Mundarija kirish I – bob. Biotexnologiyaning rivojlanishi
Download 0.62 Mb.
|
Kurs ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- E. coli
Ligazalar. 1961-yil Mezelson va Veygl fag 1 misolida rekombinatsiyaning mohiyati DNK molekulalarining kesilishi va keyinchalik birlashishidan iboratligini koisatganlar. Bu DNKfragmentlarining tikilishida qatnashadigan fermentlarni topishga sabab bo‘lgan. 1967-yil bunday ferment topilgan va ular DNK-ligazalar deb nomlangan. Bu ferment nuklein kislotaning ikki zanjirli molekulasidagi fosfodiefir bog'ni katalizlaydi. Boshqacha aytganda, DNKligazalar yonma-yon joylashgan nukleotidlami qand qoldiqlariaro bog' hosil qilib birlashtiradi. DNK-ligazalar DNK reparatsiyasi jarayonlarida, replikatsiyada juda kerakdir.
DNK-ligazalar kofaktorga boigan zaruriyati va ta ’sir qilish xususiyatiga ko'ra 2 tipga ajratiladi. E. coli ning DNK-ligazasi kofaktor sifatida difosfopiridinnukleotidni, T4-fagining ligazasi esa Mg2+ishtirokida ATF ni ishlatadi. III.3. Rekombinant DNK hosil qilish metodlari Genetik rekombinatsiya — ikki xrontosomalararo genlaming almashinuvidir. Pontekorvoning 1958-yilda bergan ta ’riflga ko‘ra, rekombinatsiya — ikki yoki undan ortiq determinant irsiy belgilarga ega boigan hujayra yoki organizmlarning hosil bolishiga olib keladigan jarayondir. Bunday rekombinatsiya sut emizuvchilarda jinsiy hujayralarning hosil boiishida albatta ro‘y beradi. Meyoz vaqtida gomologik xromosomalar genlar bilan almashinadi (krossingover); aynan ana shu almashinuv orqali irsiy belgilarning avloddan- avlodga olishini tushuntirish mumkin. Virus va bakteriyalarda genetik rekombinatsiya hayvorilarga nisbatan kamroq bo‘ladi. Genetik materialning almashinuvi, undan keyin sodir boladigan rekombinatsiya bir yoki bir-biriga yaqin turlarda ro‘y beradi. Barcha tirik organizmlarda restriksion endonukleazalar mavjud bo’lib, ular organizmga kirgan yot DNKni taniydi va uni parchalaydi. Genlar almashinuvi yoki genni hujayraga kiritish In vitro sharoitidagi genetik rekombinatsiya orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu usul bakteriyalarda, xususan, ichak tayoqchasi hujayralariga hayvon va odam genlari kiritilib, ular replikatsiyalanishga erishish natijasida ishlab chiqilgan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling