Mundarija kirish I b o b. Soliqqa tortish nazariyasi
SOLIQLARNING FUNKSIYALARI
Download 47.59 Kb.
|
soliq imtiyozlari hisobini yuritishMMMMMMM
1.2.SOLIQLARNING FUNKSIYALARI
Ayrim iqtisodchilar soliqlarni milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi sifatida izohlashga harakat qilganlar, — «Soliqlar – milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida uning bir qismini davlat ixtiyoriga olish shaklidir».2 O. Olimjonovning fikriga ko‘ra: «Soliqlar — davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va huquqiy shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir».3 Soliqlarga berilgan mana shu ta’rif eng maqbul ta’rif bo‘lib, soliqlarning mohiyati, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni va rolini, soliqlarning harakat jarayonini nazariy jihatdan chuqurroq yoritib, soliqlar haqida aniqroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Bugungi kunda soliq kategoriyasini har tomonlama, kengroq va batafsilroq, shuningdek, uning mohiyati va ahamiyatini, iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o‘rnini, soliqlarning nazariy jihatlarini aniqroq va to‘liqroq yorita oladigan ta’rifni keltirish muammosi fanda mavjuddir. Tarixan soliqlar, davlatni saqlab turish uchun zarur bo‘lgan majburiy to‘lovlar sifatida, davlat paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlat faoliyat ko‘rsatishining moddiy asosini tashkil etadi, ularning iqtisodiy tabiati xuddi shu yerdan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi davrida soliqlar korxonalarning iqtisodiy faoliyatini tartibga solishning ham bilvosita quroli hisoblanadi. 10 1 Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. Ò.: 1996. 18-bet. 2 O‘lmasov À., Sharifxo‘jayev Ì. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò.: «Ìåhnàt», 1995-y. 377-bet. 3 Olimjonov Î. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati. «Hayot va iqtisod», 1992. Soliqni to‘lash xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar bilan davlat o‘rtasida yangidan yaratilgan qiymatni taqsimlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Biror bir jamiyatni soliq tizimisiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki soliqlar budjet daromadlari (pul fondi)ni tashkil etishning asosiy vositasi bo‘libgina qolmay mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda investitsiyalarni ko‘paytirishga, raqobatbardosh mahsulotni ko‘paytirishga, kichik biznesni rivojlantirishga, xususiy korxonalar ochish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor infrastrukturasini barpo qilishga, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga va shu kabilarga xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat o‘zining ichki va tashqi vazifalarini, har xil ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larning asosiy qismini soliqlar orqali to‘playdi. Jumladan, soliqlar respublika va mahalliy budjetlar daromadlarini shakllantiradi, davlat ijtimoiy dasturlari uchun moliyaviy negiz yaratadi, soliq to‘lovchi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshqaradi, ularning tabiiy resurslardan unumli foydalanishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantiradi, narx belgilashga ta’sir ko‘rsatadi, aholining turmush darajasini tartibga solib turadi, imtiyozlar yordamida esa aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishni tashkil etishga yordam beradi. U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini chuqurroq anglash uchun unga xos umumiy belgilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida muddatlilik, qaytarishlik, muayyan miqdorda ustama haq (foiz) to‘lash kabi umumiy belgilarga egaki, ushbu belgilar kredit kategoriyasi mohiyatini kengroq yoritish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu kabi soliq kategoriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu belgilar soliqlarning boshqa to‘lovlardan farqlash uchun xizmat qiladi. Soliqlarning belgilari borasida iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q.Yahyoyev soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi. 1. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis 11 Soliqlarning o‘ziga xos belgilari tasdiqlab bergan Soliq kodeksining qoidalari asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan davlat tomonidan kafolatlanadi. 2. Soliqlar xazinaga — davlat budjetiga tushadi. Ammo boshqa turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jamg‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi. 3. Soliqlar qat’i belgilangan va doimiy harakatda bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha qat’i va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi. 4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘ziga to‘liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir.1 Rus iqtisodchisi A. Medvedev o‘zining «Soliqlarni qanday rejalashtirmoq kerak?» nomli kitobida soliqlarga xos bo‘lgan ikki belgini, ya’ni majburiylik va ekvivalentsizlik kabi belgilarni qayd etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliqlarning umumiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1. Soliq to‘lovchi daromadining u yoki bu summasini davlatga to‘lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladigan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra soliq narxdan, ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘imlaridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy to‘lovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt davlat tomonidan ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi bilan bog‘liqdir. Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga olinadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita, har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi soliq to‘lovchilar uchun soliqqa tortishni yuk sifatida baholashlariga sabab bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar hisobidan qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. Alohida olingan soliq to‘lovchi, odatda, jamiyat va o‘zining ko‘rgan foydasi yoki manfaatini to‘lagan soliqlari bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqi12 1 Yahyoyev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.: «G‘afur G‘ulom», 2000-y. 10-bet. batda fuqarolarning bir qismi soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashga, o‘z daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‘z fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlatning iqtisodiy ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlashga rozi bo‘lgandagina yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi. 2. Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsada, ular ixtiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qonunchilikda belgilangan tartibda jazolaydi. 3. Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat qonun chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat berilgan davlat organlari haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kim haqli emas. To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi. 4. Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki mahalliy budjetga kelib tushishidir, ya’ni soliqlar budjetdan tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tushmaydi. 5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchilikni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir. Soddaroq qilib aytganda, korxonalar va aholidan olinadigan soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat hisobiga o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida majburiy to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi. Yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilar ularning iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Shu o‘rinda soliqlarning umumiy belgilarini to‘liqroq va aniqroq, batafsil yoritishi mumkin bo‘lgan, har qanday iqtisodiy vaziyatlarda o‘zgarmaydigan optimal umumiy belgilarini yaratish muammosi hal etilishi lozimdir. 13 Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar: moliya, kredit, sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy o‘xshashlikka ega, ya’ni ularning barchasi pulli munosabatlarni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o‘ziga xos yuqorida qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat qiladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati deganda nimani tushunasiz? 2. Iqtisodchi olimlar tomonidan soliqlarga berilgan tariflarni o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib bering. 3. Soliqlarning obyektiv zarurligi nimalarda ko‘rinadi? 4. Soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimalardan iborat? 5. Adam Smit o‘zining qaysi asarida ilk bor soliqlarning tamoyillarini asoslab bergan? 6. O. Olimjonov soliqlarga qanday ta’rif bergan? 7. Soliqlarning xususiyatlarini tushuntirib bering. 8. Soliqlarga oid bilimlarni olimlar tomonidan turlicha talqin etilishi sabablari nimada? 9. Soliqlar belgilarining mohiyatini tushuntirib bering. 10. Soliqning ekvivalentsizlik belgisining mohiyatini tushuntiring. 1.2. SOLIQLARNING FUNKSIYALARI Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu 14 ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan olinardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiyasidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi. G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi. By konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlarning fikriga ko‘ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasini yuzaga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De. Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fransuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. I. Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funksiyalaridir. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.1 O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy 1 Ìàëüìèãèí È. Íàëîãè êàê ýëåìåíòû ôèíàíñà. Ì.: ïåðåâîä ñ àíãë., 1997 ã., ñòð. 69. adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I. Malmiginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash kerak. Soliqlarning funksiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiyalari xos deb ta’rif berishadi. Soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi. Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisoblanib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo‘lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining daromad qismini shakllantirish – soliqlar fiskal funksiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy 16 Soliqlarning fiskal funksiyasi tuzilmasida buzilishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tarmoqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish zarurati saqlanib qoladi. Rag‘batlantirish funksiyasi soliq tizimining eng muhim funksiyalaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shuningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol17 Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasi Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkamlashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlantiradi. Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosatini olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’minlanadi. Soliqlarning nazorat funksiyasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan, soliqqa tortish obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish imkonini beradi. Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi ham muhim ahamiyat kasb etib, bu funksiya orqali xarajatlar hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijtimoiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va oson kechadi. Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi. Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha funksiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichida soliqlarning o‘rnini belgilovchi quyidagi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin: œ Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilishning zarurligi. Ma’lumki, respublikamizda 18 Soliqlarning nazorat funksiyasi Soliqlarni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funksiyasi iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga oshirish mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Bu qoidalardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoyalangan bo‘lishi kerak. œ Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish zarurligi omili. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masalan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yaponiya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtisodiyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avvalo, uning mamlakatga chet el valuta tushumlarini olib kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘tamoqda. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq, kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-oktabrdagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga budjetga 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi joriy qilindi. œ O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning o‘rnini belgilovchi asosiy omillardan yana biri — hozirgi kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromadlarini jalb qiluvchi mukammal soliq to‘lovini yuzaga keltirish. Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tadbirkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini aniqlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. 19 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar o‘rniga budjetga ixchamlashtirilgan soliq to‘lash imkoniyati vujudga keldi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tadbirkorlar uchun davlat tomonidan ko‘rsatilgan katta yordam bo‘ldi. Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida ushbu rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari esa ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlarning funksiyalari va vazifalari o‘rtasidagi aniq farqli jihatlarni o‘rganish va soliq munosabatlarini tashkil etish mobaynida bu chegaralarni asoslashni qayd etib o‘tish lozim. Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlarning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega. Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: œ Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning fiskal funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xizmat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskal funksiyasi shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlatning noishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini keltirib chiqaradi. œ Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarning ushbu vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak. œ Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. 20 Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori chegarasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog‘liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70—80-yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo‘llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan. œ Iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat prinsiplari o‘rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqlarga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqlarning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo‘yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o‘zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o‘zgarmaydigan bo‘lishi kerak. Soliqqa tortish tizimida mustahkam ishonch bo‘lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi. Soliqlarning budjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi yangi paydo bo‘lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani soliq stavkalarini tabaqalashtirish yo‘li orqali hal etish mumkin. Shunday qilib, soliqlarning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o‘rta va uzoq muddatli vazifalarga bo‘linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Soliqlar nafaqat davlat budjetining tushumlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga, balki davlat daromadlarini budjetning o‘rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar 1. Soliqlarning qanday funksiyalari mavjud? 2. Soliqlarning funksiyalari va vazifalarini farqlab bering. 3. Soliqlarning fiskal funksiyasini tushuntirib bering. 4. Soliqlarning tartibga soluvchilik funksiyasini tushuntirib bering. 5. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini tushuntirib bering. 21 6. Soliqlarning nazorat funksiyasini tushuntirib bering. 7. Soliqlarning axborot bilan ta’minlash funksiyasini tushuntirib bering. 8. Soliqlarning o‘rnini belgilovchi asosiy omillarni ko‘rsatib o‘ting. 9. Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda soliqlarning o‘rni qanday? 10. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik biznes subyektlarini rivojlantirishda soliqlarning o‘rni qanday ahamiyatga ega? 1.3. SOLIQ ELEMENTLARI Soliq elementlari haqida gap borganda ko‘pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so‘z yuritiladi. Shu o‘rinda soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo‘lib, aslida soliq tizimi tarkibini tashkil etadi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa soliqlarni undirish bo‘yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo‘li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchand o‘zgarmas bo‘lib ko‘rinsada, uning shakl-shamoyili va yo‘nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa, soliq siyosatining mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. Chunki, soliqqa tortish tizimi o‘z ichiga tarkiban soliq elementlari, soliqlarni tashkil etish tamoyillari va usullarini oladi, bu elementlarning qay darajada talqin etilishi esa bevosita davlat siyosati yo‘nalishiga bog‘liq. Masalan, soliq elementlariga kiruvchi soliq stavkasining qaysi turlarini ko‘proq amal qilishi, soliq imtiyozlarining belgilanishi, soliqlarni undirishning qaysi usullaridan ustuvorlik bilan foydalanish asosan ijro hokimiyati faoliyatining mazmuniga bog‘liq. Binobarin, shu ma’noda xuddi soliqlarni vazifalari kabi soliqqa tortish tizimi ham har bir davlatda o‘ziga xos tarzda amal qilishi va tashkil etilishi mumkin. Demak, davlat qonunchiligi bilan belgilangan va uning maxsus idoralari tomonidan undiriladigan soliqlarni tashkil 22 Soliqqa tortish tizimi va uning elementlari etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuiga soliqqa tortish tizimi deb ataladi. Soliqqa tortish tizimining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan soliq elementlari esa soliqqa tortishda ifodalanadigan tushunchalar bo‘lib, ular soliq to‘lovchilar va davlat budjeti o‘rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to‘liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham xuddi shunday soliqqa oid iqtisodiy hodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushunchadir. Soliq elementlari tushunchasi soliqqa tortish tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uning o‘zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holdagi harakatini bildiradi. Download 47.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling