Mundarija: Kirish I. Bob. Aholi turmush darajasi statistikasi ifodalovchi tizimlarni o'rganish
I.Bob.Aholi turmush darajasi statistikasi ifodalovchi tizimlarni o'rganish
Download 51.3 Kb.
|
Aholi turmush darajasi va belgilovchi omillar Reja
I.Bob.Aholi turmush darajasi statistikasi ifodalovchi tizimlarni o'rganish.
1.1. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi. Turmush darajasi murakkab iqtisodiy kategoriya bolib, u biror-bir alohida korsatkich bilan ifodalanmaydi. SHu sababli BMTning Statistika komissiyasi quyidagi korsatkichlarni tavsiya etadi: a) aholining demografik tavsifi (tugilish, vafot etish, kasal bolish, kelajakda koradigan umrining ortacha uzunligi); b) sanitariya-gigiyena sharoitlari; v) oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilish darajasi; g) uy-joy hamda uzoq muddat davomida foydalaniluvchi jihozlar (avtomobil, muzlatgich, televizor va hokazo) bilan taminlanganlik; d) talim va madaniyat; e) bandlik va mehnat sharoitlari; j) aholining daromad va xarajatlari; z) yashash qiymati va istemol narxlari; i) transport vositalari; k) dam olish, fizkultura va sportni tashkil qilish; l) ijtimoiy taminot; m) insonning erkinligi. Turmush darajasini umumlashtiruvchi korsatkichlardan biri sifatida aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarilishi (A+SH dollari yoki yevroda) qollaniladi. Biroq faqat bu boradagi korsatkichlarning ozi turmush tarzi haqida yetarlicha malumot bera olmaydi. SHu sababli undan xalqaro taqqoslashlarda juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Turli mamlakatlarning statistika amaliyotida aholining turmush tarzini o’rganish uchun ko’pincha quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: nominal va real ish haqi; aholining nominal va real daromadlari; aholi xarajatlari va jamg’armalari; aholining uy-joy va uzoq muddat foydalaniladigan jihozlar bilan ta’minlanganligi; oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlarini iste’mol qilish darajasi; bandlik va ishsizlik darajasi; mehnat sharoitlari ko’rsatkichlari; ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, turizm va dam olish korsatkichlari. Xalqaro statistikada ortacha ish haqi bir ishchiga emas, balki bir odam-soatga nisbatan hisoblanadi. Bu jahonning kop mamlakatlarida ishchilarning katta qismi toliqsiz ish vaqti bilan band ekanligi bilan izohlanadi. Aholining daromadlari ish haqidan tashqari boshqa manbalardan olingan barcha pul va natural korinishdagi daromadlarni oz ichiga oladi. Ularga quyidagilar mansub : 1. Ish haqi shaklida bolmagan mashgulotlardan olinadigan daromadlar (choychaqa, qalam haqi, shaxsiy tomorqa xojaligidan olingan daromad, yakka tarzda mehnat faoliyatini yuritish tufayli olingan daromad). 2. Korxonalardan beriladigan ish haqi shaklida bolmagan daromad (moddiy yordam, korxonadan ketganda tolanuvchi pul va hokazo). 3. Nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya va tovon tolovlari. 4. Xususiy mulkdan olingan daromad (foiz, renta, dividend, ijaraga berishdan tushgan daromad va hokazo). 5. YUtuqlar, meros, sovga, sugurta tolovlari. 6. Nolegal va yashirin faoliyat tufayli olingan daromad; chet eldan olinuvchi daromad (oylik ish haqi, nafaqa, stipendiya, grantlarni otkazish; insonparvarlik yordami va hokazo ). Ish haqi ham, aholining daromadlari ham ikki xil variantda aniqlanishi mumkin: 1. Nominal sifatida. 2. Real tarzda. Nominal ish haqi va nominal daromadlar bu korsatkichlarning joriy narxlarda aks ettirilishidir. Real ish haqi va real daromadlar oz ish haqi va daromadlariga sotib olish mumkin bolgan moddiy nemat va xizmatlar summasini tavsiflaydi. Real va nominal daromad (ish haqi) otasida quyidagicha aloqalar mavjud: Bu yerda: Rdar.ish.haqi- real ish haqi yoki daromad; Ndar.ish.haqi -nominal ish haqi yoki daromad; Jis.baxo -istemol narxlari indeksi. Istemol narxlari indeksini hisoblash murakkab hamda muammoli vazifa hisoblanadi. Biroq uni yechish juda katta amaliy ahamiyatga ega. Malumki, istalgan mamlakatda yuz minglab va millionlab istemol mahsulotlari va xizmat turlari mavjud. SHu sababli narxlar indeksini har bir xizmat yoki tovar uchun aniq hisoblab chiqishning iloji yoq. Bundan kelib chiqqan holda tovar-namuna usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Istemol narxlarining jamlanma indeksi guruhlardagi narx indekslari har bir guruhning ishlab chiqarilgan jami mahsulot va xizmatlar qiymatidagi salmogiga kora solishtirish yoli bilan aniqlanadi: BMT ning Statistika qomitasi tomonidan tavsiya etilgan umumiy korsatkichlardan biri daromadlar kontsentratsiyasi koeffitsiyentidir. U koproq Djini indeksi nomi bilan tanilib, taqsimlashning amaldagi chetga ogishlari darajasini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, agar biror mamlakat aholisining ortacha daromadi malum bolsa, aholining malum bir guruhi daromadlarini mamlakatdagi ortacha daromadga bolish yoli bilan daromadlar kontsentratsiyasi koeffitsiyentining necha foizga oshganligini osongina hisoblash mumkin. Aholining jamgarmalari uning daromadlari va joriy xarajatlari orasidagi farqni anglatadi. Jamgarmalar pul yoki natural korinishida bolishi mumkin. Pul jamgarmalari aholi qolidagi pul mablaglarining osishi yoki qimmatbaho qogozlarga (aktsiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) kiritilgan mablaglarning osishini anglatadi. Natural korinishdagi jamgarmalar aholiga tegishli bolgan yer maydonlari, asosiy kapital (uy-joy, xojalik inshootlari, transport va hokazo) va moddiy zaxiralarning ortishini anglatadi. Aholining uy-joy sharoitlarini tavsiflashda xalqaro statistika birinchi orinda uy-joy egalarini ajratib korsatadi. Bu maqsadda jami uy-joy fondi xususiy (undan oz egasi foydalangan holda), ijaraga olingan va davlatga tegishli turlarga bolinadi. Ayrim oilalar bir nechta uy-joyga ega bolganliklari sababli (bazan boshqa shahar va davlatlarda) statistikada birlamchi rezidentsiya (egasi oz vaqtini koproq otkazuvchi joy) va ikkilamchi rezidentsiya ajratib korsatiladi. Uy-joy sifatini organishda uyning qavatlari, devorlarning materiali, shiftning balandligi, maishiy-kommunal qulayliklar (elektr toki, gaz, suv, vannaxona, telefon va hokazo) bilan taminlanganlik darajasiga asosan guruhlashdan foydalaniladi. Xususiy uy-joy uchun unga tegishli bolgan yer maydoni korsatiladi. Aholining uy-joy bilan taminlanganligini umumlashtirib, tavsiflash uchun belgilangan standart talablariga javob bermaydigan uy-joylarda yashovchilar soni va ularning aholi umumiy sonidagi salmogi hamda har bir uy uchun togri keluvchi xonalar soni korsatkichlari ham qollaniladi. Farb mamlakatlarining uy-joy bilan taminlash standartida bu holda har bir yashovchiga bitta xona va yana qoshimcha ravishda umumiy xona togri kelishi kozda tutilgan. Aholining uzoq muddat xizmat qiluvchi turli jihozlar bilan taminlanishiga kelganda esa, xalqaro statistikada bunday jihozlarning har 100 ta oilaga yoki har 1000 kishiga togri kelishi hisobga olinadi. Bu avtomobil, muzlatgich, sovutgich, televizor, telefon, kir yuvish mashinasi, changyutgich va hokazolarga tegishlidir. Aholi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlari istemol qilishini tavsiflash jami aholi, shuningdek turli ijtimoiy-kasbiy guruh azolarining gosht, sut, baliq, tuxum, non va boshqa mahsulotlarni aholi jon boshiga ortacha yillik istemolini aniqlash yoli bilan amalga oshiriladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarini istemol qilishda faqatgina miqdorga emas, sifatga ham etibor beriladi. Bu maqsadda istemol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyalilik darajasi, shuningdek, oqsil, uglevod va vitaminlar bilan taminlanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Biroq xalqaro statistika amaliyotida bunday korsatkichlar zarur axborotlarning yetishmasligi sababli kamdan-kam hollardagina ishlatiladi. Aholining madaniyati va malumoti darajasini organish uchun BMT Statistika qomitasi quyidagi bir qator korsatkichlarni tavsiya qiladi: a) savodsizlar soni va ularning savodlilik yoshi dan (bu yosh har bir mamlakat uchun muayyan sharoitlar asosida alohida belgilanadi) katta yoshdagilar sonidagi salmogi; b) maktabga bormayotgan maktab yoshidagi bolalar soni; v) boshlangich va orta maktablarda oqiyotganlar soni va tarkibi; g) har 100 ming kishiga oliy oquv yurtlari talabalari soni; d) har 100 ming kishiga kundalik gazetalar soni; e) har 100 ming kishiga kitoblar tiraji soni va shu kabi boshqa korsatkichlar. Download 51.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling