Mundarija: Kirish I- bob


Xulosa: Xulosa qilib shuni aytish mumkinki


Download 1.18 Mb.
bet7/8
Sana11.05.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1451994
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUSUPOV ABBOS KURS ISHI ZOOLOGIYA 5

Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,kasallik keltirib chiqaruvchi bir hujayralilar yer yuzida juda keng tarqalgan. Ular inson , hayvon organizlariga juda katta zarar keltiradi. Ular keltirib chiqargan kasalliklar organizmda og`ir asoratlar qoldiradi. Xususan : Uyqu kasali tripanozomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda og'ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Tripanozoma qon plazmasida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga o'tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm og'ir xastalikka chalinadi. Kasai kishi ko'p uxlaydi va juda ozib ketadi; davolash choralari ko'rilmaganda halok bo'ladi. Uyqu kasali tripanozomasi tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanozomalarga birmuncha o'xshash tuzilgan lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qil- maydi, harakatsiz bo'ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo'lgan bu parazitlaming ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi vakinetoplasti bor. Leyshmaniyalaming ikki turi odamda parazitlik qilishi ma’lum.Tropik leyshmaniya (Ltropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, sumnkali pendinka yarasini paydo qiladi. Koksidiyalar hayvonlaming ichagi, jigari, bo ‘yragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida parazitlik qiladi.
Men shu mavzu orqali shu narsani bilib oldimki bu ko’zga ko’rinmas mayda jonzodlar shu darajada xavfli hayvonlar ekan. parazit amyobalarning bir necha turi topilgan. Ular orasida ichburug' amyobasi Entamoeba histolytica odamlaming amyobiaz, ya’ni qonli ichburug' bilan og'rishiga sabab bo'ladi. Ichburug' amyobasining kat- taligi 20-30 mkm bo'lib, yo'g'on ichakda yashaydi vaichak epiteliysini jarohatlaydi. Ichburug' amyobasining ektoplazmasi ancha qalin bo'lib, endoplazmadan aniq ajralib turadi. Parazit ko'p sonli kalta va yo'g'on psevdopodiylari yordamida juda faol harakat qiladi. Bu psevdopodiylar asosan ektoplazma hisobidan hosil bo'ladi.
Taxmin qilinishicha, koksidiya mikroporalar hujayra og'izchalari (mikrotsitostomlar) funksiyasini o'taydi. Ular orqali hujayra ichiga xo'jayin organizmidan oziq moddalar o'tadi. Shunday qilib, koksidiyalar hujayra ichida parazitlik qiluvchi boshqa organizmlar singari butun tana yuzasi orqali, ya’ni osmotik oziqlanmasdan, og'izchasi orqali, oziqni so'rib oladi. Koksidiyalar orasida eymeriya avlodi vakillari turli uy hayvonlariga parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Koksidiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklar koksidioz deyiladi. Eimeria magna, E.perforans, E. intestinalis va boshqalar quyonlarda juda xavfli koksidioz paydo qiladi. Bu kasallik ayniqsa, yosh quyonlar uchun xavfli bo‘lib, ko‘pincha ulaming yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo'ladi.
Qon sporalilarilar ko'p sporozoitlari o'tadi. Plazmodiy sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadroh hujayralar bo'lib, tuzilishi koksidiyalaming sporozoitlarigao'xshaydi. Lekin konoidi bo'lmaydi. Sporozoitlar qon oqimi bilan butun tanaga tarqalib ketadi. Ular jigar va qon tomirlari endoteliysi (ichki qoplama qavati) hujayralari- ga kirib olib, trofozoit va shizont stadiyalarini o'taydi. Jinssiz ko'payish (shizogoniya) natijasida shizontlardan juda ko'p bir yadroli hujayralar - merozoitlar hosil bo'ladi. Merozoitlar endi zararlangan organning boshqa hujayralariga vaqon eritrotsitlariga kirib oUb o'sadi. ParazitniHg eritrotsitlar gemoglobini hisobida oziqlanib о ‘sadigan stadiyasi trofozoitlar deyiladi. Rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining markazida vakuol bo'lganligi sababli uzuk shaklida ko'rinadi. Keyinroq vakuol asta- sekin yo'qoladi va parazit amyobasimon shaklga kiradi. Trofozoitlardan bo'linib ko'payuvchi shizontlar hosil bo'ladi. O'sayotgan trofozoitlarda koksidiyalar merozoitlaridagiga o'xshash ultratsitostora bo'lishi aniqlan- gan. Shizontlar eritrotsit hujayrasini to'ldirib oladi. Parazit eritrotsitlar gemoglobinining bir qismini hazm qiladi; hazm bo'lmasdan qolgan qismi esa qoramtir pigment melaninga aylanadi.
Gregarinalar faqat umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qilgani sababli katta iqtisodiy ahamiyatga ega emas.
Toksoplazmalaming hayot sikli xo ‘jayin almashtirish orqali boradi. Yarim oy shaklidagi trofozoitlaming eni 2-4 mkm, uzunligi 4-7 mkm bo‘ladi. Toksoplazmalar ham hujayra ichida parazitlik qiladi. Elektron mikroskopda tekshirilganida toksoplazmalar merozoitlari ham boshqa koksidiyalarga o'xshash bo'lishi aniqlandi. Toksoplazmalaming jinssiz ko'payishi endodiogeniya yo'li bilan boradi. Endodiogeniyada ikki yosh parazit ona organizm ichida rivojlanadi. Yosh parazitning organoidlari (qonoidi, halqasi, roptriysi, mikronemalari va boshqalari) ona organizm ichida yadroning bo'linishi boshlanishi bilan bir vaqtda hosil bo'ladi. Yosh hujayralaming pellikulasi ona hujayra pellikulasidan hosil bo'ladi.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling