Mundarija Kirish I. Asosiy qism


Download 0.5 Mb.
bet13/14
Sana13.09.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1677319
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
HISOBOT 2022

Yong’in xavfsizligi


Ishlab chiqarish xonalari, omborlar va boshqa yordamchi xonalar amaldagi tarmoq “Yong’in xavfsizligi qoidalari”ga muvofiq birlamchi o’t o’chirish vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Yong’inga qarshi uskunalar soz holatda saqlanishi va qulay joylarda joylashgan bo’lishi kerak. Yong’inga qarshi jihoz va uskunalardan o’t o’chirish bilan bog’liq bo’lmagan ishlarda foydalanish taqiqlanadi. Tuzilmaviy bo’linmalarning rahbarlari quyidagilarni bajarishlari shart:

  • Barcha ishchilar va muhandis –texnik hodimlar tomonidan yong’in xavfsizligi qoidalarni o’rganilishi va bajarilishini tashkil etish

  • Yong’in va portlash xavfi bo’lgan ishlab chiqarishlarni kamaytirishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqilishi va tadbiq etilishini ta’minlash barcha bo’linmalarda yong’inga qarshi qat’iy rejim o’rnatish

Hodimlar:

  • Yong’in xavfsizligi qoidalarini bilishlari va bajarishlari ishlatiladigan muhitlarning yong’in-portlash xavfi va zaxarli xususiyatlarini bilishlari;

  • O’t o’chirish vositalari joylashgan joylarni bilishlari, ularning mavjudligi va sozligini nazorat qilishlari, ulardan foydalanishni bilishlari;

  • Yong’in chiqishiga olib keladigan xatti-harakatlariga yo’l qo’ymasliklari kerak;

  • O’t o’chirish komandasini favqulotda chaqirish uchun avtomatik yong’in bildirgichlari o’rnatilishi lozim.



Atrof muhit muhofazasi


Ammiakni ishlab chiqarishda rektifikatsiya kolonnalarini muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan biri atmosfera havosini sanoat korxonalari chiqindilaridan ifloslanishidan muhofaza qilish hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining “atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuniga muvofiq atmosfera havosi yengil yonuvchi (xavfliligi yuqori bo’lgan yonuvchi resurslar) resurslarning tarkibiy qismi bo’lib, u korxona tomonidan muhofaza qilinadi. Ushbu azot kislotalar saqlanadigan korxonalar- atrof-muhitida aholi istiqomat qiladigan punktlardan uzoq masofada joylashgan bo’ladi. Ularda faqatqina yong’in chiqarish xavfi emas , balki portlash xavfi ham yuqori bo’ladi.
Mehnatni muhofaza qilish qonuniyatlari O`zbekistan Respublikasi Konstituttsiyasi O`zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodesi asosida olib boriladi. Mehnatkashlarni xavfsiz va sog’lom mehnati sharoiti bilan ta`minlashni davlat o`zining asosiy vazifalasi deb hisoblaydi, buning uchun zarur bo`lgan chora
tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 Dekabr 12 chaqiriq II sessiyasida tasdiqlangan Konstituttsiyaning 18-20, 27, 29, 36-42 –moddalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bayon etilgan. Konstitutsiya barcha fuqarolarni mehnat qilish xuquqini ta`minlaydi, ya`ni mehnatkashlar ma`lum miqdorda xaq olish xisobiga ish bilan ta`minlanadilar. Bu huquq xaftasiga 41 soatdan oshmagan ish soati belilash asosia va yiliga bir marta haq to`lanadigan (dam olish) ta`til berish yo`li bilan amalga oshiriladi. Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida xavfsizlikni ta`minlash va shu sharoitini yaxshilash ma`muriyatning asosiy vazifasi ekanligi Mehnat qonunlari kodeksi (MQK yoki KZOT) da yozib qo`yilgan. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlani uyushtirish 1980 yil 10 iyunda tasdilangan va 1984 yil 14 noyabrdan kuchga kirgan yagona “Nizom”ga asoslanadi.
Bo`lim quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • xavfsiz, sog’lom mehnat sharoitini takomillashtirish;

  • shikastlanish, kasallikka ogohlantirish;

  • ilg’or samarali tajriba, imiy usullarni tadbiq qilish;

  • korxonada nazorat o`rnatish, shikastlanish va kasallanishlarning sabablarini

teksirish;
- sharoitni yaxshilash borasida chora-tadbirlar ishlab chekish;
- qayta ta`mirlangan asbob-uskunalarni qabul qilish komissiyaida ishtirok etish;
- baxtsiz hodisalarni tekshirishda ishtirok etash, hisobot tuzish


Xulosa.

Men Navoiy azotga praktika jarayonimda 3 ta katta ishlab chiqarish jarayonini ko’rdim. Bular PVX , Azot va Ammiak ishlab chiqarish zavodlari edi. Bu zavodlarni har birida praktika jarayonini o’rganib batafsil ma’lumotga ega bo’ldim. Ammiak ishlab chiqarishda havodan vodorad olib unga azotni aralashtirib ammiak ishlab chiqarilarkan. Azot ishlab chiqarilishida esa turli xil jarayonlar bo’ladi bu yerda bizning vazifamiz shu jarayonning olib boorish jarayonini avtomatlashtirish edi, ya’ni dasturchi bo’lib amaliyot o’tadik. Bajarilayotgan jarayonning dasturiy ta’minotiga biz javobgar edik. Kontroller va boshqa dasturiy qurilmalarni ishlatishni o’rgandim. Xulosa qilib aytganda Navoiy azot aksiyadorlik jamiyati tashkilotining O’zbekistonga juda katta foydasi tegmoqda, Mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlamoqda. Soatiga 84 tonna azot va 70 tonna ammiak ishlab chiqariladi. Hozirgi kunga kelib Navoiyazot AJ yanada kengaytirilib O’zbekistonga yanada ko’proq foyda keltirish haqida ko’plab izlanishlar va loyihalar olib borilmoqda. Biz yoshlar yangidan yangi texnologiyalar olib kelib yanada rivojlantirishga o’z hissamni qo’shmoqchiman.


E’tiboringiz uchun rahmat!!!



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling