Mundarija Kirish I. Asosiy qism


Navoiyazot OAJda ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsion qurilmalarini avtomatlashtirilgan tizimining funksional sxemasining


Download 0.5 Mb.
bet9/14
Sana13.09.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1677319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
HISOBOT 2022

Navoiyazot OAJda ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsion qurilmalarini avtomatlashtirilgan tizimining funksional sxemasining tavsifi


Regeneratsiyalangan eritma tarkibidan ammiakni rektifikatsion kolonna orqali ajratib olish avtomatlashtirish obyekti hisoblanadi. Bu yerda rektifikatsion kolonna va issiqlik almashtirgichlardan foydalaniladi. Avtomatlashtirishning funksional sxemasida apparatlar zanjiri ko’rsatilgan.
Dastlab regeneratsiyalangan eritma sig’im 1 ga tushadi. Ushbu sig’imda sathni o’lchash uchun Rosemount 3300 (1-1) qurilmasidan foylaniladi. Sig’imda sathni bir maromda saqlash uchun 1-4 rostlash qurilmasi nazorat qilinadi.
Sig’imdan eritmani nasos 2 orqali rektifikatsion kolonna 3ga yetkazib beriladi. Rektifikatsion kolonna 3ga kirishda sarf o’lchash qurilmasi Rosemount 3051SFC (2-1) va temperatura o’lchash qurilmasi Metran 286-Exd (3-1) o’rnatilgan. Ushbu qurilmalar orqali rektifikatsion kolonnaga kirayotgan eritmaning sarfini va temperaturasini o’lchanadi.
Rektifikatsion kolonnada yuqori va pastki qism bosimlarini o’lchash vositasi Rosemount 2088 (4-1, 4-2) o’rnatilgan bo’lib, bisomlar farqini uzluksiz o’lchash imkonini beradi. Rektifikatsion kolonnada yuqori temperatura va bosim ostida ammiakli eritmadan kolonna yuqori qismida ammiak gazi va pastki qismida ammiakdan ajratilgan qoldiq suyuqlik hosil bo’ladi. Pastki qismda hosil bo’lgan kub qoldig’i qizdirgich 4 orqali qizdirib yana rektifikatsion kolonnaga kiritiladi va shu orqali rektifikatsion kolonna temperaturasini nazorat qilinadi. Rektifikatsion kolonna yuqori qismiga gaz analiz vositasi Rosemount 628 (5-1) va pastki qismiga suyuqlik analiz vositasi Rosemount WQS (6-1) o’rnatilgan. Rektifikatsion kolonna ichida temperaturani o’lchash uchun Metran 286-Exd (7-1), sathni o’lchash va nazorat qilish uchun Rosemount 3300 (8-1) o’lchov vositalari o’rnatilgan. Ushbu rektifikatsion kolonnaga o’rnatilgan o’lchov vositalari orqali kolonna ichida kimyoviy jarayonlarni uzluksiz va xavfsiz ta’minlash uchun 9-2 rostlash qurilmalari nazorat qilinadi.
Yuqori qismdagi gaz holatidagi ammiakni kondensator 5 orqali sovitiladi, kolonnadagi kimyoviy jarayonni bir me’yorda bo’lishi uchun kolonnaga qaytadi. Kolonnadan chiqqan ammiak gazini temperaturasini Metran 286-Exd (11-1) o’lchash qurilmasi orqali o’lchanadi va 11-4 rostlash qurilmasi nazorat qilinadi. Kondensatorga kirayotgan sovitish suvi sarfini o’lchash uchun Rosemount 3051SFC (12-1) o’lchov vositasi o’rnatilgan. Kondensatordan chiqib, kolonnaga va sovitish qurilmasiga kiradigan ammiak sarfini o’lchash uchun Rosemount 3051SFC (13-1) va (14-1) vositalari o’rnatilgan.
Konsensator 5dan chiqqan ammiak sovitish qurilmasi 6ga kiritiladi va uni sovitish orqali tayyor suyuq ammiak olinadi. Sovitish qurilmasidan chiqqan suyuq ammiak temperaturasi Metran 286-Exd (16-1) bilan o’lchanadi va 17-2 rostlash qurilmasi nazorat qilinadi. Sovitish qurilmasiga kirayotgan sovitish suvi sarfini o’lchash uchun Rosemount 3051SFC (18-1) o’lchov vositasi o’rnatilgan.
Kolonna pastki qismida kub qoldig’i chiqishiga sarfini o’lchash uchun Rosemount 3051SFC (22-1) va temperaturasini o’lchash uchun Metran 286-Exd (23-1) o’lchov vositasi o’rnatilgan va 24-2 va 24-4 rostlash qurilmalari nazorat qilinadi va kub qoldig’i qayta regeneratorga va qizdirgichga yuboriladi.
Barcha o’lchash qurilmalari boshqarish shitiga, kontrollerga yuboriladi va ma’lumotlar qayta ishlanib, jarayon boshqariladi va nazorat qilinadi. Agarda qiymatlar belgilangan miqdorlardan chiqib ketsa, signalizatsiga ishga tushadi, avariya holatlarida jarayon qurilmalari o’chiriladi.


    1. Download 0.5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling