Mundarija kirish. I bob. Agiografik asarlarning manbalari va ularning janriy tasnifi


Agiografik asarlarning janriy tasnifi


Download 109.39 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi109.39 Kb.
#1550251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

1.2. Agiografik asarlarning janriy tasnifi
Musulmon Sharqi adabiyotida agiografik asarlar qadimdan mavjud bo’lsada, bunday asarlar ‘‘holot’’, ‘‘manqaba’’, ‘‘manoqib’’, ‘‘maqoma’’ va baʼzan ‘‘tazkira’, ‘‘shajara’’, hamda ‘‘tarix’’ kabi istilohlar bilan qo’llanib kelipgan. Lekin Sharq adabiyotida bunday asarlar hech qachon asosiy adabiy janr maqomini olmagan. Yevropa sharqshunoslari muqaddas yozuvlarning hammasini umumlashtirib, agiografiya istilohi bilan yuritsalar-da. Sharqda muqaddas yozuvlarning turlari o’ziga xos alohida nomlar bilan atalgan: qabri toshlari- bitik toshlar, devor yozuvlari - kitobat va h. Sharqda agiografiya janriga mos yuqorida sanalgan istilohlarning hammasi arab tilidan o’zlashgan va ularning har biri ham mazmunan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun ularni qisqacha izohlashni maqsadga muvofiq hisoblaymiz.
Holot - lug’ atda holatning ko’pligi ‘‘holatlar’’, ‘‘ahvol’’. adabiy janr sifatida ma’lum bir mu’tabar zot - ilm va adabda mumtoz so’fiyning hayoti va fazilatlari haqida hikoya qiluvchi asani anglatadi. Masalan, Alisher Navoiyning ‘‘Holoti Sayid Hasan Ardasher’’, ‘‘Holoti Pahlavon Muhammad’’ kabi asarlarni kiritishimiz mumkin. Bunday asarlarda bir kishining hayotini aks ettirish bosh maqsad qilib qo’yilsada, maʼlum bir jamiyatdagi umumiy ahvol, shart-sharoitlar, o’sha davrga xos bo’lgan chizgilar ham aks ettiriladi3.
Mangaba(t) lug’ aviy ma’nosi ‘‘yaxshi sifat’’, ‘‘maqtov’’, istilohda ma’lum bir ulug’ zot ulug’ pirlardan birining fazilatlari maqtalgan asar,risola. . Manqabalar uchun xuddi G’ arbdagidek xalq hikoyat va rivoyatlar uslubiy asos bo’lib xizmat qildi. Lekin ularning eski hikoyat va rivoyatlardan farqli jihati ilohiyot mafkurasining ustuvorlik kasb etishidir. Sodir bo’layotgan har bir hodisa ilohiy taqdir va ilhom natijasi ekani manoqiblarning muhim xususiyati sanaladi. Shuning uchun ham ularda asosan payg’ ambar, avliyo yoki unga tenglashtirilgan shaxsning hayotidagi g’ ayrioddiy hodisalar tavsif qilinadi.
Manoqib-manqabaning ko’pligi.
Maqoma lug’ atda ‘‘o’rin’’, ‘‘joy’’, ‘‘daraja’’ ma’nosini anglatadi. Istilohda ijodkor, olim, mutasavvif kabilarning hayot yo’llari, o’z zamopasidagi o’mni yoki darajasini yoritgan asar.
Tazkira lug’ aviy ma’nosi ‘‘zikr qilmoq’’, ‘‘yod etmoq’’ maʼnosini anglatadi. Istilohda badiiy ijod vakillari, biror tabaqa hayoti haqida ma’lumot beruvchi va ularning faoliyatlari to’g’ risida hikoyalar yoki ijodlaridan namunalar aks ettiriluvchi asardir. Tazkiralar ko’pincha ijodkorlar haqida yozilgan. Lekin mutasavviflar tomonidan uning avliyolami zikr etuvchi variantlari ham yaratilgan. Ularning ba’zilarida janr asarning nomlanish tarkibidan o’rin olsa, ba’zilarida ishtirok qilmaydi. Abdurahmon Jomiyning ‘‘Nafohatu-l-uns mina-1-hazaroti-l-quds’’, Alisher Navoiyning “Nasoyimu-1-1 muhabbat’’, G’ ulom Sarvar Lohuriyning ‘‘Xazinatu-l-asfiyo’’ kabi asarlari xuddi shunday nomlangan. Biroq bunday agiografik asarlarning tazkira shaklida yozilganini ko’ramiz.4
Shajara - lug’ aviy ma’nosi ‘‘daraxt’’, ‘‘daraxtning yerdan yuqori qismi’’ ma’nosini anglatadi. Istilohiy ma’noda tazkiraning bir turi bo’lib, u muayyan nasab sulolasi yoki ma’lum bir siyosiy, ilmiy, ijodiy, amaliy guruh, toifa, maktab namoyondalari silsilasi hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar majmuidan iborat. Agar shajara ma’lum mazhab namoyandalari yoki tariqat pirlari silsilasi, ularning diniy va dunyoviy mavzudagi ibratli fazilatlari hamda faoliyatlari haqida yozilgan bo’lsa, ya’ni muqaddas tushunchalarning zotlarda zohir bo’lishi yoritilgan bo’lsa, uni agiografik asar sifatida baholash mumkin. Ta’rix - tor ma’noda ma’lum shaxs yoki voqea haqida ham yoziladi. Shunday qilib, XV-XVI asrlarda diniy ruhdagi hikoyat va rivoyatlarni badiy jihatdan qayta ishlash keng tus oldi. Ularning bosh qahramonlari, odatda, yo payg‘ambar, yo avliyo, yoki mashhur anbiyolar, ba’zan esa el og’ ziga tushgan ulug’ allomalar bo’lgan. Bunday asarlarda turlicha motivlar qo’llangan bo’lib, bulardan biri muqaddas zotning tug‘ilishi motividir. Shaxsning ulug’ zotga aylanishida albatta uning ajdodi ham muhim ahamiyatga ega. Avliyolaming muqaddas shajara silsilasida dunyoga kelishi ko’proq namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham manoqib va holotlarda ko’pchilik avliyolaming ota onalari ba’zan bobolari ham alohida tasvirlanadi. Avliyolarning yo otalari, yo onalari yoki ularning ikkalalari ham ilohiyot kishilari, taqvodorlar, ozmi-ko’pmi bu sohada martabaga erishgan zotlar sifatida qayd etiladi. Agar avliyoning ota-onalari bunday zotlardan bo’lmasa, ular o’rtasida bahs sodir bo’ladi va avliyo farzand bahsda ota-onasi ustidan g‘olib keladi. Bunga avliyo Mashrabning tug‘ilishi haqidagi hikoyat misol bo’la oladi. Yoki 7 yoshli Ibrohimning onasi bilan bahsini eslash kifoya. . Ba’zi agiografik asarlarda tug‘ilish boshqa bir avliyoning karomatli duosi ijobati sifatida ro’y beradi. Bunda ham, albatta, ota-onaning biror-bir fazilati sabab bo‘ladi.
Farzandning tug’ ilish zamoni va makoni ham agiografik asarlarda alohida qimmatga ega. Payg’ ambar, avliyolarning tug’ ilishi arafasida yoki tug’ ilgan paytida koinotda, tabiatda va jamiyatda mu’jiza sodir bo’ladi. Tug’ ilish muqaddas kunlarning birida yoki muqaddas manzilda yuz beradi. Masalan, Hazrat Alining Ka’bada tug’ ilishi voqeasi. Tunda nur balqishi, iymon va kufr ahllari o’rtasidagi urushda iymon ahliga zafar kelishi, xalq orasida ulug zot tug’ ilishi haqida bashoratlar yurishi kabilar ham shular jumlasidandir. Ba’zi agiografik asarlarda bolalikning g’ ayrioddiy g’ aroyibotlari tasviri beriladi. Bu motivda ham bolaning taqdiri ilohiyot bilan azaldan bog’ liq bo’lgani aks ettiriladi. Bola tug’ ilishi bilan oilaga baraka kelishi, bolaning ta’limda boshqalardan o’zib ketishi, mudarrisini, olimlarni, hatto hukmdorlarni savol-javobda mot qilishi, darsda ham, o’yinda ham boshqa bolalardan farq qilishi, uning atrofida realiyada mumkin bo’lmagan hodisalarning ro’y berishi kuzatiladi. 5
Agiografik asarlar qahramonlari aksar vaqt gunohlardan tugma forig’ zotlar sifatida talqin qilinadi. Ular axloqan benazir, fazlu adabda komil, ilmu zakoda oliy zotlar. Har bir voqea va hodisaning mohiyatini idrok etib, uni mukammal tahlil qilish va shunga yarasha tadbir topishda mumtozdirlar. Shunday bo’lsa-da, ba’zan ularning yoshlikda gunoh ishlarga, mol-dunyo muhabbatiga, mansab-martaba havosiga ruju’ qo’yganlari ham zikr qilinadi. Bunday zotlar biror kishi yoki voqea sabab hidoyat topadilar. Bundaylaming azal taqdirida ulug’ lik borligi hikoyalar avvalida turli ko’rinishlarda bashorat qilinadi. Aslida ular hidoyatga boshlovchi kishi yoki voqeaga o’z irodalari bilan yo’liqadilar. Misol tariqasida Sayyid Hasan Ardasherning hayotini kuzatamiz. U turli mansab va vazifalarda ishlab yurgan davrida majlislarda hamma rindlardan ko’proq ichadi. Rindlarning ba’zilar ikki, uch marta mastligini tarqatib kelish uchun majlisni tark qiladilar. Yana qaytib kelganlarida Sayyid Hasan o’z o’rnidan qo’zg‘ almagan bo’ladi. Majlis ahlining barchalari mast bo’lib qoladilar. Sayyid Hasan ularni bir-bir uylariga eltib qo’yadi. ‘‘Ba’zi kunlar alar suhbatida sodda yuzluk yigitlar mast Shunday bo’lsa-da, ba’zan ularning yoshlikda gunoh ishlarga, mol-dunyo muhabbatiga, mansab-martaba havosiga ruju’ qo’yganlari ham zikr qilinadi. Bunday zotlar biror kishi yoki voqea sabab hidoyat topadilar. Aziz avliyolar yaqinlari va o’z boshlariga tushadigan musibatlarga sabr qiladilar. Bu alohida motiv. Mashhur avliyo Ibrohim Adhamning bir necha yillik judolikdan so’ng o’g’ li bilan ko’rishgan ondayoq oraga o’lim tushishi juda ta’sirli lavha. Eng ta’sirlisi, otaning bu o’limga roziligi yohud uni tilashidir. Farzand o’limiga rizolik agiografik asarlarda motiv sifatida barqarorlasha bordi. ‘‘Holoti Sayyid Hasan Ardasher’’da ham, ‘‘Xamsatu-l mutahayyirin da ham bu rizolik motividan foydalanilgan6. O‘limdan keyingi karomatlar ham agiografik asarlarga xos motivdir. Shayx yoki avliyo vafot etadi. Shundan keyin ham u xalifasi, rafiqasi yoki biror muridining tushiga kirib oxirat olamidan bashorat beradi. Bu motivlar agiografik asarlaning shubhasiz namunasidir.



Download 109.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling