Mundarija: Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot


Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar


Download 1.79 Mb.
bet18/20
Sana05.01.2022
Hajmi1.79 Mb.
#228184
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
To'lqin kurs loyiha transportdan

Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar

Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash asosan quyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi:

а) texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyorlash;

b) xavfdan himoyalanishning muhandis-texnik vositalaridan foydalanish;

d) xavfsiz texnologik jarayonlarni tatbiq etish;

e) ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitish;

f) xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish.

Xavfsizlikni ta’minlash uchun quyidagi bir qator texnik vositalardan foydalanish talab etiladi:



Blokirovkalash qurilmalari. Mashina va mexanizmlarning o‘ta xavfli zonalarida xavfsizlikni oshirish maqsadida to‘siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan ham foydalaniladi. Blokirovka – bu mashinalar qismini muayyan holatda ushlab turuvchi vositalar va uslublar majmui hisoblanadi. Кo‘pgina mashina va mexanizmlarda xavfsizlikning texnik vositalari kompleks holda ishlatilsada, xavfsizlik to‘liq ta’minlanmaydi. Chunki, ko‘pgina baxtsiz hodisalar ishchining e’tiborsizligi yoki xavfsizlik qoidalariga amal qilmasligi sababli kelib chiqadi. Masalan, har qanday mashina yoki traktorni o‘t oldirishdan oldin uzatmalar qutisi ajratilgan holda bo‘lishi shart, aks holda turli ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Yoki mashinalarning aylanuvchi yoxud boshqa xavfli zonalariga o‘rnatilgan to‘siqlar ta’mirlashdan so‘ng ishchining loqaydligi tufayli o‘rnatilmay qolishi natijasida ish vaqtida xavtli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Blokirovka qurilmalari ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida ishlatiladi va mashina yoki mexanizmdan foydalanish xavfsizligini oshiradi. Himoya kojuxi yechib olinganda kontaktlar elektr ta’minotini uzadi, natijada mashina boshqarish pulti orqali qo‘shilganda ishga tushmaydi. Faqatgina, himoya to‘sig‘i o‘rnatilgach, kontakt qo‘shiladi va elektr ta’minoti ulanadi. Shuningdek, mashina va traktorlarga shunday maxsus moslama o‘rnatish mumkinki, natijada uzatmalar qutisi qo‘shilgan vaqtda mashina o‘t olmaydi.

Saqlash qurilmalari. Saqlash qurilmalarining asosiy vazifasi nazorat qilinishi talab etiladigan ko‘rsatkichlar (kuch miqdori, bosim, harorat, siljish uzunligi va b.) ruxsat etilgan miqdordan oshgan taqdirda, mashina yoki mexanizmni avtomatik ravishda ishdan to‘xtatish mumkin. Shu sababli, saqlash qurilmalarining konstruk-siyalari mashinalar va texnologik jarayonlarning xususiyatlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarishdagi xavfli faktorlarning hosil bo‘lish tabiatiga ko‘rаsaqlash qurilmalari 4 guruhga bo‘linadi:

1. Mexanik zo‘riqishlardan saqlovchi.

2. Mashinalar qismlarining belgilangan chegarada harakatlanishini ta’minlovchi.

3. Воsim va haroratni ruxsat etilgan me’yordan oshishini taqiqlovchi.

4. Elektr toki kuchini ruxsat etilgan miqdordan oshmasligini ta’minlovchi.

Birinchi guruhdagi saqlash qurilmalariga muftalar, yuk ko’tarishni cheklash moslamalari, uziluvchi shtiftlar va shpilkalar, aylanishlar soni regulatorlari kiradi.

Ikkinchi guruh saqlash qurilmalarigа mashina va mехаnizmlarning harakatlanuvchi qismlarini belgilangan chegarada harakatlanishini ta’minlovchi moslamalar: ajratgichlar, tayanchlar, to’xtatgichlar kiradi.

Tormoz qurilmalari. Tormoz qurilmalari harakatlanadigan mashinalar yoki ularning qismlarini tez to’xtatish, yurish tezligini sekinlatish, bir joyda qo’zg’almay turishini ta’minlash hamda ko’tarilgan yuklarni o‘z holicha tushib ketishining oldini olish maqsadida ishlatiladi. Кo’pgina mashina va mexanizmlarning ishchi a’zolari katta massaga va yuqori aylanish tezligiga egaligi sababli, o’z enersiyasi hisobiga uzoq vaqt aylanishi va bu ishchilar uchun katta xavf keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, ishchining jarohatlanish xavfi darajasi birinchi navbatda tormoz qurilmalarining ishga tushish vaqtigа bog’liq bo’ladi.

Signal qurilmalari. Barcha zamonaviy texnikalarda xavf to’g’risida xabar berish va xavfli vaziyatning oldini olish maqsadida signal qurilmalaridan keng foydalaniladi. Signal qurilmalari vazifasiga ko’rа ogohlantiruvchi, avariyaga oid, tekshirish (kontrol) va bog’lanuvchi bo’ladi. Ishlash tamoyiliga ko’ra esa: yorug’lik signali, tovush signali, rang va belgi signallariga bo’linadi. Yorug’lik signallari zamonaviy texnikalar va avtomobillarda juda keng qo’llaniladi. Bo’larga transport vositalaridagi yorug’lik signalli asboblar, gabarit chiroqlar, to’xtash signallari («Stop-signal»), burilish ko’rsatkichlari, elektr qurilmalari, avtomat va yarim avtomat qurilmalaridagi yorug’lik signallari misol bo‘la оlаdi. Кo’pincha, yorug’lik signallari mashina va mexanizmlarning shovqin darajasi 60-70 Db.dan yuqori bo’lgan holatlarda tovush signallari o‘rniga ishlatiladi. Rang va belgi signallari xavf to’g’risida ma’lumot berish maqsadida foydalaniladi. Masalan, belgilangan standartlarga muvofiq qizil rang – «Taqiqlovchi», «Тo‘xta», «Aniq xavf»; sariq rang – «Diqqat», «Xavf to‘g‘risida ogohlantirish»; yashil rang – «Xavfsiz», «Ruxsat», «Yo‘l ochiq»; ko‘k rang – «Ma’lumot»ma’nolarini bildiradi.

Xavfsizlik belgilari standart bo‘yicha to‘rt guruhga ajratiladi: taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, ko‘rsatuvchi va bo’yuruvchi. Har bir guruhdagi belgilar uchun standart asosida shakl, rang va belgi o‘lchamlari o‘rnatilgan hamda ularni joylashtirish joylari tavsiya etilgan. Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki cheklash uchun ishlatiladi. Masalan, chekishni taqiqlash, уo‘ldan kesib o‘tishni taqiqlash, ochiq olovdan foydalanishni taqiqlash, transport harakatini taqiqlash va h.k. Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo‘lish ehtimoli to‘g‘risida ma’lumot beradi. Masalan, portlash xavfi, yong‘in xavfi, elektr toki xavfi va b.

Buyuruvchi belgilar aniq talablar asosida biror harakatni amalga oshirishga ruxsat etishni ko‘rsatadi. Kо‘rsatuvchi belgilar turli xil оbyektlar joyini, manzilini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning shakli, rangi va o‘lchami GOST asosida belgilanadi. Masalan, taqiqlovchi belgilar aylana shaklida, ogoh- lantiruvchi belgilar uchburchak shaklida, bo’yuruvchi belgilar kvadrat va ko‘rsatuvchi belgilar to‘g‘ri turtburchak shaklida tayyorlanadi.




Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling