Mundarija kirish. I bob. Agiografik asarlarning manbalari va ularning janriy tasnifi


Kurs ishining asosiy maqsad va vazifalari


Download 109.39 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi109.39 Kb.
#1550251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

Kurs ishining asosiy maqsad va vazifalari. Tadqiqot maqsadi oʻzbek adabiyotida yaratilgan agiografik asarlarga xos xususiyatlarni ilmiy tahlil qilish va ularning adabiy maqomini belgilashdan etishdan iborat. Bu quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo qiladi:
- o’zbek adabiyoti tarixida yaratilgan ‘‘holot’’, ‘‘manoqib’’, ‘‘manqaba’’, ‘‘maqoma’’, ‘‘tazkira’’, ‘‘shajara’’ va ‘‘tarix’’ kabi janrlardagi asarlar mundarijasini aniqlanadi;
-agiografiyaning agiografik asarlardagi ko‘rinishini baholash;
-agiografik asar ilmiy tavsifini yaratish;
-agiografik asarlar mavzu ko’lamini aniqlash;
-agiografik asarlar janriy tasnifini yaratish;
- agiografik tazkiralarda badiiy obraz yaratish muammosini o’rganish;
Mavzuning o’rganilish darajasi. O’zbek adabiyotshunosligida bir qator agiografik asarlar tadqiqot doirasiga tortilgan. O’zbek mumtoz adabiyoti, xususan navoiyshunoslikda amalga oshirilgan ko’plab ilmiy ishlarda bu mavzuga aloqador ma’lumotlar keltiriladi. Ulari orasida, ayniqsa keyingi davrlarda yaratilgan N.Komilovning bir necha kitobi, L.Haqqulning ‘‘Tasavvuf va she’riyat’’ deb nomlangan asari, H.Boltaboev tomonidan tartib berilgan ‘‘Islom tasavvufi manbalari’’ majmuasi alohida ahamiyatga ega. Bundan tashqari, xorij va rus adabiyotshunosligida ba’zi entsiklopediyalar’’, shuningdek. Ye.E.Bertelsning ‘‘Sufiylik va sufiylik adabiyoti’’, A.Kurbanmamedovning ‘‘Sufiylikning estetik ta’limoti, M.T.Stepanyantsning Tasavvufning falsafiy xossalari kabi asarlaridan ham mavzuga doir ma’lumotlarni olish mumkin. Xorijiy adabiyotlarda agiografiya va uning mohiyati bir qadar ochib berilgan. Lekin o’zbek adabiyotshunoslarining aksariyat asarlarida agiografiya va agiografik xususiyatlarga deyarli e’tibor qaratilmaydi. Ularda ko’proq asamning g’ oyaviy va axloqiy xususiyatlariga diqqat qaratiladi. Yoki asarda zikr etilgan shaxsning muallif biografiyasida o’ynagan roliga baho beriladi. Bunday holatlar agiografik asarlar ustida tadqiqot olib borish zaruratini keltirib chiqaradi.

Download 109.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling