Mundarija kirish. I bob. Agiografik asarlarning manbalari va ularning janriy tasnifi


I bob. AGIOGRAFIK ASARLARNING MANBALARI VA ULARNING JANRIY TASNIFI


Download 109.39 Kb.
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi109.39 Kb.
#1550251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

I bob. AGIOGRAFIK ASARLARNING MANBALARI VA ULARNING JANRIY TASNIFI

    1. Agiografik asarlar manbalari

Diniy hikoya va qissalarni qayta ishlab, sof badiiy asar yaratish fors tojik va turkiy adabiyotda avvaldan ma’lum bo’lgan. Homidjon Homidiy fors va turkiy tillarda Farididdin Attor, Jomiy, Navoiy, Sayfiddin Ali Safiy, Fanoiy kabilar diniy hikoya va qissalamning go’zal namunasini yaratganliklarini ta’kidlaydi. Ayniqsa, fors-tojik adabiyotida, xususan, Farididdin Attorning Tazkiratu-l-avliyo’’ va ‘‘Mantiqu-t-tayr’’ asarlarida agiografik hikoyatlarning betakror namunalarini uchratamiz, XIV-XV asrlarga kelib bunday asarlar. yaratish keng tus oldi. Fors adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan Abdurahmon Jomiy o’zining ‘‘Nafohatu-l-uns mina-1-hazaroti-l-quds’’ asarini shunday yo’nalishdan foydalangan holda yaratdi. Hamidjon Homidiy XV XVI asrlardagi agiografik asarlarga oid hikoyachilik xususida shunday yozadi: ‘‘Dastlab Abdurahmon Jomiy, keyinchalik Navoiy sardorlik qilgan bu katta ijodiy maktabda ilmiy-nazariy bahslar qissaxonliklardan tashqari voizlik, latifago’ylik, lutf va zarofatga juda katta e’tibor berilardi. Mushoira yu mubohislarda adib va noqillar o’z nuqtalarida o’tmish va zamon voqealari, buyuk kishilar hayoti va faoliyati xususida hikoyatlar keltirishar, Qur’oni Karim-u payg’ ambar hadislaridan qiroat qilishardi. Keyinchalik bunday hikoyatlar ‘‘Habibu-s-siyar’’, ‘‘Makorimu-l-axloq’’, ‘‘Majolisu-n-oshiqin’’, ‘‘Badoe-ul-vaque’’, ‘‘Nafohat-ul-uns’’, ‘‘Futuvvatnoma’’ singari asarlar tarkibiga kiritildi’’ 1
Turkiy tilda yaratilgan Rabg’ uziyning ‘‘Qisasi Rabg’ uziy’’, keyinroq yaratilgan Alisher Navoiyning ‘‘Holoti Sayyid Hasan Ardasher’’, ‘‘Holoti Pahlavon Muhammad’’, ‘‘Nasoyimu-l-muhabbat’’, ‘‘Tarixi anbiyo va hukamo’’ kabi asarlari sof agiografik asarlardir. Bundan tashqari Alisher Navoiyning ‘‘Hayratu-l-abror’’, ‘‘Lisonu-t-tayr’’ kabi asarlarida ham agiografik hikoyatlamning go’zal namunalari uchraydi. Biz turkiy tilda yaratilgan, yuqorida nomlari sanab o’tilgan asarlarni tadqiqot ob’ekti sifatida tanladik. Ularning har biri haqida keyinroq mufassal fikr yuritamiz. Fanoiyning ‘‘Majolisu-l-ushshoq’’ asariga Homidjon Homidiy bergan tavsifga ko’ra, ushbu asar tazkira tarzida yozilgan bo’lib, unda ‘‘Hazrati Imom Ja’far Sodiq raziyallohu anhudan tortib, Husayn Boyqarogacha 78 bobda aksariyat mashhur mashoyixlar hamda ilm va davlat arboblari haqida g’ oyatda qiziqarli ma’lumotlar beriladi. Mansuri Halloj, Junayd Bag’ dodiy, Boyazid Bastomiy, Sa diddin Taftazoniy, mavlono Muhammad Tabadgoniy, Shayx Najmiddin Roziy. Abulhasan Harraqoniy. Shayx Najmiddin Boxarziy, Shayx Aziz Nasafiy, Farididdin Attor, Qosim Anvor, Amir Imodiddin Nasimiy Majudiddin Sanoiylar xususidagi ma’lumotlar bu zotlar siymosini yanada to’laroq tasavvur etishga yordam beradi.2 Muallifning o’tmish mutafakkirlari haqidagi tafsilot va maʼlumotlari ikki jihati bilan kishi diqqatini o’ziga jalb etadi: birinchidan, adib u yoki bu mutafakkimning hayoti, ijtimoiy kelib chiqishi,maslagi haqida fikr yuritar ekan, ko’pincha tug’ ilgan yili, manzili, bolalik va yigitlik onlari, qaysi kasb evaziga kun kechirishi, faoliyati haqida batafsilroq maʼlumot berishga intiladi. Ayni paytda o’sha donishmandning dunyoqarashi, ustodi-piri, nasl-nasabini ham uqtiradikim, bu uning ruhiy olamini chuqurroq idrok etishda muhim omil hisoblanadi. Masalan, ‘‘Ilm-adab ahli orasida Mavlono Muhammad Mag’ ribiy nomi bilan shuhrat qozongan Mavlono Muhammad Shirin Shayx Abdurahmon Isfaroiniy muridlaridandir. Mavlono Husayn Xorazmiy Kubraviy Shayx Najmiddin Kubro sahobalaridandir. Ikkinchidan, har bir Shayx siymosini kitobxon nazarida to’laroq namoyon etish maqsadida Fanoiy o’sha mutafakkir hayotida ro’y: bergan favqulodda ruhiy holatlardan, ilmiy va jismoniy qudrati-yu karomatlaridan eng diqqatga molik lavhalarni keltirib o’tadi. Shayx Zunnun Misriy, Ibrohim Adham, Abulhasan Harraqoniylar faoliyatlari bilan bog’ liq ba’zi tafsilotlar bunga misol bo’la oladi’’, deb yozadi. H. Homidiy o’zi’’Ko’hna Sharq darg‘alari asarida.
Sayfiddin Ali Safiyning Turli toifalar haqidagi latifalar’’, Zayniddin Vosifiyning ‘‘Badoye’u-l-vaqoye’’ (‘‘Ajoyib voqealar) kabi kitoblarida ham agiorafik hikoyat va rivoyatlar ko’zga tashlanadi. Ushbu asarlarda, ayniqsa, Ulug’ bek siymosi go’zal tavsif etilgan. Masalan, ‘‘Badoe’u-l-vaque’’ da shunday hikoyat keltiriladi.
Kunlardan bir kuni bir kishi Ulug’ bek Mirzo huzuriga kelib arz qiladi:
-Ey podshohi olam! Men Samarqanddan Buxoroga safarga chiqqanimda hamyon-xaltamda 1000 tanga pulim bor edi. Shahardan chiqib 2 farsah (16 kilometr) yo’l yurgach, bir daraxt soyasiga -suv bo’yiga dam olgani o’tirdim. Men endi ovqatlanayotgan edim, shaharga ketayotgan bir do’stim paydo bo’lib qoldi. Uni dasturxonga taklif etdim. Birga ovqatlandik, hamyonni o’zim bilan eltishni lozim ko’rmadim-da, uni haligi do’stimga berib, shahargai borgach, uyga eltib berishini iltimos qildim. Safardan qaytib kelgach, bilsam o’sha do’stim hamyonni uyimga eltib bermabdi. Uning oldiga borib omonatimni so’radim, u tan olmadi. Davogarning so’zlarini tinglab turgan Ulug’ bek Mirzo o’sha do’stini chaqirtiradi va ikki do’stni yuzma qiladi. Haligi kishi yana aybiga iqror bo’lmagach, shoh davogarga ikki o’rtoq birga dam olishgan o’sha daraxt bargidan keltirishini buyuradi. Davogar yo’lga tushishi bilan shoh firibgar do’stga bir hikoya ayta boshlaydi. Hikoyaning eng qiziq joyiga kelganida shoh firibgarga qarab:
-Davogar o’sha daraxt tagiga yetib bordimikan?- deb savol tashlaydi.
Firibgar esa; u daraxt shahardan ancha uzoqda, hali yetib bormagan bo’lishi kerak,-deydi. Shunda dono shoh kulib:
-Axir sen bu odamni ham, daraxtni ham ko’rmaganingni aytmabmiding, qanday qilib do’stingni u yerga yetib bormaganini bilding?-deya xiyonatkor do’stning aybini isbotlab beradi. Ta’magir do’st shunday qilib olgan pulini to’laydi. (‘‘Yolg’ onchining izza boʻlishi’’ hikoyatidan). ‘‘Ulug’ bek va sayyoh’’, ‘‘Kambag’ al va qozi’’ kabi hikoyatlarda ham Ulug’ bek dono va adolatli shaxs sifatida tasvirlanadi. Agiografik asar deganda, avliyo-yu anbiyolarga bag’ ishlangan asar tushunilar ekan, ‘‘Qisasi Rabg’uziy’’ni alohida ta’kidlab o’tish joiz. Asar jami 72 qissadan iborat bo’lib, asarda Hazrati Odamdan Muhammad (a.s.v) payg’ambarimizgacha bo’lgan davrdagi payg’ambarlar qissasi hikoya qilinadi. Ushbu asarni garchi ko’pchilik Qur’oni Karimning tarjimasi va shahi sifatida qabul qilsa-da, asar sof badiiy asar tarzida yozilganini e’tirof etish zarur. Asarda qo’llangan oyat, hadis va she’rlarning barchasi qissalarning badiiyligini ta’minlagan. Shu sababdan ushbu asarni to’lig’ icha agiografik asar sifatida o’rganish maqsadga muvofiq bo’ladi. Asaning dastlabki qissasi ‘‘Qissai Odam safiy alayhi-s-salom’’ deb nomlanadi. Bu qissada Odam (a.v.s)ning yaratilishidan tortib jannatdan quvilishi, yer yuziga tushib, Momo Havo bilan qayta topishishi va ov qilib risqlanishi mufassal hikoya qilinadi. Bu qissa boshqa qissalardan hajm jihatidan kengroq. Asarda farishta Jabroil juda ko’p qo’llanilgan va hattoki yetakchi obraz darajasiga ko’tarilgan. Keyingi qissa ‘‘Qissai Qobil va Hobil’’ deb nomlanadi. Bu qissada Odam alayhi-s-salom zurriyodlarining tug’ilishi, ularning kamolga yetishi va ular o’rtalaridagi adovat tufayli Qobil tomonidan Hobilning o’ldirilishi, Qobilning dafn etishni o’rganishi kabilar hikoya qilinadi.
Shis haqidagi qissadan boshlab asardagi qissalarni bog’ lab turuvchi obraz Muhammad alayhis-salom faol ko’zga tashlanadi. Keyin Hazrat Umar va Imom Shayx Jo’ybori haqidagi ikki hikoyat keltiriladi. So’ng Idris alayhis salom haqidagi qissa va undan keyin juda mashhur bo’lib, xalq og’ ziga tushgan ‘‘Qissai Nuh nabiy alayhis-salom’’ qissasi keltiriladi. Unda aytilishicha, Nuhga odamlarni yakkaxudolik diniga da’vat etish buyuriladi. Itoat etmaganlar uchun to’fon haqida bashorat beriladi. Keyin o’g’ illari Xom, Som va Yofasning musulmon bo’lishi, yana bir o’g’ li Kan’onni otasining da’vat etgan diniga kirmasdan kofir bo’lgani, oqibatda uni to’fon halok qilgani haqida hikoya qilinadi. Shundan keyin Nuh Olloh taoloning buyrug’i bilan kema yasaydi va hamma hayvonlardan bir juftdan kemaga kiritadi. Qissada Nuh olamni asrab qolgan dindor kishi sifatida tasvirlanadi. Nuh haqidagi voqealar diniy manbalarda ham uchraydi. Biroq bu qissa badiiy jihatdan to’yintirilgan va kengroq berilganligi bilan xarakterlidir.
Qissalar orasida Odam alayhissalomning qizi Unuqning o’g’ilAvj haqidagi qissa keltiriladi. Shu qissaning tarkibida Muso haqidagi kichik bir hikoyat keltirilgan. ‘‘Qisasi Rabg’ uziy’’ qissalaridagi voqealar turli hajmdagi hikoyatlar bilan boyitilgan va eng xarakterli tomoni shundaki, bu hikoyatlar ham avliyo va anbiyolar haqidadir.
Qissalar ichida ‘‘Qissai Ibrohim alayhis-salom maa Namnud alayhilla’na’’ alohida ajralib turadi. Asarda keltirilishicha, Namrud ismli shoh bir tush ko’radi. Tushida bir qo’chqor uning taxtini surib tashlaydi. Ta’birchilar yaqinda bir o’g’ il tug’ilib, katta bo’lgach, uning taxtni egallashini bashorat qiladilar. Namrud barcha tug’ilayotgan o’g’ il bolalami o’ldirtiraveradi. Shohning inog’ asi Ozarning xotini Ibrohimga yukli bo’lgach, uni pinhon tutadilar. Ibrohim tug’ ilgach, otasi o’g’ lining o’lishini xoxlamay, tog’ga tashlab keladi. Ollohning buyrug’ i bilan unga Jabroil onalik qiladi. Ibrohimning holidan volidasi ham tez-tez xabar olib turadi. Kun sayin katta bo’lgan Ibrohim yetti yoshga kirganda onasini: ‘‘Mening tangrim kim?’’- deya so’roqqa tuta boshlaydi. Ibrohim shu darajaga yetadiki, iloha-butlarni sindirib, odamlarni jonsiz narsaga sig’ inishdan qaytarardi. Oxiri uni o’tga yoqmoqchi boʻladilar va 40 kun yoqadilar. Ollohning amri bilan qaldirg’ ochlar o’tga suv sepib turadi, Ibrohim yonmaydi, Uni sudrab, manjaniqqa eltmoqchi bo’ladilar. Lekin farishtalar arqonni bosib turaveradilar. Shu zaykla Ibrohim g’ olib qilinadi.
Bundan ko’rinib turibdiki, Ibrohim payg’ ambarning tug’ ilishi bashorat qilinadi. Yoshligida ham boshqa tengdoshlaridan o’zgacha bo’lganligi, umrida ko’plab qiyinchiliklarga duch kelgani qissada batafsil yoritiladi va ayni shu jihati boshqa payg’ ambarlarning ham qismal yozug’ i bo’lgan.
Asarda Is’hoq. Ya’qub. Yusuf kabi payg’ ambarlar haqidagi qissalar ham keltirilgan. Qisasi Rabg’ uziyda hajman eng yirik va mazmunan ham eng latif qissu Yusuf haqidagi qissa bo’lib, yuqorida keltirgan fikrimizni bu qissaga nisbatan ham to’g’ ri deb aytish mumkin. Rabg’ uziy bu qissada bir nechta hikoyatlar bilan birga g’ azal va baytlar ham keltiradiki, bular asarning badiiy quvvatini oshirgan. Qissada Yusuf aka-ukalariga nisbatan kechirimli, xalqiga nisbatan mehribon va jonkuyar, ota-onasiga ardoqli farzand sifatida tasvirlanadi. Qissaning mashhurligiga yana bir sabab shuki, Yusuf o’z aka ukalaridan yomonlik ko’rganda ham ularga yaxshilik bilan javob qaytaradi va u shu bilan o’z qavmiga halimlik, mehr-oqibat, sahovat, sabr-matonat nima ekanini amalda isbotlab beradi. Bu qissa eng dardli qissalardan boʻlib, ota-ona va farzand, aka-uka munosabatlari negizida el-yurt qayg’ usi, vatan tuyg’ usi ham teran ifodalanganini ko’rish mumkin. Bu qissa garchi birgina Yusufning boshidan o’tkazgansarguzashtlarigina tarzida dunyoga kelgan bo’lsada, zohiran barcha payg’ ambarlarning qismatiy belgilangan umr chizgilari va ularning ko’plab mashaqqatlarga duch kelishlari, biroq ularning sabrli bo’lishlari lozimligi haqidagi ogohnoma tarzida o’qiladi.
Bundan tashqari, ‘‘Jodularning o’tkazgan so’zlari’’, ‘‘Chugurtka qissasi’’, ‘‘Muso alayhissalomning Shomga borgani qissasi’’, ‘‘Tavrotning qissasi’’ kabi ko’plab qissalar ham kelgan bo’lib, keyingi kelgan qissalarning aksariyati Muso alayhis-salom haqidadir. Ammo qissalarni yakkaxudolik dini bo’lmish islomga da’vat qilish va uni isloh qilish g’oyasibog’ lab turadi. Asardagi avliyo-yu anbiyolar haqidagi qissalar oyat va hadislar bilan bezatilgan bo’lsa da, qissa va unda keltirilgan hikoyatlar g’ oyatda qiziq va ishonarli chiqqani bilan ahamiyatlidir. ‘‘Qisasi Rabg’ uziy’’ning shakllanishida xalq og’ zaki va yozma adabiyotida anbiyo va avliyolar haqidagi qissa va hikoyalar nihoyatda muhim manba vazifasini o’tagan. Bu asar ham, o’z navbatida, juda ko’pla.. asarlarning yaralishi uchun asos vazifasini bajardi. Jumladan, Navoiyning ‘‘Tarixi anhiyo va hukamo’’ asari aynan shu asar asosida yaratilgan.


Download 109.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling