Mundarija: Kirish I. Amfbiyalar sinfiga umumiy xarakteristika klassifikatsiyasi
Download 1.49 Mb.
|
Amfibiyalarning qon aylanish nafas olish hazm qilish sistemalari tayyor. Oxirgisi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muskul sistemasi.
- Nerv sistemasi.
1-to‘sh suyagi; 2— ko‘krak suyagining togayli orqa qismi; 3korakoid; 4- korakoid ustida joylashgan o‘mrov suyagi; 5— k o‘krak oldi kismi; 6-kuragi; 7-yelka va shonaning qo‘shilish joyi chuqurchasi (toq nuqtalar bilan kursatilgan) 1-jadval Chanoq kamari juft yonbosh, quymich suyaklaridan va tog‘ay xolicha qolgan qov elementlaridan iborat. Bu uchchala element quymich kosasi atrofida o‘zaro qo‘shiladi. Muskul sistemasi. Quruqlikka chiqishi munosabati bilan baliqlarning muskul sistemasidan kuchli farq qiladi. Qorin muskullurining bir qismi metamer tuzulishini saqlab qolgan. Og’iz bo’shlig’ining muskullari murakkablashadi.Bu muskullar oziqning og’iz bo’shlig’ida harakatini va o’pka ventilyatsiyasini taminlashda ishtirok etadi. Oyoqlarini xarakatga keltiruvchi kuchli muskullar xosil bo‘ladi. Gavdani xarakatga keltiruvchi muskullarning segmentatsiyasi yo‘qoladi. Tilni xarakatga keltiruvchi muskullar yaxshi rivojlangan. Nerv sistemasi. Bosh miyasi ancha progressiv belgilari bilan xarakterlanadi.Amfibiyalarning asosan oldingi miya yarim sharlari yaxshi takomil etganligi yarimsharlarga aniq ajralganligi va miyachaning kam rivojlanganligi bilan baliqlar miyasidan farq qiladi. Oldingi miya yarim sharlari yon qorinchalarining tubidan tashqari yon devorlari bilan ustki devorlarida hammiya moddasi bor ya’ni ularda haqiqiy miya gumbazi shakllangan. Oraliq miyaning ustki tomonini miyaning bashqa bo’limlari salgina qoplab turadi.Uning ustki tomonida epifiz joylashgan.O’rta miyasi suyakli baliqlarning o’rta miyasidan biroz kichikroq. Miyachaning yaxshi taraqqiy etmay qolgani gavdaning bir muncha oddiy harakat qilishi bilan bog’liq. Orqa miya biroz yalpoqlashgan bo’lib hamma umurtqalilardagidek yelka va chanoq nerv chigallarini hosil qiladi. Barcha amfibialarning simpatik nerv sistemasi yaxshi taraqqiy etgan hamda ikkita nerv ustunidan iborat. Oldingi miya yarim sharlari ancha katta va bir-biridan to‘liq ajralgan. Miya yarim sharlarining, tagi, yon tomonlari va qopqog‘i miya moddasidan tuzilgan. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling