Mundarija kirish. I bob. Agiografik asarlarning manbalari va ularning janriy tasnifi


Agiografik asarlarning matniy tadqiqi


Download 109.39 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi109.39 Kb.
#1550251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

2.2. Agiografik asarlarning matniy tadqiqi
Agiografik asarlar, xususan, Navoiyning yuqorida e’tirof etilgan asarlarining matniy tadqiqi xususida fikr yuritadigan bo’lsak, shuni aytish mumkinki, bu asarlar qayta-qayta nashr etilsa-da, mukammal va nuqsonlardan holi holda chop etilgan emas. 2011 yilda nashr etilgan Alisher Navoiyning ‘‘To’la asarlar to’plami ba’zi jihatlari bilan boshqa nashrlardan ancha qulayliklarga ega. Ammo bu nashrda ham ba’zan jiddiy, ba’zida kichik bir orfografik xatoliklarga duch kelamiz. ‘‘Holoti Sayyid Hasan Ardasher’’ asarida Navoiy bu zotning o’tmishdoshlari bilan birga o’z davri ijodkorlaridan ham ko’p she’r bilajagini alohida ta’kidlaydi va bir o’rinda o’zining bir baytini keltiradi. Bu bayt 2011 yilgi nashrda quyidagicha keltirilgan:
Labing ko’rgachiligim tishlaram har dam tahayyurdin,
Ajab holatki, bolni tutmay bolni barmoq yalaydurmen.10
Ushbu baytda bolni tutmay birikmasidagi ‘‘bolni’’ so’zi ortiqcha qo’llangan va mazmuniy gʻalizlikni keltirib chiqargan. SHu bilan birga vazn me’yorini ham buzilishiga sabab bo’lgan. Bu bayt Alisher Navoiyning 20 tomli ‘‘Mukammal asarlar to’plami’’ da to’g’ ri berilgan.
Yoki har ikki nashrda ham Sa’diy Sheroziy haqida gapirilganda, ‘‘rahmatulohuoli’’ so’zi qo’llangan. Bizningcha, bu so’z ‘‘rahmatullohi alayh’’ bo’lishi kerak (9-bet). Yoki mu taqid so`zi bir o’rinda 2011-yilgi nashrda mu takid tarzida, ahlulloh so’zi ahluloh tarzida, majma’i so’zi majmai tarzida, uzrxohliqlar so’zi uzrxoxliqlar tarzida (9-bet), muhtasham so’zi muhtashar tarzida (13-bet), shu so’z 1990-yilgi nashrda muxtasar tarzida (52-bet) keltirilgan. ‘‘Holoti Pahlavon Muhammad’da Mavlono To’tiy haqida gapirilganda, unga alayha rahma iborasini ham qo’shib keltirilgan (har ikki naashrda shunday). Biroq bu birikma ‘‘alayhi-r-rahma’’ shaklida bo’lishi lozim. chorzarb so’zi chorzab tarzida (nashrlarda 19-va 54-bet) qo’llangan11.

‘‘Nazmu-1-javohir’’ asarida esa 1990-yilgi nashrda ‘‘Ana madinat al-olam va ala bobiha’’ degan hadis keltiriladi va uning izohi quyidagicha beriladi: Men olam markaziman (shahriman) va uning eshigi mening ustimda’’. Bu esa 2011-yilgi nashrda quyidagicha keltiriladi: ‘‘Ana madinaul-ilmi Aliyyun bobuho’’ va uning izohi quyidagicha: ‘‘men ilm shahridurman va Ali uning eshigidir’’.


Yoki ‘‘Aynan tasammo’’ (1990) va ‘‘Aynan tusammo’’ (2011) hamda
‘‘Va yansuraka Allohu nasran azizan (1990) oyati 2011-yilgi nashrda
‘‘Va yansuranallohu nasran azizan’’ tarzida xato qo’llangan. ‘‘Qisasi Rabg’ uziy’’
Agiografik asarlarning matniy tadqiqi keng va murakkab, ko’p bosqichli ish bo’lgani hamda qo’lyozma nusxalarni tadqiqot ob’ektiga aylantirish imkoni anchagina chegaralanganligi sababidan biz ‘‘Qisasi Rabg’ uziy’’ning XIX asrga oid tashbosma nusxasi va nashriy varianti haqida fikr yuritamiz. Bu nusxani M. Akbarov o’rganib chiqib, ‘‘Qisasi Rabg’ uziy’’ nomli maqola yozdi. Biz ana shu maqoladan ba’zi o’rinlarni oldik. unda shunday yoziladi:
‘‘... ‘‘Qisasi Rabg‘uziy’’ XIV asrda yaratilgan bo‘lib, uning turli davrlarda ko’chirilgan bir qancha qo‘lyozma nusxalari mavjud. Ular dunyoning turli kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanib kelinmoqda. Britaniya muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxa XV asrda ko‘chirilgan, hozirgi kunda u asamning eng qadimiy nusxasi hisoblanadi. Bu nusxaning faksimilesi mashhur matnshunos K. Gronbek tomonidan 1948 yili Kopengagen shahrida nashr qilingan. Asarning boshqa nusxalari keyingi davrlarda koʻchirilgan bo‘lib, ularning leksikasi vaqt taqozosiga ko‘ra o‘zgargan. XIX asming ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga kelib, u Toshkent va Qozon shaharlarida litografiya usulida bir necha bor nashr qilingan. Rus turkiyshunos olimi N.L.Ilminskiy tomonidan 1859 yilda asarning to‘la matni Qozon shahrida nashr qilingan bo‘lib, u nisbatan keyinroq ko‘chirilgan nusxaga asoslangan’’. Shu jihatdan yuqorida zikr etilgan qadimiy nusxaga qaraganda bir qancha farqlar mavjud. Qo‘limizda asarning toshbosma nusxasi mavjud boʻlib, uning boshlanish varaqlari yo‘qolgan. Taxminimizcha, u 1859 yilda Qozon shahrida bosilgan N.L.Ilminskiy nashri nusxasidir. Uning qogʻozi, yozuv shakli va nashr uslubi shu davrga xosligidan dalolat beradi.12 Ushbu yodgorlikni tadqiq etish jarayonida uni yangi nashr bilan qiyoslaganimizda, haqiqatan, bir qancha farqlar borligi aniqlandi. Ulardan ba’zilari haqida to‘xtalishni lozim deb topdik. Nashrda Yerning yaratilishi mavzusi ‘‘Sifati al-arzina’’ tarzida keltiriladi.13 Toshbosmada uni ‘‘Sifatu-l-arz’’ tarzida o‘qiymiz. Sarlavhaning nashrdagil shakli matnshunoslar tomonidan forscha Yevropa sharqshunoslari tomonidan qo‘llanadigan arabcha birikmalar koʻrinishida berilgan: ‘‘Sifat dan keyin berilgan qo‘shimchasi forsiy izofa belgisidir. Arabcha birikmadagi aniqlik alomatini avvalgi so‘zdan ajratib o‘qish ko‘proq yevropaliklarga xos. Arab tilida bunday birikmalar uchun maxsus qoidalar boʻlib, ularga ko‘ra qaratqich va qaralmish sonda bir-biri bilan moslashadi. Nashrdan olingan misolda esa ular moslashmagan. Ya’ni ‘‘sifat’’ birlik, “arzina’’ (birligi: arz) ko‘plik sonda. Shuningdek. Yer ma’nosidagi so‘zni ko‘plik sonda ishlatish ham maqsadga muvofiq, deb bo‘lmaydi. Toshbosmada ularning mosligiga, ya’ni birlik sonda qo‘llanganiga guvoh bo‘lamiz.
Toshbosmada qissa nomlari ‘‘Qissai Odam alayhissalom’’ yoki ‘‘Muso alayhissalom diydor tilagani’’ shaklida keltirilgan bo‘lsa, nashrda: ‘‘Qissai Odam safiy alayhis-salom’’ (Birinchi kitob, 15-bet) yoki ‘‘Muso yalovoch diydor tilagan qissasi’’ (Ikkinchi kitob, 5-bet) shaklida keltirilgan. Ya’ni qissa qaysi payg‘ambar haqida bo‘lsa, shu payg‘ambarning boshqa payg‘ambardan farqli bo’lgan sifati yoki unvoni sarlavhalarda keltirilgan. Bundan tashqari tushib qolgan yoki almashgan so‘zlarga ham duch kelamiz. Masalan, nashrda matn ‘‘Ilk qat yer birining oti Ramko turur. Aqim otlig yel uza yetmish ming burunduq birla. Tekma bir burunduqi yetmish ming farishta ilkinda’’ (Birinchi kitob, 13-bet) shaklida bo‘lsa, shu matn toshbosmada ‘‘Avval qat yerni yaratdi. Oti Rakmo turur. Aqiym otlig el uzo turur. Yetmish ming burunduq bila yetmish ming farishta ilkinda tutar’’ tarzida keltirilgan. yaratdi, turur, tutar kabi so‘zlarning tushib qolgani va ‘‘Ilk, Ramko’’ so‘zlari, toshbosmadagi ‘‘Avval, Rakmo’’ so‘zlari bilan almashganini ko‘ramiz. Yana boshqa matnga e’tiboringizni qaratamiz. Nashrdagi matn: ‘‘Yana aydilar: Ey Muso, Tengri birla so‘zlashurman, eyursan. Bizma yalavoch o‘g‘lonlarimiz senga qarindosh-urug’ bo’larmiz. Biz nima olib borsang, Mavlo kalomin eshitsamiz bo‘lg‘aymu’’, tedilar. Muso duo qildi, yorlig bo‘ldi: Ayg‘il. ulug‘larin saning birla izsunlar, kalom eshitsunlar. Muso Solih abushqani uzdurdi. Oltmish abushqa chiqti, yetmishga yetmadi. Yorlig‘ boʻldi. Tekma bir sibidin bir yigit chiqardilar. O‘n ikki yigit bo’ldi, yetmish ikki bo‘ldilar. Muso aydi: ikagu yoning, azinlar maning birla borsunlar. Tekma biri unamadi. Yusha ibn Nun va Kellu ibn Bufna ikagu yondilar. Aydilar: bizga bu borg‘anlar savobi bulg‘aymu? Bulg‘ay, tedilar’’ (Ikkinchi kitob, 5-bet) shaklida bo‘lsa, shu matn toshbosmada: ‘‘Yana aydilar: Ev Muso Mavlo taolo birla so‘zlashurmen teyursin, bizlarni ham olib borsang chun bizlar ham payg’ ambar o‘g‘lonlarimiz. Muso a.s. duo qildi: O‘zing sen bilursen. Ne ayturlar. Xitob qildi: Ey Muso ularg‘a ayg‘il, ulug‘larin sening birla yuborsinlar. Kalomunin eshutsunlar. Muso alayhissalom yetmish solih abushqani uzdurdi. Oltmish kishi chiqdi. Yetmishga yetmadi. Muso a.s. aydi: sabidin bir yigit taqi chiqsun. O‘n ikki yigit bo‘ldi. Yetmish ikki bo‘ldilar. Muso alayhissalom aydi: ikki kishi qayting, o‘zgalar yursun tedi. Yushi ibn Nun. Kulub ibn Barqiyo aydilar: bizlar qoytsaq ularning savobini bo‘lg‘oybiz? Muso alayh alom aydi; Bo‘lursiz’’ tarzida keltiriladi. Nashrdagi: Tengri, yalovoch, bizma, biznima, izsunlar, ikagu, yoning, azinlar kabi so‘zlar toshbosmadagi: Mavlo taolo, payg‘ambar, bizlar ham, bizlar, yuborsinlar, ikki kishi, qoyting, o‘zgalar so‘zlari bilan o‘rin almashgan. Yoki baytlardagi farqlarga e’tibor qarataylik:
Nashrda:
‘‘Sodiq ul-va’d atanibon va’dasin qildi vafo,
Tepti yerga ikki azoqin, topti yerda bir quzuq,
Bo‘ldi zamzamning suvini, bo‘ldi illatg‘a shifo.
Ka’baning toshin tashib qurbon qilg‘an ul Zabih,
Tegrasinda tog‘tanuqlar Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortaq bag‘irsoq erdi mavlog‘a muti’’.(1-kitob)
Toshbosmada:
‘‘Sodiq ul-va’d atanibon va’dasin qildi vafo.
Tebti bir ikki ayog‘in, tobti yerda bir qazug’ .
Bo‘ldi zamzamning suvini, bo‘ldi olamg‘a shifo
Ka’baning toshin teshib, farmon qilibon ul Zabih.
Tegrasida tog‘ , nupug‘da Marva erdi ham Safo.
Xalq aro ortuq big‘ayri soq erdi mavlog‘a muti’’.
tarzida ifodalanadi. Nashrdagi: tepti, azoqin, topti, quzuq, illatg‘a, tashib, qurbon, tanuqlar, bag‘irsoq so‘zlarini toshbosmada: tebti, ayog‘in, tobti, qazug, olamg‘a, teshib, farmon, to‘pug‘da, beg‘ayri, soq tarzida oʻqiymiz. Baytlarning bir-biridan keskin farq qilishi, nashr va toshbosmaning bir-biridan farqini o‘zida yaqqol namoyon qiladi.14
Hozirgacha bu asar tekstologik tadqiq etilmagan. Yuqorida nomlari keltirilgan boshqa agiografik asarlar ham yetarlicha matniy tadqiq etilmagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, agiografik asarlaming matniy tadqiq etilishi ularning ilmiy-tanqidiy matnini mukammal yaratish uchun asosiy vositadir. Bu esa matnshunoslik sohasidagi vazifalardandir.
Umuman, shuni ta’kidlash lozimki, agiografik asarlar taraqqiyotida tasavvuf katta rol o‘ynagan. Mutasavviflarning xizmati bilan katta salmoqqa ega manqabalar vujudga keldi. Manoqib yaratish qoilarining tadrijiy deformatsiyasi natijasida adabiyotimiz tarixidan mustahkam o‘rin olgan bir qator qissa va dostonlar yozildi. O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida birgina Sobir Sayqaliyning (XVIII-XIX asrlar) ‘‘Qissai hazrat imom Hasan va Husayn’’, ‘‘Qissai imom Hasan’’, ‘‘Qissai imom Husayn’’, ‘‘Imom hanafiy jangnomasi’’, ‘‘Mavludnomai Muhammad (a.s.)’’, ‘‘Manoqibi Muhammad (a.s.)’’, ‘‘Vafotnomai hazrat Muhammad (a.s.)’’, ‘‘Qissalar’’ (1. ‘‘Qissai Ibrohim Adham’’, 2. ‘‘Qissai Muhammad (a.s.)’’ 3. ‘‘Qissai imom Hasan’’, 4. ‘‘Qissai imom Husayn’’ (bu qissalar muxammas, musaddas, mustazod janrlari ko‘rinishida yozilgan), ‘‘Qissai imom Hasan’’ (Husayn Voiz Koshifiyning ‘‘Ravzatu-sh-shuhado’’ asarining masnaviy yo’lida qayta ishlangan varianti), ‘‘Sayqaliy qissalari’’ (1. ‘‘Qissai imom Husayn’’, 2. ‘‘Qissai Ibrohim Adham’’). ‘‘Vafotnomai Muhammad (a.s.)’’, ‘‘Manoqibi Muhammad as’’ ‘‘Vays al-Qaran’’ kabi asarlarining bir necha variantda yaratilgan nusxalari bor. Bundan tashqari XVIII-XIX asrlarda ‘‘Bayoni me’roji rasul alayhi-s-salom’’, ‘‘Tarixi Muhammadiy’’, ‘‘Me’rojnoma’’,keyinchalik avliyosifat zot Mashrab haqida ‘‘Qissasi Mashrab”‘‘, ‘‘Devonai Mashrab’’ kabi asarlar yaratildi.
Ularning yaratilishida manoqiblar asosiy material bo‘lib xizmat qilgani shubhasiz. Agiografik asarlar yaratish an’anasini Navoiyda ham davomi etganini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Ammo XVI asrlardan boshlab agiografik asarlar o‘rnini payg‘ambar yoki payg‘ambarsifat kishilarga bag‘ishlangan qissa va dostonlar egallab bordi, natijada, agiografik asarlar keng taraqqiy etmadi yoki biroz boshqacharoq shaklda taraqqiy etdi. Biroq agiografik asarlar boshqa janrlarga kuchli ta’sir etdi va ularning mavzuviy mundarijasi va hatto ba’zi bir yo‘nalishlarini tubdan isloh qildi yoki yangi yo‘nalishlardagi asarlaming paydo bo‘lishiga zamin hozirladi. Ayniqsa, XV-XVIII asrlarda payg‘ambarlar haqida, xususan, ‘‘Yusuf va Zulayho’’ nomi ostida asar yaratish ancha urf bo‘ldi. Jomiy, Durbek, Mirzo Olim Devona, Xolis kabi yirik. ijodkorlar ‘‘Yusuf va Zulayho’’ dostonlarini yaratdilar. Bu dostonlarning tagzamirida, avvalo, Qur’oni Karimda keltirilgan ‘‘Yusuf’’ surasi turadi va keyinchalik bu sura turkiy tilda Rabg‘uziyning ‘‘Tarixi anbiyo va hukamo’’ asarida badiiy talqin etilgan. Durbekning ‘‘Yusuf va Zulayxo’’sidir. Bu asar haqida Uz. MU tadqiqotchisi D.Jumaeva shunday yozadi:
‘‘O‘zbek adabiyoti tarixida dunyoviy hayotni o‘zida to‘la mujassamlashtirgan, zamon ruhini o‘zida ifoda etgan birinchi dostonlardan biri Durbekning ‘‘Yusuf va Zulayxo’' sidir. Durbek asari qahramonlari xarakterini, ruhiy kechinmalarini XV asr boshlaridagi oʻzbek xalqi hayoti bilan bog’ lay oldi. SHoir ijodi murakkab bir davrga to’g’ ri keldi. U ilg’ or g’ oyalarni o’rtaga tashlashga va ularni zamon talabi bilan hal etishga intildi. Shoir ‘‘Yusuf va Zulayxo’’ dostoni orqali XIV asr oxiri va XV asr boshlaridagi muhim voqealarni berishga muvaffaq bo’ldi. Durbekning dostoni ham an’anaviy muqaddima - Ollohga hamd bilan bilan boshlanadi. So’ngra na’t, kitob nazmining sababi kabi fasllar beriladi. Doston yaxlit syujet va kompozitsiyaga ega boʻlgan asardir. Ijodkorning o’ziga xos mahorati dostondagi ishq mavzusini salaflariga qaraganda anchakeng va chuqur talqin qilishida namoyon bo’lgan. Garchi tayyor syujetga murojaat qilgan bo’lsa-da, uni o’ziga xos ravishda ishlab chiqdi. U murojaat qilgan mavzu o’zi yashagan zamon nafasi bilan sug’ orildi, unga yangi mazmun kiritildi. Durbek dostonga o’zi yashab turgan muhitda yuz bergan. tarixiy voqealarni, xalq boshiga tushgan og’ ir kulfatlarni kiritishga muvaffaq bo’ldi. U Yusuf va Zulayxo timsolida ikki yosh o’rtasida tug’ ilgan haqiqiy muhabbatni O’rta Osiyo tabiat manzaralariga. turmushiga bog’ liq holda mohirlik bilan tasvirlay oldi. Dostonning pafosi tinch-totuv yashashga chaqirishdan iboratdir. Demak, Durbek ilgari surgan g’ oya ahillik, totuv hayot kechirishdir. Qisqa qilib aytganda, Durbekning Yusuf va Zulayxo’’sidagi asosiy voqea Yusufning sarguzashtidir. Boshqa voqea va sarguzashtlar u bilan uzviy bog’ lanib boradi, uni to’ldiradi, takomillashtiradi. Qul xotin va Bashir voqeasi esa dostondagi asosiy voqeani mazmun va badiiy jihatdan boyituvchi vosita bo’lib xizmat qiladi’’.
Musulmon Sharqida eng ko’p tarqalgan mavzulardan yana biri Hazrat Ali va uning avlodlari haqidagi qissa va dostonlar bo’lib, ular dastlab agiografik xarakterdagi qissalar ko’rinishida shakllandi va ma’lum bir tsiklni tashkil qildi. Keyinchalik bunday asarlar agiografik xususiyatini yo’qota bordi va ishqiy sarguzasht xarakter kasb etdi. ‘‘Zaynu-l-arab’’ dostoni ham ana shunday asar sifatida dunyoga keldi. Binobarin, agiografik asarlar badiiy adabiyot taraqqiyotiga qator ishlangan obrazlar, syujetlar va uslublar taqdim etgani bilan katta tarixiy ahamiyat kasb etadi. Bizning nazarimizda, bunday asarlarni maxsus bir nom ‘‘agiografiya’’ nomi ostida birlashtirish va ularning manbalarini to’plash juda muhim. Zero, yuqorida ko’rilgan asarlardagi umumiy o’xshashliklar agiografiyaning maxsus janr ekanidan dalolat beradi.

XULOSA
1. Agiografiya o’zbek adabiyotida maxsus o’rginilmagan soha. U muqaddas yozuv, ilohiy bitik ma’nosini bildirib, har qanday diniy shaxs to’g’ risidagi xotira, esdalikni ifodalaydi. Bunday asarlarning dastlabki manbalari ilohiy kitoblar, xususan, ‘‘Qur’oni karim’’ va Hadis hisoblanadi. Lekin o’zbek adabiyotida ular dastlab xalq og’zaki ijodi namunasi sifatida paydo bo’lgan. Unga o’zbek xalq og’ zaki ijodi oʻzining katta ta’sirini o’tkazgan. Bu ularning uslubiga taalluqlidir. Ularning yozma adabiyot doirasiga kirib kelishida arab va fors adabiyotlarining ta’sirini ham e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.
2. Fors va arab tillarida yaratilgan agiografik asarlarning dastlabki namunalari sof diniy mazmunga ega bo’lib, diniy manfaatlarni himoya qilgan va diniy g’ oyalarni targ’ ib qilish maqsadida yaratilgan. O’zbek adabiyoti tarixida bunday mazmundagi asarlar juda kam. Bu adabiyotda XVIII-XIX asrlar agiografik yodgorliklarining ko’proq diniy g’ oyalarni targ’ ib qilishga qaratilgani aniqlandi.
3. Agiografiya o’zbek adabiyotida janr sifatida e’tirof qilinmaydi. Ularni faqat bir adabiy turkum, soha sifatida tavsiflash maqsadga muvofiq.
4.O’zbek adabiyoti tarixida agiografik janr o’mida holot, manoqib, manqaba, maqoma, ba’zi tazkira, shajara va tarix kabi istilohlar qo’llanib kelgan. Lekin ularning har biri o’ziga xos adabiy janr sifatida belgilariga ega. Umumiy xarakteriga ko’ra, ular agiografik turkumi tashkil qiladi.
5. Agiografik asarlar o’ziga xos motivlarga ega bo’lib, ular uzoq davrlar ishlanishi jarayonida qat’iylashgan. Bunda ularning muqaddas zotning ajdodlari yoki ota-onalaridagi taqvo, parhez kabi fazilatlar, uning homila bo’lishi, ilm oʻrganishi, hech kim yecha olmagan masalalarni qoyil qilib yechishi. hukmdorlar va xalq e’tirofini topishi, o’limi va hatto o’limidan keyin yaqinlariga bergan bashoratlarning har biri bir motiv sifatida mustahkam o’rin egallaydi. Hatto, shunday hodisalarni ko’rish mumkinki, bir necha asarda bir voqea takrorlanadi. Bunday holatlarni muallifning motiv izidan borib yangi variant yaratishda ojiz qolgani sifatida baholash mumkin.
6. Badiiy asar sifatida shakllangan agiografik rivoyat va hikoyatlar o’zbek adabiyotida ko’proq dunyoviy xarakterga ega. Keyingi dav’’ badiiy xususiyatining pasaya borishi kuzatiladi. Lekin ular dolzarblashib, turli ijtimoiy munosabatlar yechimini ifodalashga harakat qilindi.
7. Buyuk so’z san’atkori Alisher Navoiy o’z asarlarida agiografik rivoyat va hikoyatlardan ustalik bilan foydalangan. Uning ‘‘Tarixi anbiyo va hukamo’’, ‘‘Holoti Sayyid Hasan Ardasher’’, ‘‘Holoni Pahlavon Muhammad’’ va ‘‘Nasoyimu-l-muhabbat’’ asarlari bevosita agiografiyaga taalluqli bo’lsa, ‘‘Hayratu-l-abror’’ va ‘‘Lisonu-t-tayr’’ kabi dostonlari agiografik rivoyat hamda hikoyatlardan keng ko’lamda foydalanib yaratilgan asarlardir. Bundan Umumiy xarakteriga ko’ra, ular agiografik turkumni tashkil qiladi.
8. Odatda, agiografiya ma’lum shaxs yoxud qahramon (aziz avliyolar) yashab o’tgan davrdan ancha keyin yoziladi, lekin Navoiyning ‘‘Holotlari muallif bilan yonma-yon yashagan shaxslar haqidadir. Navoiy Sayyid Hasan va Pahlavon Muhammadni komil insonlar. Haqqa yaqin zotlar avliyolar sifatida talqin qiladi. Ularning bu darajaga chiqishlarida qol va hol ilmlarini puxta egallashlari barobarida dunyoviy bilimlardan yaxshi xabardor ekanliklari ham katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
9. Alisher Navoiy ‘‘Holot’’larda, umuman, agiografik asarlarida insonning ikki fazilatini ulug’ laydi, bular: komil inson sifatidagi madhi, ijodiy yetukligi madhi kabilarda aks etadi.
10. Asarda zikr etilgan Shayxu-l-islomlar ta’rifiga e’tibor . bo’lsak, unda ikki xil yo’nalish ko’zga tashlanadi:
a) sof tazkira tipidagi ta’riflar,
b) tazkira va rivoyatlarning uyg’ unlashuvidan iborat ta’riflar;
Birinchi turga oid asarlar tazkirachilik deb atalgan alohida yo’nalishni aniqlab bergan bo’lsa, ikkinchi turga kiruvchi asarlar agiografik yo’nalishdagi asarlarning shakllanishiga asos bo’lgan.
11. Navoiy o’z ijodi bilan agiografik asarlar janriy tavsifi va ularning tasnifini yaratishga ham imkon yaratdi. Xususan, ‘‘Nasoyimu-l-muhabbat’’tayyorlangani bois matndagi nozik ma’no belgilari e’tibordan chetda qolib kelayotir. Birgina, oddiy muhtasham so’zining bir nashrda muhtashar tarzida, boshqasida muxtasar tarzida keltirilishi buning dalilidir.
12.Agiografik asarlarning tili va matni ularning transliteratsiyasi uchun maxsus imlo lug’ ati va izohlar ishlab chiqilishini taqozo qiladi. Izohlar matn tarixi nazariyasi asosida yaratilishi maqsadga muvofiqdir.


Download 109.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling