Mundarija: Kirish I- bob
Miksosporidiyalar(Myxosporidia) va Mikrosporidiyalar (Microsporidia) tiplari vakillari
Download 1.18 Mb.
|
YUSUPOV ABBOS KURS ISHI ZOOLOGIYA 5
2.3..Miksosporidiyalar(Myxosporidia) va Mikrosporidiyalar (Microsporidia) tiplari vakillari.
MIKSOSPORIDIYALAR (MYXOSPORIDIA) TIPI. Miksosporidiyalar tipi ikki sinf: miksosporalilar (Myxosporea) va ak- tinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinflarini o'z ichiga oladi. Umurtqasiz hayvonlar va tuban umurtqalilar (asosan, baliqlar, halqali chuvalchanglar, ba’zan sudralib yuruvchilar) tana bo'shlig'i, to'qimalari va hujayralarida parazitlik qiladi. MIKSOSPORALILAR (MYXOSPOREA) SINFI. Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilarga asosan baliqlarda, ba’zan sudralib yuravchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur kiradi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan, hamma suv havzalarida uchraydi. Ayrim miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, ulaming chavoqlari (yosh baliqlar)da og'ir kasallik paydo qiladi va baliqchilik xo‘jaliklariga katta ziyon keltiradi. Miksosporalilar to'qimalar va tana bo‘shlig‘ida yashaydi; har xil organlar, jabralar, teri, muskullar, оЧ va siydik pufaklari, tog‘ay va boshqalami zararlaydi. Organlar bo‘shlig‘ida uchraydigan voyaga yetgan miksosporalilar ko‘p yadroli amyobaga o'xshash bo‘ladi. Ulaming kat- taligi bir necha mkm.dan 2 sm.gacha keladi. To'qimalarda miksosporalilar 1-2 sm va undan ham yirikrok shishlar hosil qiladi. Sistalari ko'p yadroli bo'lib, plazmodiy tanasi bilan to'lgan. Yadrolari vegetativ va generativ yadrolarga bo'linadi. Vegetativ yadrolari o'sish va moddalar almashinuvi, generativ yadrolar esa ko'payish funksiyasini bajaradi. Generativ yadro- lar atrofiga sitoplazma ajralishi natijasida juda ko'p generativ hujayralar hosil bo'ladi. 19-rasm. Myxobolus miksosporidiyasi bilan zararlangan baliq Bu hujayralar plazmodiy tanasida harakatlanish xususiyatiga ega bo'ladi. Generativ hujayralar yadrosining bir necha marta bo'linishi bilan ko'p yadroli sporoblastlar shakllanadi. Har bir sporoblast ichida 2 tadan ko'p yadroli sporahosil bo‘ladi. Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan; ko ‘pincha ikki, ba’zan 3-6 tavaqali bo'ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi, va ikki yadroli amyobasimon murtak, kapsula ichida esa otiluvchi ip o‘rami joylashgan. Shu sababdan bunday sporani daf’atan ko‘p yadroli deyish mumkin. Sporalar tashqi tomondan qattiq po‘st bilan qoplangan, ko'pincha uzun o'simtalari bo'ladi. Baliq tanasidan suvga tushgan sporalami boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat hazm qilish shirasi ta’sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi. Sporaning tavaqalari ochilib, amyobaga o‘xshash parazit chiqadi va ichak epiteliysi orqali qonga о ‘tib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi. Uning yadrolari bo'linishi natijasida ko‘p yadroli plazmodiy hosil bo‘ladi. Keyinchalik plazmodiy da generativ у adrolar shakllanadi va spora hosil bo‘ladi. Miksosporalilaming generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo‘ladi. Faqat spora hosil bo‘lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo‘lib qoladi. Buning natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (jumladan amyobasimon murtak, otuvchi kapsula va tavaqalaming yadrolari) gaploid bo‘ladi. Faqat amyobasimon murtakning spora ichidan chi- qishidan oldin murtak yadrolari juft-juft bo‘lib qo`shilishi natijasida diploid yadro hosil bo'ladi. Jinsiy ko'payish ana shunday sodir bo‘ladi va uni avtogamiya deyiladi. Shunday qilib, jinsiy ko ‘payish xususiyati hamda hayot siklida yadrosin- ing gaploid va diploid fazalari nisbati o'ziga xos bo'lishi bilan miksosporalilar boshqa sporalilardan keskin farq qiladi. Ularda xivchinli stadiyasi bo‘lmaydi. Bu bilan miksosporalilar boshqa sporalilar singari xivchinlilarga emas, balki soxta oyoqlilarga yaqin turadi. Bir qancha miksosporalilar turi baliqlaming ko‘plab nobud bo‘lishiga sababbo'ladi. Gulmoy (forel) o‘stiriladigan xujaliklarga miya miksozomasi Myxosoma serebralis katta ziyon keltiradi. Parazit yosh baliqlar tog‘ay to'qimasini zararlab, ulaming umurtqalarinining qiyshayishiga sabab bo'ladi. Yarim halqa naylar zararlanishi natijasida baliqlaming tana muvozanati buziladi. Ular o‘z o‘qi atrofida aylana boshlaydi va halok bo‘ladi. Kudoa (Kudoa) urug'iga kiruvchi miksosporalar ovlanadigan dengiz baliqlariga katta ziyon keltiradi. Bu parazitlar baliq muskullarini avtolizi (yemirilib, suyuqlanishi)ga sabab bo'ladi. Kasallangan baliqlar iste’ mol qilishga у aramaydi. Aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi vakillari halqali chuvalchanglar va sipunkulidlarda parazitlik qiladi. Ular miksos- poralilardan sporasining yanadaham murakkabroq tuzilishi bilan farq qiladi. MIKROSPORIDIYALAR (MICROSPORIDIA) TIPI.Mikrosporidiyalar hujayra ichida parazitlik qiladi; asosan har xil bo‘g‘imoyoqlilami, ba’zan umurtqali hayvonlar (asosan baliqlar)ni zararlaydi. Bu tipga 900 ra yaqin tur kiradi. Sporasida otiluvchi ipi bo'lishi bilan ular qisman miksosporalilarga o'xshab ketadi.Lekin miksosporidiyalar sporasi yuqorida qayd qilinganidek ko‘p hujayrali, mikrosporidiyalaming sporasi bir hujayrali bo'ladi. Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik (4-10 mkm) bo'lib, qattiq po'st bilan qoplangan. Spora ichida spiral o'ralgan ipcha va ikki yadroli murtak (sporoplazma) bor. Mikrosporidiyalaming hayot sikli ham miksosporidiyalamikiga o'xshash bo'ladi. Sporasi oziq bilan xo'jayini ichiga tushganida otuvchi kapsuladan otilib chiqqan ipchasi ichak epiteliysiga botib kiradi. Ip bilan birga sporadan chiqqan ikki yadroli sporaplazma epiteliy hujayrasiga kirib oladiXo'jayin hujayrasida parazit shizogoniya orqali ko'payib, ko'p hujayrali zanjimi yoki ko'p yadroli plazmodiyni hosil qiladi. Shundan so'ng plazmodiy tanasi va zanjir alohida hujayralarga ajralib ketadi. Yadrolar bir marta bo'lingandan so'ng har qaysi hujayra ikki yadroli bo'ladi. Hujayra qattiq po'st bilan o'ralib, spora hosil qilish jarayonida plazmodiyning ikkala yadrosi bir-biri bilan qo 'shiladi. Shundan keyin keladigan sporogoniya jarayonida yuqorida ta’riflangan bir hujayrali sporalar hosil bo'ladi. Spora ichidagi yadrolaming qo'shilishi jinsiy ko'payish protsessidagi jinsiy hujayralaming qo'shilishiga o'xshaydi. Asalarilaming o'rta ichagi epiteliy hujayralari, ba’zan malpigi naychalari, gemolimfasi, tuxumdonlari va so'lak bezlarida asalari nozemasi Noserna apis parazitlik qiladi. Oval shakldagi parazitning uzunligi 5-6 mkm bo'lib, ichak hujayralarining yemirilishiga sabab bo'ladi. Zararlangan arilar ichburug' kasalligiga yo'liqib; kuchsizlanadi; yaxshi ucholmaydi va ko'pchiligi halok bo'ladi. 20-rasm. Nosema apis Tut ipak qurti nozemasi (Nosema bombyci) ifloslangan tut bargi orqali ipak qurtiga yuqadi.Ichak epiteliysi orqali qonga o'tgan parazit qurtning hamma organlarini zararlaydi. N.bombyci qurtlarda “qora son” (pebrina) kasalUgini paydo qiladi. Kasallangan qurtlaming terisi qoramtir dog'lar qoplanadi. Bunday qurtlar axlati orqali tashqi mu- hitga juda ko'p sporalar chiqadi va boshqa qurtlami ham zararlaydi. Kasallangan qurtlar ko'pincha halok bo'ladi. Kuchsiz zararlangan qurtlar halok bo'lmasdan, pilla ichida g'umbakka aylanadi. G'umbakdan nozema bilan zararlangan kapalak chiqadi. Kapalak esa zararlangan tuxum qo'yadi. Shunday qilib, kasalliknasldan-naslga o'tadi. Mikrosporidiyalam- ing ayrim turlari baliqlaming muskulida va biriktimvchi to'qimalarida parazitlik qilib, ba’zan katta ziyon keltiradi. Shimoliy daryolarda yashaydigan baliqlaming ba’zi turlari mikrosporidiyalar bilan kasallanish natijasida ko'plab (25-50%) halok bo'lishi aniqlangan. Ayrim mikrosporidiyalar ovlanadigan va qo'lda boqiladigan 21-rasm. Nosema bombycid mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va mo'ynali hayvonlarga ham katta ziyon keltiradi. Ular odamni ham zararlashi vahatto o'limga olib kelishi mumkinligi aniqlangan.Asalari va tut ipak qurtida mikrosporidoz kasalligiga qarshi kurashish asosan profflaktika tadbirlaridan iborat. Zararlangan ari oilalari dezinfektsiya qilinadi. Kuchli zararlangan oilalarni qirib tashlashga to`g`ri keladi. Tut ipak qurtida pebrina kasalligini oldini oUsh maqsadida kapalak tuxumlari tekshir- ishdan o'tkazib turiladi. Parazit sporasi topilgan partiyalardagi tuxumlar kuydirib tashlanadi. Mikrosporidiyalar orasida har xil parazit chuvalchanglar va bo'g'imoyoqlilarda parazitlik qilib, ulami yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo'luvchi 300 dan ortiq turi aniqlangan. Shuning uchun keyingi davr- da mikrosporidiyalar yordamida zararkunanda va parazit hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishga katta e tibor berilmoqda. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling