu darajaga borib etdiki, mojaroni tinchitish maqsadida favqulodda tergov gumhi tuzildi. Nihoyat ushbu muammo 1918-yil, 17-29-dekabrda o‘z ishini olib borgan Turkiston kompartiyasining II qumltoyigacha davom etdi. «Keksa kommunistlar» gumhining rahbarlari I.Tobolin va F.Kolesov o‘z xatolariga iqror bo‘ldilar. Qumltoy «keksa kommunistlar» gumhining nifoqchilik faoliyatini qoraladi va undan umumfirqa intizomiga bo‘ysunishni talab qildi. Turkiston kompartiyasidagi ichki hokimiyatni talashish natijasida vujudga kelgan siyosiy buhron o'lkada kompartiyaning obro‘sini tushirib yubordi. Bu kurashga hatto harbiy qo‘shin rahbariyati ham aralashdi va o‘lkada harbiy to‘ntarish yasab hokimiyatni o‘z qo‘liga olmoqchi bo‘Idi.


Download 97.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling