Mundarija: Kirish I- bob


II- BOB2.1. Sarkomastigoforalar, ya’ni soxtaoyoq


Download 1.18 Mb.
bet4/8
Sana11.05.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1451994
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUSUPOV ABBOS KURS ISHI ZOOLOGIYA 5

II- BOB2.1. Sarkomastigoforalar, ya’ni soxtaoyoq
xivchinlilar(Sarcomastigophora) tipi.
Sarkomastigoforalar(Sarcomastigophora) tipi.Bu tipga soxta oyoqlar yoki xivchinlardan iborat harakatlanish orga- noidlarga ega bo'lgan bir hujayralilar kiradi. Ayrim hayvonlarda bu ikki xil harakatlanish organoidlari ham bo'lishi mumkin. Sarkomastigoforlar nam tuproqlarda va suvda hayot kechiradi; odam va hayvonlar organizmida parazitlik qilib yashaydi. Ayrim vakillari esa boshqa hayvonlar bilan simbioz munosabatda bo'ladi. Tip 20000 ga yaqin tumi o'z ichiga oladi; Sarkodalilar (soxta oyoqlilar) va Xivchinlilar sinflariga boiinadi.
SARKODALILAR, YA’NI SOXTAOYOQLILAR (SARCODINA) SINFI
Sarkodalilaming qattiq po'sti bo'lmaydi; hujayra sitoplazmasi faqat sitoplazma membranasi bilan tashqi muhitdan ajralib turadi. Qattiq po'st rivojlanmaganligi uchun sarkodalilar tanasining shakli doimiy emas. Sitoplazmadan hosil bo'lib turuvchi o'simtalar yordamida hayvon sekin-asta siljiy- di; shuning uchun bunday oyoqlar soxta, ya’ni psevdopodiylar deb ataladi. Soxta oyoqlar parraksimon (lobopodiylar), ipsimon (filopodiylar), nursimon (askopddiylar) vato‘rsimon (retikulopSdiylar) shaklida bo‘lishi mumkin. Soxta oyoqlar oziqni qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Sarkodalilar hujayrasida bitta yoki bir necha yadrosi bor. Chuchuk suvlarda va tuproqda yashovchi turlarida qisqaruvchi vakuoli bo'ladi. Ular barcha bir hujayralilarga o'xshash butun tana sirti orqali nafas oladi. Sarkodalilar ko'pinchaikkigabo'linish, ba’zan kurtaklanish orqali jinssiz ko'payadi. Jinsiy ko'payishi xivchinli yoki amyobasimon (xivchinsiz) gametalar hosil qilish orqali sodir bo'ladi. Bu sinfga 11000 dan ortiq tur kiradi. Ko'pchilik turlari chuchuk suvlarda, dengiz va okeanlarda hamda tuproqda erkin yashaydi. Ayrim turlari parazit hisoblanadi. Sinf ildizoyoqlilar, nurlilar, quyoshlilar va akantariyalar kenja sinflarini o'z ichiga oladi.
Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) kenja sinfi. Ildizoyoqlilaming soxta oyoqlari xilma-xil va harakatchan bo 'ladi. Sitoplazmasi doimiy, ixtisoslashgan zonalarga bo'linmagan. Bu kenja sinf amyobalar, chig'anoqli ildizoyoqlilar va foraminiferalar turkumlariga bo'linadi. Parazit amyobalar. Odam va turli hayvonlaming ichagida parazit amyobalarning bir necha turi topilgan.
Ular orasida ichburug' amyobasi Entamoeba histolytica odamlaming amyobiaz, ya’ni qonli ichburug' bilan og'rishiga sabab bo'ladi. Ichburug' amyobasining kat- taligi 20-30 mkm bo'lib, yo'g'on ichakda yashaydi vaichak epiteliysini jarohatlaydi. Ichburug' amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo'lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko'p sonli kalta va yo'g'on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo'ladi. Ichburug' amyobasijudakengtarqalgan.Yershariningturlihudud- laridaamyobabilan 10 foizdan 30 foizgachaodamlarzararlanishimumkin. Lekin amyobiaz bilan kasallanish belgilari asosan issiq tropik va subtropik xududlarda yashovchi xalqlar о 'rtasida uchraydi. О 'rta va Shimoliy keng- liklarda yashovchi aholi ichagida ham amyoba uchrab tursa-da, kasallanish hollari deyarli kuzatilmaydi. 3-rasm. Entamoeba histolytica
Amyoba bilan zararlangan, lekin ichburug' bilan kasallanmaydigan odamlar amyoba tashuvchilar hisoblanadi. Ba’zi hollarda, masalan issiq iqlimda organizm immuniteti kuchsizlanib qolganida amyobalar ichak devoriga kirib, epiteliy hujayralarini yemiradi va og'ir qonli ichburug' kasalligini keltirib chiqaradi. Amyobalar asosan jarohatdan chiqadigan qondagi eritrotsitlar bilan oziqlanadi. Kasallik vaqtida davolanmasa sumnkali formagao'tadi. Kasal kishi juda ozib ketishi, ba’zan halok bo'lishi mumkin. Ichburug' amyobasi sista orqali tarqaladi. Ovqat qoldig'i bilan yo'g'on ichakdan to 'g'ri ichakka tushgan amyobalar psevdopodiylarini tortib olib, yumaloqlanadi. Ektoplazma esa yupqa va pishiq qobiq ishlab chiqargach, parazit sista davriga о'tadi. Shu davrda sista ichidagi amyobaning yadrosi ketma-ket ikki marta boiinadi va sista ichidagi amyoba to'rt yadrolik bo'lib qoladi. Axlat bilan tashqariga chiqadigan sistalar noqulay sharoit ta’sirigajudachidamli; nam tuproqlarda2-3 oy davomida ham yashovchanligini yo'qotmasligi mumkin. Lekin sistalar quruq va issiq muhit ta’siriga uzoq chidash berolmaydi. Sistalami pashshalar ham tarqatishi mumkin. Amyoba sistasi suv yoki ovqat bilan odam ichagiga tushganida uning qobig‘i yen liriladi. Sitoplazmasi esa yadrolar soniga muvofiq ikki marta bo ‘lingach, to'rtta amyoba hosilbo'ladi. Yosh amyobalar faol oziqlanishga o'tadi. Kuchli zararlangan odam ichagidan bir sutka davomida 300 mln.gacha sista chiqishi mumkin. Odam ichagida yashovchi ayrim amyobalar mutlaqo zararsiz hisoblanadi. Ichak amyobasi - Entamoeba coli xuddi shunday amyobalardan hisoblanadi. Uning tuzilishi ichburug' amyobasiga o'xshash, lekin sistasi 8 yadroli bo'ladi. Parazit amyobalar kasallangan tishlaming kovagi; it, cho 'chqa, ot va boshqa hay vonlar ichagida; asalarilaming malpigi naychalaridaham topilgan.

Xivchinlilar sinfi 2 ta kenja sinfga ya`ni, O`simliksimon xivchinlilar va Hayvonsimon xivchinlilargaga bo`linadi. O`simliksimon xivchinlilar kenja sinfi 3 ta turkumni o`z ichiga oladi. Hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfiga 6 ta turkum kiradi. Bular: Yoqali xivchinlilar, Ildiz xivchinlilar, Kinetoplastidlar, Ko`p xivchinlilar. Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumi. Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog'langan maxsus organi - kinetoplast bo'ladi. Ayrim turlari (Bodo) erkin yashaydi. Asosiy ko'pchilik turlari parazit hayot kechiradi. Parazit kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi tripanozomalar (Trypanosoma) urug'i vakillari ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Ulaming tasmaga o'xshash yassi tanasi 20-70 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo'nalgan. Xivchin yupqa to'lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan.


Uyqu kasali tripano- zomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda og'ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Tripanozoma qon plaz- masida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga o'tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm og'ir xastalikka chalinadi. Kasai kishi ko'p uxlaydi va juda ozib ketadi; davolash choralari ko'rilmaganda halok bo'ladi. Uyqu kasali tripanozomasi tabiatda yovvoyi 4-rasm. Trypanozoma rhodesiense
hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanozomani se-se pashshasi (Glossina morsitans, G.palpalis) antilopalardan odamlarga yuqtirishi aniqlangan. Pashshalar ichagida tripanozoma bo‘yiga bo‘linib ko'payadi va tana suyuqligi orqali avval uning so‘lak bezlariga, so'ngra hartumiga o'tib oladi. Pashsha so'lagidan qonga o'tgan parazitlar qon plazmasida yana jinssiz bo'linib ko'payadi. Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikn- ing tabiiy manbasi, se-se pashshasi esa kasallik qo'zg'atuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi. Tripanozomalaming bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida og'ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida Qora mollarda parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei so'nalar yordamida tarqaladi. Qozog'iston, Turkmaniston, O'zbekiston va Ural oblasti choilarida tuyalar, otlar va eshaklarda og'ir “suv og'rig'i” kasalini Trypanosoma evansi
5-rasm. Trypanosoma brucei
keltirib chiqaradi.Bu tripanozoma ham so'nalar orqali tarqaladi. Otlarda kuyikish kasalini qo'zg'atuvchi ot Tripanozoma –bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o'tadi. Bu tripanozoma ham so'nalar orqali tarqaladi. Otlarda kuyikish kasalini qo'zg'atuvchi ot Tripanozoma - Trypanosoma equiperdum bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o'tadi.Tripanozomalaming ayrim turlari o'simlik to'qimalarida yashashga moslashgan.Masalan, leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikadakofe daraxti bargining sarg'ayibto'kilishiga, ba’zan qurib qolishiga sabab bo'ladi.

Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanozomalarga birmuncha o'xshash tuzilgan lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qil- maydi, harakatsiz bo'ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo'lgan bu parazitlaming ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi vakinetoplasti bor. Leyshmaniyalaming ikki turi odamda parazitlik qilishi ma’lum.Tropik leyshmaniya (Ltropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, sumnkali pendinka yarasini paydo qiladi. 6-rasm .Yomon yara
Bu yara O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida yomon yara yoki pashshaxo'rda nomi bilan ham ma’lum. Bunda dastlab terida kichikroq shish paydo bo'ladi, keyinchalik shish yiriklashib sumnkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib ketadi, lekin uning o'mi chandiq bo'lib qoladi. Tabiatda leyshmaniya parazitikemiruvchilar(yumronqoziq, kalamushlar) vaitlarda parazitlik
qiladi. Bu hayvonlar leyshmaniya parazitining rezervuari hisoblanadi.Kemiruvchilar inida yashaydigan
7-rasm. Leishmania tropica
qon so'ruvchi iskabtoparlar (Phlebotomus pappatasii) hayvonlar qonini so'rganida leyshmaniyani o'ziga yuqtiradi. Iskabtoparlar ichagida leyshmaniy a bo‘ linish orqali tez ko'payadi; uning xivchini paydo bo'ladi va faol harakat qiladi. Iskabtoparlar leyshmaniyani odamlarga yuqtiradi. Leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi-G'arbiy Osiyoning birqancha mamlakatlarida tarqalgan. Kasallik O'zbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan bo'lib, uning tabiiy manbai asosan cho'l mintaqasidagi yumronqoziqlar ini bilan bog'langan. Shunday qilib, leyshmaniya ham uyqu kasalligi ko'zg'atuvchisi singari tabiatda odam bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat’iy nazar yovvoyi hayvonlar organizmida mavjud bo'ladi. Parazitlarni bir hayvondan boshqasiga hasharotlar yuqtiradi. 8-rasm.Leishmania donovani
Rus parazitologi YE. N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar о 'rtasida bo`g`i- moyoqlilar yordamida aylanib yur- adigan kasalliklami tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi. Odamlarning jigari, talog 'i va limfa bezlarida parazitlik qiluvchi Leishmania donovani “kala-azar” deb ataluvchi og'ir ichki leyshmaniozni paydo qiladi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Kasallangan kishida kam qonlik paydo bo'lib, u ozib ketadi. Jigar va talog'i shishib halok bo'lishi mumkin. Kala-azami ko'zg'atuvchi leyshmaniya paraziti tabiatda itlar qonida yashaydi. Kala-azar Janubiy va Shimoliy Osiyo va Italiyada, Turkmanistonning ayrim hududlarida uchraydi. Yuqorida ko'rsatilgan har ikkalaleyshmanioz bilan ham ko'proq bolalar kasallanadi. Kasallikdan keyin muntazam immunitet hosil bo'ladi.Shuning uchun odam leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.
Ko‘p xivchinlilar (Polymastigina) turkumi. Ko'p xivchinlilarga ancha murakkab tuzilgan parazit xivchinlilar kiradi. Xivchinlar soni to'rtta yoki undan ko'proq bo'ladi. Odam va umurtqali hayvonlaming ichagida juda ko ‘p xivchinlilar parazitlik qiladi. Ichakda yashaydigan trixomonas (Trishomonas) nnng butun tana bo'ylab o'tuvchi ichki tayanch o'q skeleti-aksostili va to'lqinlanuvchi pardasi bo'ladi. Xuddi shunday o'q skelet lambliya (Lamblia) urug'iga mansub bo'lgan xivchinlilarda ham uchraydi. Yo'g'on va ingichka ichakda parazitlik qiladigan trixomonas (Trichomonas hominis) ning uzunligi 7-10 mkm bo'lib tanasining oldingi tomonida to 'rtta xivchini joylashgan. Beshinchi xivchini orqa tomonga egilib, tana pellikulasi bilan birga yupqa to'lqinlanuvchi pardani hosil qiladi. Odamning tanosil-siydikyo'llaridaT.vaginalis parazitlik qiladi. О'n ikki barmoqli va ingichka ichakda, o't yo'llarda uchraydigan lambliya (Lamblia intestinalis) tanasi ikki tomonlama simmetriyali bo'lib, ikkitadan yadrosi va aksostilga o'xshash tayanch fibrillar apparati, 8 ta xivchinlari bor. Qorin tomonida ichakka yopishish uchun so ‘rg'ichi rivojlangan. Ular sista orqali tarqaladi. To‘g‘ri ichakka tushgan lambliyalar xivchi- nini yo‘qotadi va qalin po'stga o‘ralib, sista hosil qiladi. Lambliya ichakda juda ko‘plab ko ‘payganida ichakning normal faoliyatim buzilishiga, ba’zan 4 pufagining yallig ‘lanishi (holetsistit)ga sabab bo ‘lishi mumkin.


9-rasm. Trichomonas hominis 10-rasm.Trichomonas vaginalis

Gipermastiginalar (Hypermastigina) turkumi vakillari termitlar va suvaraklaming ichagida simbioz yashaydi. Ular ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, xivchinlari va ko'pincha yadrolari ham ko‘p bo‘ladi. Tanasida aksostil, murakkab parabazal apparatlari hamda yadro bilan bog‘liq maxsus tayanch apparati rivojlanadi. Gipermastiginalar qiyin hazm bo'ladigan kletchatkani termitlaming hazm qilishiga yordam beradi.


Opalinalar (Opalina) turkumiga yirik ko‘p yadroli ko‘p xivchinli parazit hayvonlar kiradi. Ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar ichagining keyingi qismida yashaydi. Opalinalaming og'izchasi bo‘lmaydi shuning uchun oziqni tana yuzasi orqali shimib, saprofit oziqlanadi. Opali- nalar tanasi infuzoriyalaming kipriklariga o'xshab bir tekis joylashgan juda ko'p xivchinlar bilan qoplangan. Shu sababli ular uzoq vaqt mobaynida infuzoriyalar tarkibida o'rganib kelingan. Lekin opalinalarda ixtisoslashgan yadro bo‘lmasligi, jinsiy ko'payishi esa gametalaming kopulyatsiyasi -juftlashish orqali sodir bo‘Iishi sababli xivchinlilarga yaqin turadi. Opalinalaming hayot sikli xo'jayini hayoti bilan bevosita bogiangan. Ular yil davomida faqat bir marta jinsiy ko'payadi. Bahorda baqalar tuxum qo'yishi davrida opalinalaming sistalari baqa ichagidan suvga tushadi. Sistalami itbaliqlar yutganida ularning ichagida sistalardan chiqqan opalinalar bir necha marta bo ‘linishdan keyin bir yadroli jinsiy hujayralar - gametalarga aylanadi. Gametalar qo‘shilishidan keyin hosil bo'lgan zig- otadan ichakda ko‘p yadroli opalina yetishib chiqadi. Shundan keyin ular boiinish yoii bilan jinssiz ko‘payishga kirishadi


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling