Mundarija: Kirish I- bob
Download 1.18 Mb.
|
YUSUPOV ABBOS KURS ISHI ZOOLOGIYA 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi va hajmi.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid adabiyotlar manbai bilan ishlash, g’ovaktanlilar, tur tarkibi va ahamiyati haqida ma’lumot to‘plash.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Kurs ishi bajarishda adabiyotlardan o`rganilgan va tahlil qilingan ma`lumotlardan , shuningdek tajriba natijalaridan talabalar kurs ishi mavzularini tayyorlashda , ularning biologiyaga oid bilimlarini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga ega. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi mundarija , kirish , 3 ta bob, xulosa va tavsiyalar va mavzuga bog`liq ta adabiyota manbalaridan iborat , 30 betdan tashkil topgan. Ishda 21 ta rasm mavjud. Bundan tashqari , xulosa, adabiyotlar ro`yxati keltirilgan. I- BOB1.1.Bir hujayrali parazitlarning o’rganilishi. Parazitlar haqidagi ma'lumotlar eramizdan ancha avval paydo bo’lgan.Eramizgacha yashab o’tgan yunon vrachi, tibbiyot iljmining asoschilaridan biri Gippokrat (460-375yy) odamlarda askarida, ostritsa, exinokokk uchrashi haqida ma’lumotlar qoldirgan. Olim fanga birinchi bo’lib “askaridoz”, “helmints” atamalarini kiritgan. Lekin u parazit chuvalchanglarni va boshqa chuvalchanglarni, hatto bo’g’imoyoqlilar lichincalari va ilonlarni hammasini ham bir deb tushungan. U odamlarda uchraydigan askarida, bolalar gijjasi, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gelmintlarni invazion kasalliklarning qo'zg'atuvchisi emas, balki o'z-o'zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati, deb noto'g'ri tushuncha bergan. Eramizdan avvalgi 116-27-yillarda yashagan Rim olimi Varron hayvonlarni botqoqlik, to'qayzorlarda boqqanda og'iz va nafas yo'llari orqali mol organizmiga ko'zga ko'rinmaydigan parazitlar kirib kasallik qo'zg'atadi deb fikr yuritgan. Gabustius (1549) gelmintologiya sohasida birinchi qo’llanmaning muallifi hisoblanadi. Olim qo’llanmada o’z davrida ma’lum bo’lgan gelmintlarga tavsif bergan va davo xillariga to’xtalib o’tgan, jigar qurtiga to’liq tavsif beradi. Protozoa termini birinchi bo’lib fanga 1820 yilda Goldfus tomonidan kiritilgan.Parazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib, parasitos - tekinxo’r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) -- kompleks biologiya fanining bir tarmog’i xisoblanib, parazitizm, hodisalari, ya’ni parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog’liqligi, odam, hayvon va o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan. Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarni tekshiradi. Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarni tekshiradi. K.Zibold va Kyollekerlar (1845) tomonidan sodda hayvonlar olamini shu termin bilan atash taklif qilindi. Sodda hayvonlar XIX asrdan to’liq o’rganila boshlandi. Bu vaqtga kelib, erkin yashaydigan sodda hayvonlar bilan bir qatorda, odam va hayvonlarda parazitlik qiladigan sodda hayvonlar to’g’risida ham ma’lumotlar to’plandi. Parazitologiya fanining taraqqiyotiga mikroskop va mikroskopik tadqiqotlarning takomillashuvi yordam berdi, shu tufayli XIX asrda parazitologiya fan sifatida shakllandi. Mana shu vaqtdan boshlab parazitlarning biologiyasi o'rganila boshlandi va eksperimental parazitologiyaga asos solindi. 1818 yilda L.Ya.Boyanus mollyuskalar tanasidagi serkariylarni trematodalarni lichinkalari bo’lsa kerak deb faraz qiladi. 1827 yilda akademik K.M.Ber tomonidan bu farazning to’g’riligi eksperimentlar asosida isbotlandi va kelgusida ma’lum turdagi trematodalarning rivojlanish siklini o’rganishga imkon berdi. N.A.Xolodkovskiy odam va hayvonlarda uchraydigan gelmintlarning anatomiyasini, biologik rivojlanish bosqichlarini va sistematikasini o’rganib, rus tilida gelmintlar to’g’risida birinchi atlas yozdi. XIX asrning ikkinchi yarmidayoq turli kasalliklarni qo'zg'atuvchi bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar) topildi. Sodda hayvonlarni zamonaviy klassifikatsiyasi R.Leykart (1879) nomi bilan bog’liq. U Sporalilar guruhiga gregarina, koktsidiyalarni qo’shib o’rganishni taklif qildi. Akademik K. I. Skryabin parazitlarning kelib chiqishi xususiyatiga ko’ra, ularni o’rganadigan fanni ikki guruxga bo’ladi. Birinchi gurux - fitoparazitologiya deyilib, u o’simliklar dunyosidan kelib chiqadigan bakteriya, virus va boshqa parazitlar hamda ular ta’sirida sodir bo’ladigan yuqumli kasalliklarni o`rgatadi. 1-rasm. K. I. Skryabin Ikkinchi gurux - zooparazitologiya deyilib, qo’zg’atuvchisi hayvonot dunyosidan kelib chiqadigan (protozoolar, gel’mintlar, zuluklar, bo’g’imoyoqlilar va boshqalar) va har xil parazitlar ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar hamda ularga qarshi kurash choralarini o’rgatadi.Keyinroq esa hasharotlar va kanalar ba'zi kasalliklarning qo'zg'atuvchilarini tarqatishdagi roll, shuningdek, faqat odamlarga xos bo'lgan parazitar kasalliklar ham aniqlandi .Bu davrda parazitologiyaning rivojlanishiga rus olimlaridan E.A. Ostrov-skiy, A.P. Fedchenko, E.K. Brandt, N.M. Melnikov, I.I. Mechnikov, F.A. Lesh; ne-mis olimlaridan F. Kyuxenmeyster, K. Foxt, R. Leykart; ingliz olimlaridan R. Ross, P. Menson, J. Datton, J. Todd; Italiya olimi B. Grassi; fransuz olimi Sh. Nikol va boshqalar katta hissa qo'shdilar.E.A.Ostrovskiy XIX asrning 50 yillarida exinokokkoz va senuroz kasalliklari qo’zg’atuvchilarining rivojlanish sikllarini o’rganib, gelmintlarni o’z-o’zidan rivojlanish qonunini tanqid qiladi.E.K.Brand XIX asrning 70-80-yillarida odam va hayvonlar parazitlari to’g’risidagi kitobni yozadi. N.M.Melnikov it va uy hayvonlarini burgasi hamda junxo’rlar tasmasimon chuvalchanglar sinfiga kiruvchi Dipyllidium caninum turning oraliq xo’jayinlari ekanligini aniqladi. I.I.Mechnikov nematodalarning xo’jayin almashinuvini aniqlab, parazitar kasalliklarda allergiya xususiyati borligini eslatadi va bezgak kasalining qo’zg’atuvchisini haqli kasalining qo’zg’atuvchisini haqliravishda infektsionemas balki invazion kaslliklarga kiradi 2-rasm. N.M.Melnikov deb ko’rsatadi. Tibbiyot sohasida general-leytinant, akademik Ye.N.Pavlovskiy (1884-1965) umumiy parazitologiya muammolarini o’rganadigan umumiy parazitologoya maktabi asoschisi hisoblanadi. Akademik E.N.Pavlovskiy tabiiy manbali transmissiv kasallillarni o’rganish yo’nalishidagi o’z maktabini yaratdi, ya’ni kanalar va hasharotlar orqali tarqaladigan har xil viruslar, bakteriyalar va bir hujayrali parazitlar qo’zg’atadigan transmissiv kasalliklarni Sobiq ittifoqning turli mintaqalaribo’yicha tarqalish qonuniyatlarini o’rgandi.Prof. V.A. Dogel (1882-1955) ekologikparazitologiya maktabining asoschisi. U baliqlarni parazitologik yorib ko’rish, parazitlarni yig’ish va aniqlash usullarini ishlab chiqqan.Sobiq ittifoqda, shu jumladan O’zbekistonda XX-asrning boshlarida parazitologoyani o’rganish jadal sur’atlar bilan bordi. Ko’plab ilmiy tekshirish institutlarida, tajriba stantsiyalarida, oily o’quv yurtlarining laboratoriyalari va yo’nalish kafedralarida mutaxassis kadrlar tayyorlashga katta e’tibor berildi. Bu davrga kelib sobiq ittifoqda parazitologiya sohasida bir qator ilmiy maktablar vujudga keldi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling