Mundarija Kirish I. Asosiy qism
Ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsiyalash jarayonlarida
Download 0.5 Mb.
|
HISOBOT 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish, signalizatsiya
Ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsiyalash jarayonlarida xavfsizlik qoidalari
Ammiak ishlabchiqarishda rektifikatsiya kolonnalaridan foydalanishda “xavfsizlik qoidalari” tashkiliy huquq va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, quyidagi xavfli moddalar ishlatiladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi barcha korxona va tashkilotlarga joriy etiladi. Ammiakni tashish, saqlash , quyish va to’kish bilan bog’liq obyektlar. Mazkur qoidalar Portlash yong’in xavfi bo’lgan ishlab chiqarish va uni yetkazuvchi-saqlovchi korxonalari uchun “yong’in xavfsizligi qoidalari” bilan bir qatorda amal qiladi. Ushbu qoidalarning talablari joriy etiladigan tashkilotlarda quyidagicha bo’lishi kerak: xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma ( litsenziyalar) Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnik qurilmalarni, shu jumladan, xorijda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qo’llash uchun ruxsatnoma Aniq xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqarish zaruriyati O’zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi” qonunining 19-moddasi talablariga muvofiq belgilanadi. Xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan ishlab chiqarish nazorati to’g’risidagi nizom obyektdan foydalanishning o’ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqariladi va saqlanadi. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish, signalizatsiya va avariyaga qarshi avtomati himoya tizimlari Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish – boshqaruv xonasiga joylashgan operator ish joyidan turib amalga oshirilishi , bunda jarayon xavfsizligini belgilab beruvchi texnologik parametrlarini nazorat qilish va ularni boshqarish, avariya oldi va avariya vaziyatlari signalizatsiyasi vositalarini uskuna joylashgan joyida va operator xonasida o’rnatilishi kerak. Texnologik parametrlar (sarf, bosim, harorat, sath, namlik) ni o’lchash va tartibga solish ishchi muhitda korroziyaga chidamli yoki uning ta’siridan himoyalangan texnik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Azot kislotasini neytralizatsiyalash jarayonida chegaraviy harorat qiymatlari 15⁰Cdan 25⁰Cgacha bo’lishi kerak. Azot kislotasini neytralizatsiyalash jarayonida chegaraviy harorat qiymatlari signalizatsiyaga ega suyuqliklarning haroratini o’lchash, nazorat qilish va tartibga solish vositalari va belgilangan chegaraviy haroratga yetganda ularni ya’ni datchiklarni avtomatik tarzda uzib qo’yadigan vositalar yoki azot kislota me’yoridan oshib ketmasligi va yong’in chiqmasligiga yo’l qo’ymaydigan boshqa vositalar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling