Mundarija kirish. I bob. Agiografik asarlarning manbalari va ularning janriy tasnifi


II bob. ALISHER NAVOIY IJODIDA AGIOGRAFIK ASARLARNING O RNI VA ULARNING MATNIY TADQIQI


Download 109.39 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi109.39 Kb.
#1550251
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

II bob. ALISHER NAVOIY IJODIDA AGIOGRAFIK ASARLARNING O RNI VA ULARNING MATNIY TADQIQI
2.1. ‘‘Hayratu-l-abror’’ va ‘‘Lisonu-t-tayr’’
Navoiyning yuqorida ko’rib o’tilgan asarlari agiografiyaning to’liq ko’rinishi deyish mumkin. SHu bilan birga sof didaktik ruhda yozilgan ‘‘Hayratul-abror’’ va tasavvufiy yo’nalishda yaratilgan ‘‘Lisonu-t-tayr’’ asarlarida ham agiografik hikoyatlar keltirilgan. Masalan, Lisonu-t-tayr’’dagi hikoyatlarni o’z navbatida, ikki guruhga boʻlish mumkin:
1. Xalq og’ zaki namunalari asosidagi hikoyatlar.
2. Agiografik hikoyatlar.
Birinchi guruhga oid hikoyatlarda, asosan, ‘‘bir kishi’’, ‘‘bir savdogar’’, ‘‘devona’’ kabi noma’lum obrazlar ishtirok etsa, ikkinchi guruhga kiruvchi hikoyatlarning qahramonlari mashhur kishilar, avliyolar, tarixda yashab o’tgan kishilardir. Asardagi V bob xalifa Abu Bakr haqidagi madhdan iborat bo’lsa, VI bobda Abu Bakr Siddiq haqidagi hikoyat keltirilgan. Yoki VIII bobda xalifa Umar. X bobda mo’minlar amiri Usmon, XII bobda xalifa Ali haqidagi hikoyatlar keltirilgan. Bundan boshqa hikoyatlar Hudhud tilidan rivoyat qilinadi.
Navoiy ushbu asarda hikoyatdan o’z fikrini dalillash uchun foydalanadi. Bunday hikoyatlar ichida Odam alayhissalom, Sulaymon alayhissalom, shoh Ibrohim ibn Adham (vafoti 777-yil). Arastu (m.av.384-322-yyda yashagan). Hotam Tay (VI asr), Porso (vafoti 1419-yil), Boyazid Bistomiy, Abu Bakr Nishopuriy (853-935-y.yda yashagan), Abdulla Ansoriy (1005-1088-yyda yashagan), Asmaiy (vafoti 828-y), Mansur Halloj (858-922), Xoja Bahouddin Naqshbandiy (vafoti 1390-y), Shayx Najmiddin Kubro (vafoti 1221). Shayx Abu Sayyid Abulxayr (vafoti 1048), Shayx Abu Turob Naxshabiy, Abulhasan Haraqoniy (vafoti 1033-34-yy) kabi mashhur Shayxlar haqidagi hikoyatlar alohida ajralib turadi. Masalan, ‘‘Shayx Najmiddin Kubroning so’zi va itga tushgan koʻzi haqida’’gi hikoyatda keltirilishicha, Shayx o’z zamonasining peshvosi hisoblangan va kimgaki nazari bilan qarasa, uning ko’zi valilik nuri bilan yorishib ketar ekan. Bir kuni shu nazarlari bir itga tushadi. Bu jonivor barcha itlar orasida sarafroz bo’ladi. Hamma itlar uning tevaragida parvona bo’lar edi. Bu it qazo qilgach, uni xuddi odamlardek ehtirom bilan Shayxning kulba eshigi yonida ko’madilar. Odamlar hattoki bu qabrni ziyorat qiladilar.
Navoiy ayni shu hikoyatda ‘‘As’hobi kahf’’ (‘‘G’ ordagi birodarlar’’) voqeasini ham yodga oladi.7 Validan itga shunday tarbiyat yetgach, qushga ham payg’ ambar lutf ko’rguzsa, olamdagi qushlarning shu qushga tobe’ bo’lishlariga ajablanmaslik kerak, deydi buyuk mutasavvif. Bu voqea haqiqatga qay darajada yaqin yo uzoqligidan qat’i nazar hikoyatda mashhur Shayxning karomati xususida gap borayotgani e’tiborlidir.
Yana bir hikoyatda Xurosonlik mashhur Shayx Abu Sayyid Abulxayr haqidagi hikoyatda bu zotning ishqdan mast bo’lgan holati go’zal tarzda ifodalangan.
Odam alayhissalom haqidagi hikoyatda esa barcha insonlarning otasi boʻlmish bu zotning Olloh tomonidan yaratilgani, uni barcha jonzotlar ichida aziz va mukarram bo’lgani, biroq Yaratuvchining taqdiri tufayli Odamning gunoh qilib jannatdan haydalgani va yana Yaratuvchining inoyati bilan tavbasi qabul bo’lib, avvalgi maqomini qayta topgani hikoya qilinadi. Bu hikoyatdagi voqealar Rabg’ uziyning ‘‘Qisasi Rabg’ uziy’’ida va Navoiyning ‘‘Tarixi Anbiyo’’sida to’la aks ettirilgan bo’lsa-da, Navoiy ushbu asarda Odam naslining gunohsiz bo’la olmasligi, ammo tavba bilan to’g’ ri yo’lni topmog’ i lozim ekani bayon etiladi va bu hikoyat ham ana shu maqsaddagina qo’llanadi.
Asarda Naqshbandiy haqidagi hikoyat ham keltiriladiki, bunda bu ulug’ zotning o’z muridlarining tarbiyasiga alohida e’tibor berganliklarini ko’ramiz
Navoiy, ayniqsa, nafsni yengishni yuqori darajaga ko’ratgan. Bir sohibdil bobokalonimiz va to‘g‘ri yo‘lni topishga musharraf bo‘lgan bir shogirdi haqidagi rivoyatda keltirishicha, muridlari orasida kiyimini go’zal saqlovchi, yurish-turishiga juda e’tiborli bir muridi bor edi. U go’zal matodan tikilgan kiyimlari xush ko’rar edi. Shayx buni payqagach, uni qushxonaga jo’natdi va har kuni bir qo’yning ichaklari solingan savatni oq sallasining ustidan boshiga qo’yib, Nasaf bozoridan aylantirib kelishiga buyurdi takrorlangandan keyin unga hammoda poklanishga ijozat berdi. Murid ana shundan keyin kiyimni emas, o’z badanini va o’zini nafsidan pok tutish muhim ekanligini anglab yetdi.
Bunday nafsni tarbiyalashga targ‘ib etish Abulhasan Haraqoniy haqidagi hikoyatda ham yaqqol koʻzga tashlanadi.
Asarda yuqorida tasnif etganimizdek, obrazlarning ismlari keltirilmaydigan, ammo xalq orasida katta shuhrat topgan hikoyatlar ham keltirilgan. Masalan, odil shohni izlab yo’lga tushgan qushlar yo’l qiyinchiliklaridan hafsalalari pir bo’lib, o’z uzrlarini Hudhudga bildiradilar. Hudhud ularga javob aytar ekan, o’z fikrini bir hikoyat bilan dalillaydi va XXXV bobda o’z uzrini bildirgan to’tiga javob aytgan hudhud nafsiga qul bo’lgan kishi haqidagi hikoyatni aytadi. Unda keltirilishicha, egniga yashil chakmon tashlab olgan bir kishi bozor aylanar ekan, nafsi ko’p narsalarni tusay boshladi. Shunda haligi kishi o’z nafsini qondirish uchun o’zi haqida afsonalar ayta ketdi. Goh o’zining kamolotga yetganini, goh shariat va aqlda mumtozligini aytib, odamlardan yegulik undirar edi. Shu tobda bu yerga sohibdil komil kishi paydo bo’ldi va nafsiga qul bu kimsadan qo’lga kiritgan narsalarini ko’rsatishini so’radi. Nafsi buzuq kishi to’rvasini ochib qarasa. uning ichi zahar-zaqqum bilan to’la ekan. Komil kishi qo’liga yerdan bir hovuch tuproq va tosh olgan edi, tuproq - oltinga, tosh esa qimmatbaho toshga aylandi. O’zining komillligi haqidagi loflarni urgan kishi xalq orasida uyatga qoldi. Pir esa shu payt g’ oyib boʻldi.
Ushbu hikoyat qiyinchiliklarga dosh bermasdan to’g’ ri yo’ldan qaytuvchi kishilarga qarata attilgan undov edi, aslida. Keltirilgan bu hikoyat ham yuqoridagi hikoyatlar kabi nafs tarbirasi haqida bo’lsada, undagi voqealarda tarixda yashagan Shayx yoki mashhur faylasuflar ishtirok etmaydi. Ana shu jihati bilan ham agiografik hikoyatlar alohida xususiyat kasb etadi.
Masalan, Arastu va shogirdi haqidagi hikoyatda ham nafsni tarbiyalash yetakchi g’ oya darajasiga chiqqan. Unda keltirilishicha, Sharqda Arastú nomi bilan mashhur Arestotelning juda sevimli va dono shogirdi bo’lib, u falsafaning Arastudan keyingi bilimdoni bo’lib yetishadi. Hattoki, u Iskandar huzurida xizmat qilar edi. Kunlardan bir kuni u kofirlar eshigi yonidan o’tayotib bir goʻzal qizni ko’rib oshiq bo’lib qoldi. Unga uylanib, mashg’ ulotlarni unutib qo’ydi, ustozining huzuriga bormay qo’ydi. Bundan ranjigan ustoz maxfiy usul qo’lladi: qizga behush qiluvchi dori ichirtirdi. Qizning ahvolidan ranjigan shogird ustozining huzuriga bosh urib keldi va undan ilojini topishini so’radi. Aqlli ustoz qizni borib ko’rdi va Iskandarning huzuriga xizmatga ketaverishini, kelguniga qadar ilojini topishini aytdi. Shogird ketgach. Arastu qizga miyani tozalovchi dori berdi, natijada qiz kasallik oqibatida yig’ ilgan balg’ amlarni qayt qildi. Qiz holsizlandi. Shogird kelib ko’rdiki, qizning avvalgi go’zalligi yo’q. Ustozidan buning sababini so’raganida, aqlli ustoz qizning qayt qilganlarini keltirishlarini buyurdi va shogirdning sevgisi ana shu jirkanch narsalardan boshqa narsa emasligini aytdi. Yigit qilgan ishlaridan uyaldi. Olamni yaratgan zotga bo’lgan muxabbat qarshisida bos tuyg’ ular ojiz ekanini uqtirmoqchi bo’ladi Navoiy.
Ayni shu hikoyat Attorning ‘‘Mantiqu-t-tayr’’ asarida ham uchraydi. Biroq bu hikoyat Attor asarida agiografik xususiyat kasb etmaydi. Voqealar rivoji ham ancha farq qiladi. Unda Arastu nomi umuman zikr etilmaydi. Qolaversa, qiz ustozining nikohida bo’ladi. Iskandar obrazi ham uchramaydi. Umuman olganda, Attor asarida faqat ilmning afzalligi, to’g’ ri yo’l ilm bilan topiishi targ’ ib qilinsa. Navoiyning ‘‘Lisonu-t-tayr’ida nafs asl mohiyatdan uzoqlashtirishi, ilohiy ishq qarshisida boshqa ishq ojiz ekani bayon etiladi. Navoiyning ushbu hikoyatini agiografik asar sifatida baholash mumkin.
Sulaymon haqidagi hikoyat ham agiografik xarakterli o’lib, unda taqdir va o’lim motivlari ustunlik qiladi. Voqealar quyidagicha tasvirlanadi: barcha turdagi jonzotlar bilan so’zlasha oluvchi bu ulug’ zot-Sulaymon alayhissalom huzurida bir kishi xomush turar edi. Shu payt jon oluvchi malak Azroil paydo bo’ldi va xomush turgan kishining jonini Hind diyorida olishi lozimligini, bu kishi esa Sulaymonning qoshida ekanini aytib, o’z sababli uzoqroq joyga sayohat qilishi uchun ijozat so’radi. Sulaymon payg’ ambar unga ruxsat berdi va shamol yo’l koʻrsatishini aytdi. Ayni paytda shamolga hind diyoriga eltishini buyurdi. Behuzur kishi shu joyga yetgach, havosi yoqib, shu yerga qo’nim topdi. Azroil esa o’z vazifasini ado etdi.
Navoiy ushbu hikoyatda taqdir masalasini qo’yar ekan, barcha narsa va hodisa Yaratguvchining ixtiyorida ekanini uqtiradi. Bu ham agiografik asarga xos xususiyatdir.
Balxlik mashhur Shayx Ibrohim Adham haqidagi hikoyat ham juda ibratlidir. Unda keltirilishicha, Ibrahim Adham shohlikni tark etib, rindliksafariga chiqdi. Yetti yil tog’ da kunduzlari o’tin terib, uni sotar va halol kun kechirar edi.. ayni paytda ibodat-u ro’za ham tutar edi. Uni sinash maqsadida ikki kishi yo’lini to’sib, uni do’pposlashdi. Ibrohim ularning qilmishiga javoban ‘‘Siz qidirgan narsa Balxda qolgan’’, dedi. Bu ikki kishi Ibrohim hali shohlikni unutmabdi, o’tin tagida yetilmabdi, deb qaytib ketishdi. Bir yil o’tgach, yana Ibrohimni do’pposlashdi. Ibrohim esa hech narsa demadi. Haligi ikki-uch kishi ‘‘u endi o’z maqsadiga erishibdi’’, deb ketdilar. Ibrohim esa asl maqsadga yetdi8.
Hikoyatda Ollohga muhabbat qo’yish va bu yo’lda barcha.qiyinchiliklarga bardoshli bo’lish targ’ ib etiladi.
Ibrohim haqida turlicha rivoyatlar to’qilgan bo’lib, ulardan biri Navoiyning ‘‘Hayratu-l-abror’’ asarida ham keltiriladi. Voqealar esa yuqoridagi hikoyatdan burunlay farqlanadi. Uning qahramonlari Robiai Adaviya va Ibrohim alayhissalomdir. Hikoya qilinishicha, Ibrohim shohlik taxtida kechib, 14 yil riyozat tortib, Ka’bani ziyorat qilish uchun keladi. Qarasaki, Ka’ba o’z o’rnida yo’q. Shunda Robia bilan birga uchib kelayotganini ko’radi va taajublanadi. Robia esa bunga javoban ta’ma qiib o’qigan riyo namozi o’z samarasini berganini aytadi. Ibrohim shohlikni tark. etib, jannat ta’masi bilan yo’lga chiqqan edi. Navoiy bu o’rinda eng yuqori martaba keltiruvchi ibodatning holis boʻlishiga ishora qilar ekan, bunda oshiq uchun faqat ishq lozimdir. Tinimsiz ibodat qilib hajga kelgan Ibrohim ishqning oliy maqom keltirishini, uning aql va dindan yuqori darajada turishini ifodalab bergan.
Har ikki hikoyat ham diniy xarakter kasb etgan. Ana shunday ishq mavzusi yoritilgan hikoyatlardan yana biri mashhur arab tilshunos olimi Asma’iy va oshiq kishi haqidagi hikoyatdir. Unda keltirilishicha, Asma’iy haj safarida yurganida suv yoqasida dam olishga to’g’ ri keldi. Shu paytda o’yib xat yozilgan bir toshni ko’rdi va uni o’qidi. Unda shunday yozigan edi: Ey ahli,bu sirning chorasini topsangiz. Agar bir kishi ishqqa mubtalobo’lib, ishq uning sabru qarorini olgan bo’lsa, ne qilsin?’’ Asmaiy shunday yozib qo’ydi: ‘‘Kimki bu halokatli girdobga tushib, undan pok chiqmoqchi bo’lsa, o’zi tushgan yo’ldan qo’rqmasin.’’
Asma’iy shunday javob yozdi va ertasi kuni kelib qarasa, yana savol yozilgan ekan: ‘‘Agar ozurda jon oshiq o‘zi pok bo‘ lsayu, yana ishqini pinhona saqlasa, lekin uning qalbidagi muhabbatning shiddati tez boʻlib, uning toqati toq bo’lsa hamda vasiga ehtiyoj sezsa, bunday paytda u nima qilsin?’’ Bu so‘zlarni oqigan Asma’iy savolga quyidagicha yozib qo’ydi: ‘‘Ishq ichra men nasihat qilgan o’sha dardli va notavon kishi bu nasihatlarimdan maqsadiga yetmagan bo’lsa, o’lsin va ishq o’tidan o‘zini xalos qilsin’’. Ertasi kun qarasa, haligi oshiq yuzlari sarg’ aygan, bechora bir holda tosh ustidan boshi osilib yotardi. U azobdan chidolmasdan boshini toshga shunday qattiq uribdiki, tishi sinib ketibdi. Bu shahid bo’lgan zot uchun Asma’iy aza tutdi va o’zi dafn etdi, juda ko’p afsuslandi.
Haqiqiy ishq Navoiy fikricha, o’zidan ayrilish demakdir. Bu ishq hikoyasi dardli va o’z kayfiyatini o’quvchiga yuqtira olishi bilan ham ajralib turadi. Bunday hikoyalardagi o’ziga xoslikdan yana biri shuki, ularda bosh qahramon ko’p aziyatlar chekadi, ammo umrining oxirida yoki vafotidan keyin saodatga erishadi. Yoinki Shayx bo’lsa, muridlarining tushiga kirib, o’z holini bayon etadi. Bunday hikoyatlar juda ta’sirchan chiqadi. Masalan, Shayx Boyazid Bistomiy haqidagi hikoyatda ham u shogirdlaridan birining tushiga kiradi. Ijodkor tush motividan ham o’rinli foydalanadi. Umuman olganda, hikoyatlar xoh pandnoma ruhda bo’lsin, xoh ishqiy yoki mifologik xarakterga ega bo’lsin, bundan qat’i nazar agiografik asarlarda biror mashhur tarixiy shaxsning ma’lum bir xarakter qirrasi ochib beriladi. Uni qanday maqsadga xizmat qildirish ijodkorning ixtiyori va qanday o’rinda qo’llagani bilan. belgilanadi. Misol tariqasida ‘‘Hayratu-l-abror’’ga murojaat etaylik. Unda XLIX bobida Iskandarning yetti iqlimni egallab, bo’sh qoʻ’l bilan olamni tarketishi rivoyat qilinadi9. Hikoyaning ta’sirchanligini ta’minlagan bir nuqtaga e’tibor beraylik. Bu nuqta Iskandarning o’limi oldidagi vasiyati boʻlib, o’z tilidan keltirilgan bo’sh qo’l bilan ketishi tasvirlangan va Navoiy undan o’rinli va maqsadli foydalanadi. Unda olam o’tkinchiligi. hech kimga vafo qilmasligi aks ettiriladi. Umuman, barcha agiografik asarlarning umumiy birlashtiruvchi jihati asarning bosh g’ oyasidir.


Download 109.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling