Mundarija: Kirish I- bob


Download 1.18 Mb.
bet2/8
Sana11.05.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1451994
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
YUSUPOV ABBOS KURS ISHI ZOOLOGIYA 5

Mavzuning dolzarbligi. Ta’limni tabaqalashtirish va individuallashtirish o’qitish jarayonida individual va guruhli yondashish prinsipini talab etadi. Zoologiya kursining Davlat ta'lim standartida keltirilgan o'quv dasturida ham bir qancha ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Mazkur dastur bo'yicha zoologiyaga oid bilimlar asosini eng sodda bir hujayralilardan boshlab murakkab tuzilgan sutemizuvchilargacha bo'lgan hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi, ularning yashash muhiti bilan munosabatlari, individual va tarixiy rivojlanishi, tabiat va inson faoliyatidagi ahamiyati, hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ko'paytirish va undan oqilona foydalanish to'g'risidagi bilimlar tashkil etadi. Ta’lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti yetdi, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma’mur-menejerlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim.
Biologik jonzotlarning asosiy qismini hayvonot olami tashkil etadi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish, yo‘qolib borayotgan hayvonlarni saqlab qolish va ko‘paytirish uchun Respublikamiz hududida bir qancha qo‘riqxonalar, milliy bog‘ va pitomniklar tashkil etilgan. Faqat davlatimiz tomonidan ko‘rilayotgan choratadbirlarning o‘zi hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun yetarli emas. Bu ishga umumxalq e’tiborini qaratish kerak. Shuning uchun har biz o‘quvchi Vatanimiz tabiiy boyliklaridan biri bo‘lgan hayvonot dunyosini asrab-avaylashi, uni muhofaza qilish chora-tadbirlarini yaxshi bilib olishi va ularga qat’iy rioya qilishi lozim. Tabiatda har bir tur hayvonning ma’lum bir ahamiyati bor. Hech bo‘lmaganda, oziq zanjirining bir halqasini tashkil etadi. Shu bir halqaning uzilishi tabiat muvozanatining buzilishiga olib keladi
Kurs ishining maqsadi: Kasallik keltirib chiqaruvchi bir hujayralilar mavzusini o`rganish va tadqiqotlarda olingan natijalarni statistic qayta ishlab ilmiy asoslangan xulosalar ishlab chiqish.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling